Mashg`ulotning borishi:
Tarbiyachi : Bugun sizlarga topishmoq aytaman.
Ro`parade turibti
Yuzi dumaloq lo`ppi
Bir qulog`I bor, bir burni
Boshiga kiygan do`ppi
Bolalar javobi : (Choynak)
Tarbiyachi : yana bitta topishmoq aytaman
Ona – bola yemas-ichmas
Dasturxondan nari ketmas
Bolalar javobi: (Choynak piyola)
Shu payt eshikdan Zumradoy va Qimmatoylar kirib keladi.
Bolalar salomlashadi
Tarbiyachi : Bolalar guruhimizga mehmonlar tashrif buyurdilar uymizga mehmon kelsa nima qilamiz?
Bolalar :
Tarbiyachi: kelinglar biz ham mehmonlarni dasturxonga taklif etamiz buning uchun nima qilish kerak?
Bolalar : Dasturxon yozib choy idishlari, qandlar qo`yiladi.
Tarbiyachi : mehmonlarga choy quyib uzatamiz.
Qimmatoy : ustoz bu piyola qanday tayyorlangan?
Tarbiyachi: Bolajonlar aytingchi choynak va piyola bizga nima uchun kerak?
Bolalar : choynak coyni damlash uchun, piyola esa choyni ichish uchun kerak bo`ladi.
Tarbiyachi: To`g`ri topdingiz ko`p yillardan beri choynak piyolalar bizga xizmat qiladi choydan tashqari shifobaxsh giyohlarni, dorivor o`simliklarni ham damlar ichamiz. Bu choynak , piyolalar turmush hayotimizda juda ko`p ishlatiladi. Ular ona yurtimizning tuprog`idan tayyorlanadi. Tuproqdan tayyorlanadi va unga ko`p ishlov beriladi. Unga shakl berilib maxsus issiqlikda pishirib, chiroyli va bejirim choynak va piyolalar yasaladi.
Qimmatoy: Ha tushundim, loydan shunday chiroyli idishlar tayyorlansa-ya
Bolalar: biz loy mashg`ulotlarida xar xil idishlar yasaganmiz.
Zumradoy: Qimmatoy mana bu choynak va piyolani bezagini qara qanday chiroyli ekan.
Tarbiyachi: Ha bolajonlar idishlar maxsus issiqlikdan chiqqandan so`ng naqqoshlarimizning ishi boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: |