Mening jonajon O`zbekistonim



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/126
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207009
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   126
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

Tarbiyachi: 
Bolajonlar aytingchi, choynak va payola bizga nima uchun kerak? 
Bolalar: 
Choynak choy damlash uchun, payola esa choy ichish uchun kerak bo`ladi.
 
Tarbiyachi: 
To`g`ri aytdingiz ko`p yillardan beri choynak piyolalar bizga xizmat qiladi
choydan tashqari shifobaxsh giyohlarni, dorivor o`simliklarni ham damlab ichamiz. Bu 
choynak piyolalar turmushimizda juda ko`p ishlatiladi. Ularni usta kulollar ona yurtimizning 
tuprog`idan tayyorlashadi. Tuproqdan loy tayyorlanadi va unga ko`p ishlov beriladi. Unga 
shakl berilib, maxsus issiqlikda pishirib, chiroyli va bejirim choynak va piyolalar 
tayyorlanadi.
Bilmasvoy: 
Ha tushundim, loydan chiroyli idishlar tayyorlansa-ya 
Bolalar: 
Biz mashg`ulotlar davomida har xil idishlar yasaymiz. 
Bilmasvoy: 
Mana bu choynak va piyolani bezagini qarang, qanday chiroyli ekan! 
 
Tarbiyachi: 
Ha bolajonlarm idishlar kulollar mahsus loydan aylana daskgohdan tayyorlab 
olovda toblaydilar va serjilo bezaklar berib xalqimizga taqdim etadilar.
Bolajonlar bundan tashqari idishlar metaldan va yog`ochlardan ham tayyorlanadi. Masalan: 
qoshiq, lagan, choynak shu kabilardir. Shu payt Bilmasvoy qiziqib so`radi idishlar yana 
qanday turlari bor?
 
Tarbiyachi: 
Shisha va plastmassa idishlar ham bor 
Bilmasvoy: 
Bu idishlar qanday tayyorlanadi?
Tarbiyachi: 
Bolajonlar Bilmasvoy bu idishlarni qanday tayyorlanishini bilmas ekan biz hozir 
shu haqida gaplashdik, sizlar aytib beringlar.
Bolalar javobi:
Bilmasvoy: 
Rahmat bolajonlar sizlardan juda ko`p narsani o`rganib oldim. Endi birgalikda 
bir ajoyib o`yin o`ynasak o`yinimizni “Ajoyib quticha” o`yini shu tarzida olib boriladi. 
Bilmasvoy quticha ichidagi idishlarni olib bolalardan idish nomlarini so`raydi. Bolalar idish 
nomlarini aytadilar.
Faol bolalar tarbiyachi va Bilmasvoy tomonidan rag`batlantiriladi. Bolalar va tarbiyachi 
Bilmasvoy bilan hayrlashadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin