Annotatsiya. Ushbu maqolada metafora yo‘li bilan hosil qilingan tibbiy terminlar va ularning hosil qilinish asoslari keltirib o‘tilgan. Metafora, uning tabiati, termin hosil qilishdagi ahamiyati yoritilgan. Metaforaning turlari, uning qo‘llanish xususiyatlari maqolada ko‘rsatib o‘tilgan. Tilshunoslikda metaforaning o‘rganilishi, o‘zbek tilshunosligidagi metaforaga berilgan ta’riflar aytib o‘tilgan. Tibbiy terminologiyada metafora yo‘li bilan hosil qilingan terminlarning turlari ko‘rsatilgan.