Toshkent axborot texnologiyalari texnikumi mustaqil ish



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə1/4
tarix22.10.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#159851
  1   2   3   4
XAKER



TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TEXNIKUMI


MUSTAQIL ISH


MAVZU:KIBERJINOYARCHILAR HAQIDA MA’LUMOT


TEKSHIRDI:SUBANOVA MATLUBA
BAJARDI:23-1 GURUH TALABASI QODIROVA H
Texnologiyalarga qanchalik ko‘p ishonsak, potensial xakerlar bizdan shunchalik ustun bo‘lishadi. Ularning maqsadi yordam berish yoki ziyon yetkazish emas, balki dunyoni o‘zlariga mos ravishda o‘zgartirishdir. Nomlari allaqachon ommaga ma’lum bo‘lgan bir nechta mashhur xakerlar mavjud. Quyida ular haqida ma’lumot beramiz.
1. Robert Teppen Morris



Kompyuter viruslari haqida deyarli hech narsa bilmasangiz ham, ehtimol “chuvalchanglar” haqida eshitgan bo‘lishingiz mumkin. Bunday virusni birinchi bo‘lib Robert Teppan Morris tarmoqqa kiritgan. 
Kornel Universiteti aspiranti Morris o‘zining “chuvalchang”ini yaratdi va 1988-yil 2-noyabrda uni tarmoqqa chiqardi. U bilan AQShdagi olti ming kompyuter ishini to‘xtatdi. Keyinchalik, u shunchaki internet qanday rivojlanayotganini ko‘rishni xohlaganini va bu nazoratdan chiqib ketgan eksperimentning oqibatlari ekanligini aytdi. Biroq, “chuvalchang” shunchaki sinovdan tashqari ko‘plab zararlar keltirdi: u hisoblar uchun parollar topishga harakat qilib, etc/passwd’ni o‘qidi. Oxir oqibat, Morris jarimaga tortilib, uch yillik qamoqqa hukm qilindi.
Keyinchalik Morris Garvard universitetining professori va ko‘plab dasturiy ta’minot ishlanmalarining muallifi bo‘ldi. Bugungi kunda u Massachusets texnologiya institutida informatika professori bo‘lib ishlaydi.
2. Kevin Mitnik

Hammasi Kevin Mitnik to‘satdan jamoat transportidan bepul foydalanmoqchi bo‘lganidan boshlandi.
Mitnik soxta sayohat hujjati bilan Los-Anjeles avtobus tizimiga hujum qildi. Keyinchalik, u xohlagan joyga bepul qo‘ng‘iroq qilishni boshladi. Bir necha yil o‘tgach, Mitnik allaqachon raqamli uskunalar korporatsiyasi tarmog‘ini buzish va ularning dasturlarini o‘g‘irlashni ishlab chiqqan. Bu uning birinchi ishi bo‘lgan, ammo keyinchalik u Nokia va Motorola telefon gigantlari tarmog‘iga hujum qilgan.
Politsiyachilar uni 1995-yilda Amerikaning yetakchi kompyuter xavfsizligi bo‘yicha mutaxassisi Sutomu Simomuraga nisbatan xakerlik hujumidan keyin ushlagan. Mitnik besh yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Qamoqdan chiqqandan so‘ng, u kompyuter tizimlarini himoya qilish bilan shug‘ullana boshlagan.
3. Adrian Lamo

Ha, kompaniyalar ba’zan o‘z tizimlarining zaif tomonlarini sinab ko‘rish uchun xakerlarni yollaydilar, ammo Adrian Lamoni hech kim yollamagan edi.
2002 va 2003-yillarda Lamo shunchaki qiziqish tufayli bir nechta yirik kompaniyalarning tizimlariga xakerlik qildi, so‘ngra o‘sha kompaniyalarning xavfsizlik tizimlaridagi xatolar to‘g‘risida ularga ma’lum qildi. Xaker hujum qilgan obyektlar orasida Microsoft, Yahoo va New York Times ham bor edi. U yerda Adrian aloqa ma’lumotlarini ekspert ma’lumotlar bazasiga qo‘shdi.
“Uysiz xaker” sifatida tanilgan Lamo ko‘pincha internet-kafelar va jamoat kutubxonalarida tarmoqqa ulanib ishlagan. Lamoning 2003-yilda Nyu-York Tayms’ga kirishi kiberjinoyatchilikka qarshi bo‘lganlarning e’tiborini tortdi, u qo‘lga olinib, olti oy uy qamog‘ida va ikki yillik sinov muddatidagi qamoq jazosiga hukm qilindi. Hozir Lamo taniqli o‘qituvchi va jurnalist, xavfsizlik bo‘yicha mustaqil maslahatchi bo‘lib ishlaydi, ammo ofis ishlariga yollanishdan qochadi.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin