Metall kо‘priklarda ishlatiladigan boltli parchin mixli birikmalar. Reja



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə2/4
tarix25.09.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#148033
1   2   3   4
mexanika 20

Bikr inshootlar (rom va yaxlit holdagi temir-beton buyumlar, sanoat va jamoat binolari, temir beton sinchli yirik va yaxlit qurilmali binolar va hokazo). Ushbu inshootlar uchun egilish va bukilishga oid deformatsiya havfli hisoblanadi.

  • Egiluvchan inshootlar (suv saqlovchi idishlarning ostki qismlari, temirli qurilmalar, bo‘linmalar va hokazo). Ular uchun buralish, egilish va bukilishga oid deformatsiya ma’lum qiymatdan oshib ketmasligi kifoya.

    Jamoat va sanoat binolari ustida olib borilgan ko‘plab kuzatuvlar bunday inshootlar uchun ruxsat etish mumkin bo‘lgan cho‘kishlar va poydevorlar orasidagi cho‘kishlar farqini bilish, ularda yuz beruvchi burilish, egilish va bukilishga oid deformatsiya miqdorini aniqlashga imkon beradi (4.1 - jadval).
    Shunday qilib, zamin va poydevorlarni loyihalashda nafaqat ular orasidagi o‘zaro bog‘lanishni, balki ularni ustki qurilmalar bilan bog‘liqligini ham nazarda tutish lozim.
    Bu bog‘lanishlar inshoot qurilmalari va zamin deformatsiyalari yuzaga keltiruvchi zo‘riqishlarni hisoblashga oid nazariy usullar yordamida ham amalga oshirilishi mumkin.
    Loyihalanayotgan bino va inshootlarning yuqorida keltirilgan texnik tomonlari aniqlangandan so‘ng, poydevor tag yuzasiga tushadigan yuklarni jamlashga o‘tiladi. Ushbu yuklarning yig‘indisi inshootning chizmasi bo‘yicha (yuk ko‘taruvchi devorlar, ustunlar, to‘sinlar, yopmalar va hokazo) olib boriladi. Yuklarning poydevorga ta’siri ularning eng noqulay holati shaklida qabul qilinadi, ya’ni eng noqulay ta’sir etuvchi yuklar poydevor hisobi uchun asos qilib olinadi.
    “Qurilish mezonlari va qoidalari” da mezoniy yuklar va ularning o‘zgarishini hisobga oluvchi qayta yuklanish koeffitsienti deb nomlangan miqdordan foydalaniladi. Mezoniy yuk deganda inshootning me’yorida ishlashini ta’minlovchi eng yuqori miqdorli tashqi yuk tushuniladi. Yuklarning o‘zgaruvchanligi bois ularning qiymati mezon ko‘rsatmasidan oshib ketishini hisobga oluvchi koeffitsient qayta yuklanish koeffitsienti deb nom olgan.

    Parchin mixli birikm alarni hisoblash


    Parchin mixli birikmalar ishlash sharoitiga binoan uch turga tasniflanadi: mustahkam chokli birikmalar (ko'priklar, fermalar) - birikmaning yetarli darajada mustahkam bo`lishi talab etilganda ishlatiladi. Mustahkam - jips chokli birikmalar - katta mexanikaviy kuchlar ostida
    ishlaydigan va parchin chok germetik bo`lishi talab etilgan (bug`qozonlari, avtoklavlar, katta bosim ostidagi idishlar) tuzilmalarda qo`llaniladi. Jips chokli birikmalar - birikma faqat germetik bo'lishi zarur bo'lgan hollarda (yoqilg'i, turli moylar, suv. suyuqliklami saqlash uchun ishlatiladigan idishlar) foydalaniladi.Parchin mixli birikmalarni hisoblashda tubandagi soddalashtirishlar qabul qilinadi: Yuklanish barcha parchin mixlarga teng ta’sir etadi deb qaraladi. Teshiklardagi kuchlanishlar jamlanishi e’tiborga olinmaydi. Parchin mix yonboshidagi va teshikcha devoridagi bosim baravar taqsimlangan deb olinadi. Kesuvchi kuchlanish parchin mixning ko'ndalang kesimida bir tekis, ravon taqsimlangan deb hisoblanadi. 7.3 va 7.4-rasmlarda parchin mixli birikmalarni mustahkamlikka hisoblashga doir shakllar keltirilgan.



