Amaliy mashg’ulot: Quyidagi faylni yarating va o’z papkangizda saqlang:
Ariza.
4-Dars. Word matn muxaririda matnlarni formatlash. Klaviatura va sichqoncha yordamida matynlarni belgilash. Mantlarni formatlash uchun matnning shu bo’lagini belgilash (qora ramkaga olish) kerak. Buning uchun klaviyaturadan foydalanib matnlarni (formatlash) belgilash uchun klaviaturadagi Shift+ushlab , quyidagi tugmalardan foydalaniladi. Ctrl+5 ni ushlab bossak, hujjatning barcha qismini belgilanadi. Holatlar qatoridagi ВДЛ tugmasi yoqilsa bunda klaviyaturadan ma’lumot kiritilmaydi, faqat belgilanadi. Sichqoncha yordamida belgilash uchun qo’yidagi vazifalar bajariladi.
Simbolni belgilash-sichqoncha ko’rsatkichi symbol yoniga keltirilib chap tugmani bosib keraklicha suriladi.
So’zni belgilash-sichqoncha ko’rsakichi shu so’zdagi istalgan simbolga keltirilib chap tugma 2 marta bosiladi.
Qator ajratish-sichqoncha belgisini shu qator boshiga keltirib chap tugma bir marta bosiladi.
Gap ajratish uchun sichqonchani shu gapdagi istalgan simbolga keltirib Ctrl ni uchlab chap tugma 1 marta bosiladi.
Abzats ajratish uchun sichqoncha shu abzats boshiga keltirillib chap tugma 2 marta bosilagi yoki ixtiyoriy simbolga keltirilib chap tugma 3 marta bosiladi.
Bir necha qatorni belgilash uchun sichqoncha ko’rsatkichini belgilanayotgan qatorning boshiga keltirib chap tugma yoki yuqoriga bosib suriladi.
Matnlarni formatlash uchun avval matnlarni belgilab, so’ngra format menusidagi shrift buyrug’idan yoki formatirovanie panelidagi tugmalardan foydalanish mumkin.
Amaliy mashg’ulot: Quyidagi faylni yarating va o’z pakangizda saqlang:
Tarjimai xol. Songra yaratilgan matnni animatsiya korinishiga keltiring.