Metafora yo‘li bilan hosil qilingan tibbiy terminlar



Yüklə 23,52 Kb.
səhifə2/2
tarix02.01.2022
ölçüsü23,52 Kb.
#40152
1   2
2 5393421571547203660

Kalit so‘zlar: metafora, tibbiy termin, antromorfik metafora, zoomorfik metafora

Аннотация. В статье описаны медицинские термины, созданные с помощью метафоры, и основы их образования. Метафора, ее природа, ее значение в образовании термина. Типы метафор и особенности их использования описаны в статье. Изучение метафоры в лингвистике, определения метафоры в узбекском языкознании. Медицинская терминология относится к типам терминов, которые образуются посредством метафоры.

Ключевые слова: метафора, медицинский термин, антроморфная метафора, зооморфная метафора.

Annotation. The types of metaphors and features of their use are described in article. The study of metaphor in linguistics, the definitions of metaphor in Uzbek linguistics have been reminded.The types of terms created by metaphor have been shown in medical terminology.

Keywords: metaphor, medical term, anthromorphic metaphor, zoomorphic metaphor

Terminlar tilda umumtil qonuniyatlari(derivatsiya, semantik ko‘chish, metanimizatsiya)va boshqalar asosida vujudga keladi. O‘zbek tili terminologiyasining shakllanishi va taraqqiyoti metafora yo‘li bilan ko‘plab tibbiy terminlarni uchratish mumkin. Odatda, termin (lotincha”terminus”-“chek”,” chegara belgisi”) fan, texnika va boshqa sohaga oid narsa haqidagi tushunchani aniq ifodalaydigan, ishlatilish doirasi shu sohalar bilan chegaralangan so‘z yoki so‘z birikmasi, atama. Terminlar bir ma’noli bo‘lishi, ekspressivlik va emotsionallikka ega bo‘lmasligi kabi belgilari bilan ham umumiste’moldagi so‘zlardan farqlanadi. Oʻzbek tilining barcha leksik resurslarida boʻlgani kabi terminlarning ham oʻz boyish yoʻllari bor va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi. Dunyoda chetdan soʻz oʻzlashtirmagan birorta ham til yoʻq. Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning oʻzida mavjud boʻlgan soʻz yoki termindan foydalaniladi, yoki yangi termin yasaladi. Shu jumladan, biz soʻz yuritmoqchi boʻlgan tibbiy terminologiya ham oʻzining ulkan taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. Terminshunoslarning bildirgan fikriga qaraganda, metafora semanik usulda termin hosil qilishda asosiy rol o‘ynaydi. Bunda umumadabiy yoki jonli tildagi so‘zlarning biror xususiyatini shaklan o‘xshashligini, rang-tusidagi bir xillikni asos qilib olish tufayli mana shunday yangi-yangi terminlar vujudga keladi[4.4]. O‘zbek tilining turli soha terminologik tizimlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘pgina ishlarda semantik usul bilan termin yasash terminologiyani boyituvchi muhim bir manba sifatida e’tirof etiladi. Biroq tibbiyotga oid terminlar tadqiq etilganda, metafora yo‘li asosiy vosita hisoblangan terminlar, asosan, semantik-sintaktik usul bilan paydo bo‘lgan. Ma’lumki, juda qadimgi davrlardan shakllana boshlagan tibbiy terminologiyaning boyishida aksar semantik yo‘l bilan termin hosil qilish amal qilib kelgan. Lekin anatomik terminlarda sof semantik usul bilan hosil qilingan terminlar deyarli uchramaydi. Ular o‘rnini semantik-sintaktik usul egalladi. Semantik hamda semantik-sintaktik usulda termin, aniqrog‘i, tibbbiy termin hosil qilishda ma’no ko‘chishning metafora turi muhim rol o‘ynaydi. Metafora hodisasi ikki ming yildan ortiq vaqtdan buyon dunyo filologiya ilmida tadqiq etib kelinayotgan bo‘lsa-da, bu tadqiqotlar badiiyat, stilistika, ritorika doirasidan tashqariga chiqmagan. Yana ham to‘g‘rirog‘i, o‘tgan asrning boshlariga qadar metaforani fanga, fan tiliga, terminologiyaga yot bo‘lgan hodisa sifatida talqin etish ustuvor qilib keldi[1.6]. XX asr boshlariga kelib, kognitiv tilshunoslikning shakllanishi va jadal rivojlanishi bilan metaforaning ko‘p qirrali, nihoyatda murakkab hodisa ekanligi tan olinib, fundamental bilish faoliyatining namoyon bo‘lishi sifatidagi mohiyati ochib berildi. Metaforaning olamni bilish vositasi sifatidagi xususiyatlarini tadqiq etgan J. Lakoff va M. Jonsonlar metafora, odatda, tafakkur va faoliyat bilan emas, balki so‘zlar bilan bog‘liq lisoniy xususiyat sifatida talqin etilgan. Metafora tarixiga nazar tashlasak, bu hodisa haqida ko‘plab ilmiy-nazariy qarashlarning mavjudligiga guvoh bo‘lamiz. Metaforaning o‘rganish tarixi juda uzoq davrlarga borib taqaladi. Aristotel zamonidan buyon u ritorika, psixologiya, falsafa, uslubiyat, adabiyotshunoslik kabi bir qancha fanlar doirasida tahlil etib kelindi. ”Poetika”asarida metafora(to‘g‘rirog‘i epifora) tushunchasiga ta’rif berilgandan buyon bu hodisaga qiziqish kuchaydi. O‘tgan davr mobaynida metaforaga ko‘plab ta’riflar berilgan bo‘lib, shu soha bilan shug‘ullanganlarning hammasi, albatta, Aristotel ta’rifini bir eslab o‘tadilar [2.41].

