2-bola: olma
Tarbiyachi: Juda to`g`ri bu olma edi, olma haqida she’r ham bilasizlarmi.
1-bola: Ha
Xoy olma, olma, olma
Meni ovora qilma
Bir oz bo`y cho`zay
Olmalaringdan uzay
2- bola:
Olchaxonga ustozman,
Nordonlikdan halosman.
Undan katta bir oz man,
Sizlar sevgan gilosman
3- bola:
Olmadir mening ismim,
Biram yoqimli ism,
Ne’mat ichra a’loman
Yetmish dardga davoman
Tarbiyachi: Raxmat barchangizga. Sabzavotlar haqida ham bilasizlarmi?
1- Bola: Ha, men aytsam maylimi. Anvar Obidjonning “Kartoshka”, she’rini aytib beraman.
Goh uxlayman turbada,
Goh pishaman shorvada.
Qovurmada qaynayman,
Mastavada yayrayman.
Lag`monda ham men mehmon,
Hamma joyda tayyorman.
Ko`rinmasam shovlada,
Erinmasdan kovla-da
Tarbiyachi:Rahmat she’r juda qiziqarli ekan , bolalar bilasizlarmi sabzavotlardan foydalanibonajonlarimiz, bog`chamizda oshpaz opalarimiz sizlarga shirin va mazzali taomlar tayyorlab beradilar. Sabzavotlarni mazzali bo`lib yetishtirishda dehqonning mehnati katta, sabzavot ekishda oldin, dehqon yerga ishlov berish kerak, keyin tabiiy ozuqa solib, yerni yumshatadi, so`ng pushtalar tirtilib, urug`lar sepib chiqiladi. Ular ko`karib chiqishi bilan tez-tez tagini yumshatib turiladi, sug`orib turishi kerak, vaqti – vaqti bilan begona o`tlardan tozalanib, chopiq qilinadi. Bobo quyosh bu ekinlarni serhosil va shirin – shahar bo`lib o`sishi uchun nimalarni ayamay sochadi. So`ng mo`l hosil yig`ishtirib olinadi. Mevalarni yetishtirishda bolalar bog`bonning xissasi katta.
Tarbiyachi: Endi sizlarga Abdulla Avloniy “Aqlli bog`bon” hikoyasini o`qib beraman.
Bir bog`bonning uch o`gli bor edi. Ular dangasa va ishyoqmas edilar. Bog`bon bir kuni kasal bo`ldi. O`g`illarini ishga solmoq uchunyoniga chaqirib “O`g`illarim mening ajalim yetganga o`xshaydi. Men sizlarga vasiyat qilib ketayin. Bog`ning ichiga bir ko`za oltin ko`mib qo`yganman. Mendan so`ng ozingiz kavlab, topib, bo`lishib olarsiz” , - dedi. Oradan bir necha kun o`tmay, bog`bon dunyodan o`tdi. O`g`illari oltin axtarib, bog`ni chunon qazidilarki, tuproqlari kul bo`lib ketti , lekin tokning ildizidan boshqa hech narsa topolmadilar. Ammo shu yil tok chunon uzum qildiki, aqchasi necha ko`za to`ladurg`on oltin bo`ldi. So`ngra bu yalqovlar bildilarki, yerdan emas, ishlovdan ekan.
Hissa: Hamma yomonliklarning onasi dangasalik, qo`rqoqlik esa otasidir. Bolajonlar hikoya yoqdimi, endi hammamiz boqqa sayohatga chiqamiz.
Markazlar: Milliy burchak, Bolalar kutubxonasi markazi.
Dostları ilə paylaş: |