39-mavzu: To`kiladigan jismlar hajmini o`lchash.
Maqsad: Shartli o`lchovda to`kiladigan jismlarning hajmini o`lchay oladi.
Kerakli jixozlar: qum, suv, qumli qoliplar, maxsus konteynerlar
Faoliyatning borishi: Bolalar ushbu markazning vazifasi bilan tanishadilar va uskunalarni ko`rib chiqadilar.
Qo`shimcha qism: Og`irlikni o`lchadilar va tarozi haqida malumotga ega bo`ladilar. Bolalarda faoliyat jarayonida sezgi, idrok, tafakkur faollashadi va kuzatish va xulosa qilishni o`rganadilar.
Faoliyat mobaynida tarbiyachi bolalarga to`kiladigan jismlarni hajmini o`lchaydilar.
Shakar va krupalarni o`lchaydilar, Bolalar to`kiluvchi jism, og`irlik, tarozi, o`lchov haqida ma’lumot oladilar. Bolalarda matematik tasavvurlarini ham rivojlantiradi.
Tarbiyachi Faoliyatdavomida bolalarga maqol va topishmoqlar o`rgatadi.
“Yetti o`lchab bir kes” (Xalq maqoli)
“Tarozini toshi har bir ishni boshi” (Momolar o`g`iti)
Topishmoqlar
Ikki pallasi bordur,
Sotuvchiga dastyordur (Tarozi)
Paxtadayin oppoqina u
Darxol eritadi suv (Shakar)
Har joyda o`rnatar adolat, sen to`g`ri foydalan faqat
Uning nomi tarozi barcha bo`ldi rozi.
Dostları ilə paylaş: |