O‘zbek tilshunosligi terminologiyasining tarixi juda uzun bo‘lmasa-da, XX asrga kelib, kognitiv tilshunoslikning paydo bo‘lishi bilan metaforaga qarash butunlay o‘zgardi. N.Mahmudovning ta’kidlashicha, metafora mohiyatidagi ikki yoqlamalikka ko‘ra, bu hodisaning ikki asosiy turi farqlanadi, ya’ni lisoniy metafora va poetik(badiiy) metafora. Kognitiv metafora insonning o‘z bilimlarini namoyon qilish va konseptuallashtirish usullaridan biri bo‘lib, bir obyektni boshqa bir obyekt vositasida tushuntirish va tushunishdan iboratdir, deyiladi. Lisoniy metafora o‘xshahshlik asosidagi nomlashni qayd etsa, ”nolisoniy” metafora (kognitiv)esa lisoniy metafora yuzaga kelishini tashkil etadi. Lisoniy metafora kognitiv metaforasiz yuzaga kela olmaydi[4.3]. Ular o‘z qonuniyatlaridan kelib chiqib,biri ikkinchisini taqozo etadi. Metafora - tibbiy atamalarni shakllantirishning samarali usuli. Tibbiy terminlarni hosil qilishda ham metaforning xizmati katta. Tibbiyotda ishlatiladigan qushtomoq, nog‘ora parda,shox parda, qorason, suvchechak, chechak, qoqshol, to‘rparda, ko‘z olmasi ,baliq tangachasi, quloq supachasi, burun suprasi chig‘anog‘i,quloq suprasi chig‘anog‘i, suvchechak, chechak, siydik nayi kabi terminlarning ishlatilishi bevosita metafora bilan bog‘liq. Zamonaviy tibbiy terminologiya-terminlar tizimidagi eng murakkablaridan birirdir. U o‘zida minglab so‘z va so‘z birikmalarini qamrab olgan. Termin hosil qilishning mahsuldor usullaridan biri esa metaforadir. Metafora voqelikni obrazli aks ettirishning asosiy usullaridan biri bo‘lib, dunyoning ma’lum bir lingvistik tasvirini terminologiyada aks ettiradi. Metaforaning universal xususiyati shundaki, u har qanday inson ongida ,qaysi tilda gaplashishidan, qat’i nazar, mavjuddir[4.3]. Tibbiyot terminologiyasi - bu tarkibiy, semantik, so'z yasovchi va uslubiy xususiyatlarining o'ziga xos xususiyatlari tufayli oddiy so‘zlardan farq qiladigan va shu bilan tilning leksik tizimida alohida o‘rin tutadigan so‘z birikmalarining o‘ziga xos qatlamlaridan biridir. Tibbiyot tilini davolash uchun muhim bo‘lgan, tibbiy metafora-terminlar tarkibida alohida ma’noga ega bo'lgan sodda nutq leksemalari tashkil etadi. Buni esa bu sohaning qadimiyligi bilan izohlash mumkin. Qadimgi davrlarda ibtidoiy odamlar yangi tibbiy hodisani nomlashda ularni kundalik hayotda o‘rab turgan narsalar bilan taqqoslashgan. Shunday qilib, tibbiyotda mavjud bo‘lgan atamalar-metaforalar o‘tmishdagi odamlarning bilish mexanizmlarini, mulohazalarini aks ettirgan.Statistik tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, eng faol metafora atamalari oftalmologiya, psixiatriyada, yuqumli kasalliklarni o'rganishda, dermatovenerologiya, jarrohlik, sud tibbiyoti, terapiya, ginekologiya, akusherlik, anatomiya, travmatologiya, ortopediya, fiziologiya, stomatologiya, gistologiya, onkologiya, otorinolarinologiya endokrinologiyada qo'llaniladi. Metafora asosida hosil qilingan tibbiy terminlarni esa quyidagicha bo‘lish mumkin.

