Qo`shimcha qism: Bolalarga nonvoy mehnati haqidagi videorolik namoyish etish.
E’tiborga molik jixat: Bolajonlarni kasbga bo`lgan mehr muxabbatini uyg`otish
11- Mavzu: “Dehqon mehnati bilan tanishtirish”. Faoliyat maqsadi: Dehqon mehnati bilan tanishtirish. Bahorda dehqonning mehnatlaridan biri yerga urug` sepilishi haqida bilim berish. Mehnat qilish ishtiyoqini tarbiyalash.
Kerakli jixozlar:“Tabiat va biz” burchagi va “O`yin va o`yinchoqlar” markazi.
Faoliyatni borishi:
Tarbiyachi: Bolalar bugun guruhimizga dehqon bobomiz keladilar. Kelinglar ular bilan salomlashamiz. Bugun bobomiz bog`chamizga yer maydonchasiga jo`xori urug`ini ekmoqchi ekan. Bizni yordamga chaqiryabdi. Ho`sh bolajonlar yordamlashgani boramizmi?
Tarbiyachi: Bolalarni olib bog`cha yer maydonchasiga chiqishadi.
Dehqon bobo: Bolalar men sizlarni jo`xorini yaxshi ko`rishingizni bilib olganman. Shuning uchun yer maydonchasiga jo`xori ekmoqchiman. Bolajonlar sizlar ham menga yordam berasizlarmi?
Tarbiyachi: Bolajonlar dehqon bobo sizlarga jo`xorining usti silliq yoki g`adir –budurligini aniqlash uchun barmoq bilan silab ko`rishni taklif qilmoqchi ekan. Bolalar kaftidagi urug`larni dehqon bobo ko`rsatgan ariqlarga ekishini o`rgatadi. Qiynalgan bolalarga tarbiyachi yordamlashadi. Shundan so`ng dehqon bobo urug`lari ustiga tuproq tashlashni ko`rsatadi. So`ngra urug`larga suvni qanday quyishni o`rgatadi.
Tarbiyachi: Bolajonlar endi men sizlarga topishmoq aytaman.
Bo`yi bir qarich
Soqoli ikki qarich (Jo`xori)
Yangam kelar apillab,
Bilaklari shalpillab. (Jo`xori)
Ekilgan ekinni tarbiyachi bilan bolalar kuzatib boradi.
Bolalar bilimlarini mustaxkamlash uchun savol-javob qiladi.
1. Bolajonlar, bugun nimalarni o`rgandik?
2. Dehqom bobo ekinlari qanday ekan?
3. Jo`xori urug`ini qanday qilib ekdik?
Bolalar kattalar mehnatini qadrlashni, tabiatni sevishni bilib oladilar. Ekin ekishni va parvarish qilishni bilib oladilar.