    7.3-rasm. Parchin mixni va detallar devorini mustahkamlikka
    hisoblash tahlili

    7.4-rasm. Birikadigan varaqsimon detallarni cho'zilishga
    hisoblash tarhi
    Bitta parchin mixga keltirilgan ruxsat etiladigan yuklanish:


    Boltlar haqida ma'lumotlar. Qurilish konstruksiyalarini yig‘ishda- ajraluvchi birikmalar hosil qilishda boltlar qo‘llaniladi. Boltli birikmalar yetarli mustahkamlikka ega, ularni zarur paytda ajratish va yig‘ish mumkin. Har xil sharoitda ishlaydigan birikmalar uchun turli o‘lchamli boltlar tayyorlash murakkab emas, eng muhimi boltlarni zarur paytda almashtirish imkoniyati mavjud.


    Boltlarning o‘lchamlari standartlashtirilgan, ular qirqilish, cho‘zilish va ezilish deformatsiyasiga qarshilik ko‘rsatadi. Konstruksiyalarda o‘rnatiladigan boltlar tortib mahkamlanadi va cho‘zilish ostida ishlaydi. Metall konstruksiyalardagi boltlar oddiy va yuqori mustahkam bo‘lishi mumkin: tayyorlanishiga ko‘ra, past, normal va yuqori aniqlikda ishlab chiqariladi. Past aniqlikdagi boltlar gaykasi bilan uglerodli po‘latdan tayyorlanadi. O‘rnatish teshigi 2-3 mm katta qilib paramalash orqali hosil qilinadi. Teshik va bolt diametri orasida yetarlicha tirqish borligi boltni o‘rnatishni osonlashtiradi. Asosiy kamchilik shundan iboratki, bunday birikmalarda deformatsiya siljituvchi kuchlarga beriluvchan bo‘ladi, shuning uchun bunday birikmalar yig‘ish ishlarida (montaj) ko‘proq qo‘llaniladi.
    Normal va yuqori aniqlikdagi boltlar va ularga o‘ranatiladigan gaykalar uglerodli yoki legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi. Bunday boltlar o‘rnatiladigan teshiklarning diametri bilan bolt diametri orasidagi farq +0,3 mm dan oshmaydi va bolt zich o‘rnashadi. Birikma kam deformatsiyalanadi va siljishga yaxshi qarshilik ko‘rsatadi.

    Rasm 13.1. Bolt
    Konstruksiyalarni biriktirishda qo‘llaniladigan boltlar diametri 10, 12, 14, 16, 18, 20, 22, 24, 27, 30, 36, 42, 48 mm, uzunligi 40-200 mm ni tashkil etadi. Rezbali qismining uzunligi l0 quyidagicha tanlanadi: diametri 1014mm bo‘lgan boltlar uchun l0 2025mm, diametri 1620mm li boltlar uchun l0 2830mm, diametri 2230mm bo‘lgan boltlar uchun l03550mm.
    Yuqori mustahkam boltlar uglerodli 35 po‘latdan yoki legirlangan 40x40XFA, 30X va 38XS markali po‘latlardan tayyorlanadi va ularga issiqlik bilan ishlov beriladi. Yuqori mustahkam boltlar normal aniqlikdagi boltlar toifasiga kiradi, ular diametri kattaroq teshikka erkin o‘rnatiladi va katta kuch bilan gayka orqali tortiladi. Yuqori mustahkam bolt ishlatilgan birikmalar xar xil zo‘riqishlarga yaxshi bardosh beradi va ishonchli ishlaydi.

    Yüklə 1,15 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin