Uyumni ishlatish jarayonini boshqarish va nazorat etishni uyushtirish tadbirlari



Yüklə 65,55 Kb.
tarix21.12.2023
ölçüsü65,55 Kb.
#188816
uyumni ishlatish jarayonini boshqarish va nazorat etishni uyushtirish tadbirlari


Uyumni ishlatish jarayonini boshqarish va nazorat etishni uyushtirish tadbirlari
Neft va gaz to’plamlari regional va lokal turlarga bo’linadi. Lokal to’plamlar toifasiga neft va gaz uyumlari va konlari kiradi. Uglevodorodlarning regional to’plamlari toifasiga neftgaz to’planish zonalari, neftgazli viloyatlar va hududlar kiradi.
Neft va gaz uyumi – neft va gazning o’tkazuvchan – g’ovak va darzli kollektorlardagi alohida tabiiy to’plamidan iborat. Uyum tabiiy saqlagichning neft va gazni haydovchi kuchlar bilan unga qarshilik ko’rsatuvchi kuchlar tenglashgan qismida hosil bo’ladi. Uyumning shakli va o’lchamlari tutqichning shakli va o’lchamlariga bog’liq.
Neft va gaz koni – maydonining o’lchamlari bilan chegaralangan va Yer qobig’idagi bir yoki bir nechta tabiiy tutqichlar bilan bog’liq neft va gaz uyumlari to’plamidan iborat.
Gaz, neft va suv tutqichda o’zining zichligiga muvofiq joylashadi. Gaz eng yengil bo’lganligiga sababli tabiiy saqlagichning yuqori qismida qoplama tagida joylashadi. Pastdagi bo’shliqlarni neft va uning tagini suv egallaydi.
Neft va gaz uyumlarining elementlari. Neft va gaz uyumlarida bir nechta elementlar ajratiladi. Gaz va neft, neft va suv chegarasi yuzalari gazneft va suvneft chegarasi yuzasi deb yuritiladi. Suvneft (gazneft) chegarasi yuzasi bilan mahsuldor qatlamni ustki yuzasining kesishish chizig’i tashqi neftlilik (gazlilik) konturi deb yuritiladi. Agar chegara yuzasi gorizantal bo’lsa, neftlilik (gazlilik) konturi rejada qatlamning ustki yuzasi izogipslari bilan paralel bo’ladi. Neft – suv (gaz-neft) chegarasi qiya bo’lganda esa neftlilik (gazlilik) konturi tuzilma xaritasida qatlamni ustki yuzasi izogipslarini kesib o’tadi.
Suvneft (gazneft) chegarasi yuzasi bilan mahsuldor qatlamning ostki yuzasining kesishishidan hosil bo’lgan chiziq ichki neftlilik (gazlilik) konturi deb yuritiladi (3.7а-rasm). Massiv tabiiy saqlagichlardagi uyumlarda ichki konturlar mavjud bo’lmaydi (3.7b-rasm).
Uyum neft va gazdan iborat bo’lib, undagi neftning egallagan hajmi gazga nisbatan ancha katta bo’lsa bunday uyumlar gaz shapkali neft uyumi deb yuritiladi. Agar uyumda neft gazga nisbatan juda kam bo’lsa, u holda neft xoshiyali gaz uyumi deyiladi. Ko’pchilik hollarda yer qarida suv bilan bevosita chegaralangan gaz uyumi yoki gaz to’plami mavjud bo’lmagan neft uyumlari uchraydi.


Uyumning uzunligi, kengligi va maydoni uning ichki – tashqi neftlilik (gazlilik) konturlarini gorizontal tekislikdagi proyeksiyasiga qarab aniqlanadi.
Neft va gaz uyumlari tasnifi. Har xil turdagi neft va gaz uyumlarining tasnifini tuzish bo’yicha bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Ular orasida I.O.Brod, N.A.Eremenko, N.YU.Uspenskiy, A.A.Bakirovlar tomonidan ishlab chiqilgan tasniflar tahsinga loyiq. A.A.Bakirovning tutqichlar hosil bo’lishining ososiy xususiyatlarini hisobga olib tuzgan tasnifiga muvofiq lokal neft va gaz to’plamlarining to’rtta sinfi ajratiladi. Bular tuzilmali uyumlar, stratigrafik uyumlar, litologik uyumlar va rif uyumlari.

