Tarbiyachi: Bolajonlar sizlarga rivoyat yoqdimi?
1- bola: Ha yoqdi.
Tarbiyachi: Bolajonlar kimlarning ota-onasi nonvoy?
2- bola: Madinaxon mening dadam nonvoy
Didaktik o`yin: “Mehmon-mehmon o`yini”
Tarbiyachi: Bolalar kelinglar! Sizlar bilan hozir “Non olib keldim” she’rini o`qib beraman.
Yolg`on emas chin so`zim,
Magazinda bir o`zim.
Ko`cha chetida bir o`zim,
Ancha narsani ko`rib.
Qaytimni yo`qotmasdan,
Kuchukka tosh otmasdan.
Olib keldim issiq non,
Uyga kelganda mehmon.
Tarbiyachi: Bolalar she’r sizlarga yoqdimi
Bolalar javobi: Ha yoqdi
Tarbiyachi: Kunning ikkinchi yarmida albatta she’rni yod olamiz. Endi bolajonlar sizlar bilan birgalikda topishmoqlarni topamiz.
1. Bug`doyzorda yog`rilgan
Tandirda tug`ilganman (Non)
2. Eng totli ulug` ne’mat
Dasturxonga ko`rki ziynat (Non)
3. Dengiz emas chayqaladi
Undan bo`lur oshu non (Bug`doyzor)
4. U tuganmas boylik kon
Undan bo`lur oshu non (Bug`doy)
Tarbiyachi: Bolajonlar topishmoq, she’r, rivoyatlar sizlarga yoqdimi?
Dostları ilə paylaş: |