1.Inson bilan bog‘liq holda hosil qilingan metafora asosidagi tibbiy terminlar, bunda odamning biologik xususiyatlari(o‘lim, uyqu, ko‘rish)kabi o‘xshashliklarga asoslangan terminlar:ko‘richak, o‘lik pulpa, o‘lik hujayra kabi. Koʻrichak-odam va sut emizuvchi hayvonlarda yoʻgʻon ichakning boshlanish qismi, oʻng yonbosh chuqurchasida joylashgan boʻlib, uning yonbosh ichakka qoʻshilish joyida yarimoysimon burmalari, qopqogʻi bor [6,25]. Terminga e’tibor qaratadigan boʻlsak, uning bir tarafi yopiq boʻlgani uchun shu nom bilan atalishiga sabab boʻlgan. Shuningdek, antromorfik metafora tarkibiga tarixiy shaxslar, adabiy qahramonlar nomlari, ertaklar, afsonalar qahramonlari nomlarini ham uchratish mumkin: Volter yuzi, Axill payi, ”Alisa mo‘jizalar mamlakatida”sindromi, Edip majmuasi. Tibbiyotda tana qismlari nomlari metafora yo‘li bilan boshqa organ nomi sifatida ham qo‘llanilgan quyidagi qorincha, oyoq, bosh, boshcha, lab, bel, tilcha kabi terminlar birikmali holatda ham ishlatiladi. Suyakning boshi,buyrak beli, yurak qorinchasi, qon tanachasi, bachadon bo‘yni, mushakning orqa qorin qismi, o‘n ikki barmoq ichak, tanglay tilchasi, miya oyoqchasi, to‘rt bosli muskul, uch boshli muskul singari terminlar buning yorqin misolidir.

2. Kiyim-kechak va ularning qismlarini anglatuvchi terminlar: miya to‘ni, miya choki, eshituv hoshiyasi, qorin burmasi, yelka kamari [3.62].

3. Kundalik hayotda ishlatiladigan ro‘zg‘or buyumlari,turli narsa-predmet nomlari metafora yo‘li bilan termin hosil qilishda ishtirok etgan:siydik pufagi, o‘t pufagi, miya o‘rog‘i, quloq saqichi, jigar tuguni, nog‘ora parda, shox parda, kalla gumbazi, suyak qavati, tish toshi, to‘r parda qadahchalari, kindik tizimchasi, buyrak kalavasi, so‘rg‘ich tolalari, nerv tolasi, tovush pardasi, buyrak to‘pi, qorin charvisi, quloq oynasi, soch kepagi, kasallik o‘chog‘i, ko‘krak qafasi, ichak so‘rg‘ichi, buyrak jomi, tasbeh donasi sindromi kabi.

4. Botanik obyektlar va ularni anglatuvchi terminlar. O‘zbek tilining tibbiy terminologiyasida botanik obyektlarni ifodalovchi qator terminlar ham ishlatiladi.Bu o‘rinda ikki xil obyekt nomlari ana shunday terminlar sifatida yuzaga kelgan: 1)ayrim o‘simlik nomlari tibbiy termin sifatida uchraydi:soch piyozchasi, miya so‘g‘oni, ta’m piyozchasi;2)o‘simlikning rivojlanish bosqichlari, ular tuzilishidagi qator qismlarning nomlari: ta’m kurtaklari, miya po‘stlog‘i, bronx daraxti, tomoq murtagi, bodomcha bez, buyrak usti bezi po‘stlog‘i, po‘stloq hujayra,ko‘z guli, nerv ildizchasi, miya poyasi ,chechak, suvchechak, olcha danagi sindromi singari.

5.Ot-ulov jabduqlarining nomlari: turk egari, lab yuganchasi, uzangicha

5.Zoomorfik metaforalar hayvonlarning nomlarini, ularning tana qismlarini va ularning mavjudligi bilan bog'liq boshqa ismlarni birlashtiradi:miya chuvalchangi, yo‘lbars yuragi, bo‘ritanglay, ot dumi, baliq tangachasi, tovuq eti, tovuq kasalligi, quyonlab, filoyoq, g‘oz terisi, eshki oyoq”asbobi, eshakyem,” “qo‘yburun”teri sili, baqacha, dengiz oti, baliq ikrasi sindromi kabi terminlar metafora yo‘li bilan kasallik va kasallik belgilari nomlari sifatida qo‘llaniladi.

