Bolalar: Ha yordam beramiz
Tarbiyachi: Bolalarga jo`xori suratlarini ko`rsatib so`raydi? Bolajonlar suratda nima tasvirlangan?
Bolalar: Jo`xori
Tarbiyachi: Bolalar jo`xorini urug`lardan o`stirish mumkunmi?
Bolalar: Ha mumkun
Tarbiyachi: Ha biringizga jo`xori urug`ini kaftingizga qo`yaman. Bolajonlar jo`xorini rangi qanaqa ekan?
Bolalar javobi: Rangi och sariq
Tarbiyachi: Bolajonlar dehqon bobo sizlarga jo`xorining usti silliq yoki g`adir –budurligini aniqlash uchun barmoq bilan silab ko`rishni taklif qilmoqchi ekan. Bolalar kaftidagi urug`larni dehqon bobo ko`rsatgan ariqlarga ekishini o`rgatadi. Qiynalgan bolalarga tarbiyachi yordamlashadi. Shundan so`ng dehqon bobo urug`lari ustiga tuproq tashlashni ko`rsatadi. So`ngra urug`larga suvni qanday quyishni o`rgatadi.
Tarbiyachi: Bolajonlar endi men sizlarga topishmoq aytaman.
Bo`yi bir qarich
Soqoli ikki qarich (Jo`xori)
Yangam kelar apillab,
Bilaklari shalpillab. (Jo`xori)
Ekilgan ekinni tarbiyachi bilan bolalar kuzatib boradi.
Bolalar bilimlarini mustaxkamlash uchun savol-javob qiladi.
1. Bolajonlar, bugun nimalarni o`rgandik?
2. Dehqom bobo ekinlari qanday ekan?
3. Jo`xori urug`ini qanday qilib ekdik?
Bolalar kattalar mehnatini qadrlashni, tabiatni sevishni bilib oladilar. Ekin ekishni va parvarish qilishni bilib oladilar.
Dostları ilə paylaş: |