Podshoh: Aytganlaringni bajo keltiraman.
Tarbiyachi: Podshoh unga aytgan kitoblarini keltirib. Ibn Sino o`zini kutubxonasini tashkil qilibdi va barcha kitoblarni o`qib yod olibdi.
Bolajonlar qaranglar bobomiz qanchalik bilimli, izlanuvchan, ilmga chanqoq, kitoblarga mehr qo`ygan ekan. Qani bolalar bizlar ham kitob o`qiymizmi?
Bolalar: Ha
Mana bolajonlar mashhur tabib, buyuk alloma Ibn Sino bobomiz haqida bilib oldik. Endi biz ham o`zimizni namunali xulqimiz, Izlanuvchanligimiz va bilimli bo`lishimiz orqali buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo`lishimiz kerak.
63-Mavzu: “Men, sen, u, ular bitta oila”
Rivojlanish soxalari bo`yicha maqsadlar. Jismoniy rivojlanish va sog`lom turmush tarzining shakllanishi, bolalarga o`rtoqlari bilan odob axloq qoidalari asosida o`zaro munosabatda bo`lishiga o`rgatish.
Dostları ilə paylaş: |