6. Rang bilan bog‘liq metaforalar. Rang davolashda muhim rol o‘ynaydi. Rangni ifodalovchi so‘zni o‘z ichiga olgan terminlar aniq bir alomatni ko‘rsatadi, uni aniqlaydi. Bunday terminlar kasallikni aniqlashitirishda yordam beradi, tibbiyot xodimi kasallikni aniqlashi,unda tashxis qo‘yishida katta ahamiyat kasb etadi. Ranglar tibbiyot va uning tili rivojlanganligidan dalolat beradi. Rang bilan bog‘liq anatomik va kasallik nomlari tibbiyotda ko‘plab uchraydi. Tibbiyotda ranglarni kodlash kasalliklarning, simptomlarning, terining va boshqalarning asosiy diagnostik belgilaridan biridir. O‘zbek tili tibbiy terminologiyasida esa quyidagi rang bildiruvchi terminlarni ko‘rish mumkin:malinarang til, miyaning kulrang qobig‘i, qorason, qizilcha, sariq, sariq isitma, sariq tana, ko‘kyo‘tal, pushti rang temiratki, qorajigar, targ‘il tana, qoraqo‘tir, qora oqsoq, sariqdog‘.

7.Geografik terminlarning tibbiyotda termin sifatida qo‘llanilishi:siydik kanali, qon-tomir kanali, ko‘ruv kanali, qon orolchasi, Langergans orolchasi, suyak kanali, chov kanali, me’da kanali, tish kanali, son kanali.

Tibbiy terminlar tahlilida qin dahlizi, ko‘zning old xonasi, yurak egatlari [6 ]singari kabi nomlar ham uchraydi, ular uy qismlari hamda ekin maydoni bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalaydi.

Ba‘zi terminlar birdaniga ikki sabab bilan shu nom bilan atalishga sabab bo‘lishi mumkin, chunki u o‘z semantikasida turli xil narsalarga tegishli ikkita qiyosiy xususiyatni aks ettrigan bo‘lishi mumkin. Shu o‘rinda tibbiyotdagi Odam olmasi(Адамовое яблоко)terminini esga olish kifoya. Ushbu termin, nafaqat, shunday nom bilan, balki o‘zbek tilida kekirdak olmasi nomi bilan ham yuritiladi. Ilmiy tibbiyotda yuqoridagi nom bilan yuritiladi. Ushbu atamaning etimologiyasi Odam Atoning tomog‘iga tiqilib qolgan olma haqidagi afsonaga taqaladi. Ushbu atama shaklning o‘xshashligiga(olma shakli bilan)ham, joylashish o‘xshashligiga (Odamning tomog‘i) asoslangan va bir vaqtning o‘zida ikkita tematik guruhga - botanika va antropomorfik metaforalarga ishora qiladi[5].

Metafora til doirasi bilan cheklanib qolmaydi, chunki insonning fikrlash jarayonlarining o‘zi metafora. Metafora insonning kontseptual tizimida mavjud va tibbiy terminlarni shakllantirishning samarali usuli hisoblanadi. Metafora nominatsiyalari uni tuzish paytida terminologiyaga xos bo'lgan izchillikni saqlaydi, shuningdek, metafora modellari va metaforalarning kontseptual shartlanishiga asoslanib, ularning izchilligini terminologiyani tizimiga keltiradi. [Arutyunova 1990, 15]. Metafora nominatsiyalari umumiy qabul qilish, qulaylik kabi fazilatlarni egallashga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Арутюнова Н.Д. Метафора и дискурс// М Прогресс, 1990.5-32 с

2. Кабулжанова Г.Метафора ва унинг табиатига қараш//Ўзбек тили ва адабиёти, 2017, 2-сон

3. Мираҳмедова З. Ўзбек тилининг анатомия терминологияси ва уни тартибга солиш муаммолари –Тошкент: Фан, 2010

4. Н.Маҳмудов. Термин,сўз ва метафора// Ўзбек тили ва адабиёти,2013,4-сон

5. Озингин.М.В. Роль метафоры в структурировании и функционировании русской медицинской терминологии



6. Тўрақулов Ё. Русча-лотинча-ўзбекча тиббий терминлар луғати.Тoшкент.1996.
Yüklə 23,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin