Tarbiyachi:
- Bolalar sizlarni ham do`stinglar bormi?
- Do`stingiz haqida nimani bilasiz?
- Do`stingizni nimasi yoqadi?
Tetiklashtiruvchi o`yin: “Bu kim edi” O`yin qoidasi: Bir bola doskada orqasini qilib turadi. Ikkinchi bola uni oldiga kelib, orqasiga qo`lini tekkizadi. Bola uni kimligini topishga harakat qiladi. O`yindan maqsad bolalarni sezgirligini oshirish.
Kelinglar do`stlarimiz uchun sovg`alar chizamiz. Bolalarni tasviriy faoliyati markazlariga taklif etiladi. Bolalar yoqtirgan rasmlarini chizib, do`stlariga sovg`a qiladilar.
2.”Mavsumiy o’zgarishlar, ko’chmanchi qushlar” haqida ma’lumot. Mavzu bo’yicha faoliyat ishlanma tayyorlash.
Mavzu: Ko`chmanchi qushlar haqida albom tomosha qilish.
Dostları ilə paylaş: |