Nazorat uchun savollar: Wordda jadval yaratishning qanday usullari mavjud?
Matnni jadval holiga keltirish.
Jadval yaratishning ikkinchi usuli.
Avval jadval yaratib so'ngra matn kiritish usuli.
Jadvalga qator, ustun va yacheyqa qo’shish va olish.
6. Jadvalda qator, ustun va yacheyqalarni belgalash
Amaliy ish. O’quvchilar ismi, sharifi va adresini kiriting, so’ngra jadval holiga keltiring.
Avval jadval yaratib, so’ngra ma’lumot kiriting.
O’z guruhlari uchun jadval yaratib, o’zlashtirish diagrammasini hosil qiling.
10-Dars. Jadvallarda formulalar bilan ishlash. Agar jadval yacheykasiga raqamli ma’lumot kiritilgan bo’lsa, shu raqamlar bilan arifmetin yoki mantiqiy amallar bajarish mumkin.
Jadvalda ustunlar lotin harflari bilan (A,B,C,D), qatorlari natural sonlar bilan belgilanadi. Yacheyka adresi ustun va qator nomi bilan ko’rsatiladi. Masalan: A1, B2, C12, C5 v. k.
Arifmetik amallar bajarish uchun “Таблица” menyusidagi “формула” buyrug’ini bajarish kerak. Ekranda uchta oynachadan iborat oyna ochiladi. Birinchi oynachada = belgisidan so’ng bajariladigan amallar yoziladi. Arifmetik amallarda quyidagi (+, -,*,^,(,)) belgilarni ishlatish mumkin.
Shuningdek uchinchi oynadagi matematik funktsiyalardan ham foydalanish mumkin. Bu oynadan funktsiya tanlash uchun sichqoncha ko’rsatkichini shu funktsiyaga keltirib, chap tugma bir marta bosiladi. Tanlangan funktsiya birinchi oynada = belgisidan so’ng yoziladi. Yacheyka nomlari qavs ichiga yozilib, yachiyka nomlari orasiga “;” belgi qo’yiladi. Masalan: Yig’indini quyidagicha yozish mumkin. SUM(LEFT) –kursorga nisbatan chap tomonda turgan yacheykalar yig’indisi hisoblanadi; SUM (RIGHT) –kursorga nisbatan o’ng tomonda turgan yacheykalar yig’indisi hisoblanadi. Formula yozib bo’lingach OK tugmasi bosilsa, kursor turgan yacheykada natija hosil bo’ladi.
Ikkinchi oynada hosil bo’lgan sonning formatini o’rnatish munkin. (##,# -kasr son)