Tarbiyachi: Bolalar hayrlashinglar
Bolalar: Hayr bobojon
Tarbiyachi: Bolalar bilan suhbatlashib turib sizlarni ichingizda ham ana shunday bobolarning izdoshlari chiqishi mumkun.
Har birimiz mahallalarda yashaymiz. Bobomiz Alisher Navoiy Samarqandning bir mahallasida tug`ilgan. Hamma bolalar o`z mahallasini gapirib beradi. Bolalar sizlar ham o`z mahallangiz haqida kitob yozishingiz mumkin.
Bolalar:Ha-ha deb javob berishadi.
Tarbiyachi: Bobomiz orzu qilgan izdosh bolalari sizning mahallangizda yashayapdi. Hozir sizlarga topshiriq har kim o`z kitobini muqovasini rasmini chizish kerak. bu chizilgan rasm sizning kitobingizni muqovasiga qo`yiladi.
Bolalar rangli bo`yoqlardan foydalanib mening kitobim mavzusida mahallasini rasmini chizadilar. Bolalarni rasmini kuzatib borib baxolanadi.
Yakuniy qism: Kimning, nimaning o`rni o`zgardi o`yinini tashkil qilish.
56-Mavzu: Fan va tabiat markazi. “Qumning hususiyatlari”
Maqsad: Qumning hususiyatlarini biladi, qum quruq van am qumni farqini biladi, quruq qumdan nonchalar yasab bo`lmaydi, nam qum to`kilmaydi, undan nonchalar yasasa bo`lishini o`rganadi, atrof olamga o`z munosabatlarini bildira oladi.
Kerakli jixoz va materiallar:qum, qumdan yasalgan narsalar, rasmlar, suv, qumli qoliplar, maxsus konteynrlar.
Faoliyatning borishi: 1. Bolalar qum, qumdan yasalgan predmetlar va ularni rasmini ko`rish, slayd tomosha qilish, tarqatmalardan foydalanib izohlash.
2. Xo`l qum va quruq qumni farqlash
3. Xo`l qumdan nonlar yasash
4. Qumni hususiyatlarini aks ettiruvchi rasm va tarqatmalar bilan tanishish
5. Tarqatmalarni tartib bilan ketma-ketlikda qo`yish
6. Bolalarni rg`batlantirish.
Qo`shimcha qism: Sayrda qum bilan o`yinlar, qumdonlarda tajriba takrorlash. Bolalarda faoliyat jarayonida sezgi, idrok, tafakkur faollashadi va kuzatish va xulosa qilishni o`rganish.