Tuzilmali uyumlar. Antiklinal tuzilmali uyumlar alohida antiklinalga mansub bo’lib, yer bagrida ular uzilma bilan buzilgan holda ham uchraydi. Gumbazli uyum, antiklinal tuzilmaning gumbaz qismiga joylashgan bo’lib, uzilmasiz bo’lishi mumkin, ba’zan esa uzilma o’tgan bo’lishi mumkin, hamda diapir hodisasi bo’lishi mumkin yoki loyli vulqon, tuz gumbaziga mansub bo’lishi mumkin (3.7-rasm).
Tektonik ekranlangan uyumlar aksariyat tushilma uzilma yoki ko’tarilma uzilma tufayli hosil bo’ladi va tuzilmaning gumbazi qanotida yoki pereklinal qismida joylashishi mumkin (3.8-rasm).
Kontakt oldi uyumlari mahsuldor qatlamining tuzli gumbaz yoki balchiq vulqonga tutashgan joyida hosil bo’ladi (3.9-rasm).
Monoklinallar bog’liq uyumlar aksariyat fleksura yoki tuzilmali bug’un yoki buzilma bilan bog’liq bo’ladi.

Sinklinal tuzilma uyumlari aksariyat sinklinalning qanotlarida suvsiz kollektorlarda hosil bo’ladi. Ular juda kam uchraydi (AQSh da va Hindistonda mavjuddir).

Rif uyumlari. Rifli uyumlar aksariyat bitta suv-neft chizig’iga ega bo’ladilar. O’zbekiston sharoitida (G’arbiy O’zbekistonda) ko’pgina rifli neft, gazkondensat va gaz konlari mavjud. Bu yerlarda rif massiviga jami zaxiraning 75-80 %, rif usti yotqiziqlarida, qolganlarida 20-25 % joylashgan (Sho’rtan, Kukdumaloq, Dengizkul, O’rtabuloq va boshqalar). Rus platformasi konlarida ham rif massivlari uchraydi (3.10-rasm).



Litologik turdagi uyumlar. Litologik ekranlangan uyumlar qatlamning qiyiqlanishi (tugashi) yoki o’tkazuvchi jinsning o’tkazmaydigan jins bilan almashinuvi tufayli hosil bo’ladi. Shu turda asfalt yoki bitum hosil bo’lishi natijasida qatlam bir tomonidan to’silib qolgan uyumlar ham kiradi (3.11-rasm).

Litologik chegaralangan uyumlar qadimgi daryolar o’zanida hosil bo’lishi mumkin (yengsimon uyumlar), undan tashqari dengizning qirg’oq qismida valsimon yotqiziqlarning bir qismida yoki atrofi gillar bilan o’ralib qolgan qum linzalarda hosil bo’lishi mumkin. Bunday uyumlar Farg’ona vodiysidagi neogen yotqiziqlarida ko’plab uchraydi. Ularning tasnifi va holatlarini Z.M.Mashrabov va boshqalar ko’p tahlil qilganlar (3.12-rasm).



Stratigrafik turdagi uyumlar. Stratigrafik turdagi uyumlar aksariyat kollektor qatlamlar tuzilmasining yuvilib ketishi va uning ustiga yosh tog’ jinslarini stratigrafik normuvofiqliklar bilan yotishi natijasida hosil bo’ladi. Stratigrafik sinf uyumlari antiklinal, gumbazsimon va monoklinal tuzilma-larda ham kuzatiladi (3.13-rasm).
Neft va gaz uyumlarining yuqorida keltirilgan tasnifi neft va gaz geologiyasi fanlarining hozirgi rivojlanish bosqichida Yer qobig’ining neftgazliligini bashoratlashga gidrodinamik yondoshishga asosan A.A.Abidov tomonidan to’ldirilib qayta ishlab chiqilgan

Yer qobig’ida ma’lum geologik qoidalarga asoslanib neftgazgeologik
jihatdan belgilangan hudud va akvatoriyalarda ajratilgan turli toifadagi neftgaz
to’plamlarini tarqalish xossa-xususiyatlarini ma’lum o’lkalarda, ya’ni regional
miqyosda, qonuniyatlarini esa global miqyosda o’rganishlik tadqiq etilayotgan
geologik makonda yangi neftgaz to’plamlarini ilmiy bashoratlash imkonini beradi.
Yagona prinsip asosida ma’lum hudud va akvatoriyalarda turli toifadagi
neftgaz to’plamlarini ajratishlik geologiya fanida keng qo’llaniladigan muqobillik
(analogiya) usuli asosida biron-bir kam o’rganilgan neftgaz to’plami uchun boshqa
bir mukammal tadqiq etilgan neftgaz to’plamining xossa-xususiyatlarini qo’llash
va buning asosida yangi neftgaz konlari mavjudligini ilmiy bashorat etish uchun
zamin yaratadi.
Bu borada chet ellardagi neftgaz to’plamlari chegaralarini ajratishlik,
tektonik, litologik, geodinamik jihatdan tuzilish xossa-xususiyatlarini bilishlik
talaba yoki mutaxassis uchun kelgusida o’zi ish olib boradigan hududga mos
neftgaz to’plamlarini ajratib olib, undagi xossa-xususiyatlarni o’zi ishlayotgan
hududga tadbiq etish imkonini beradi.
Neftgaz to’plamlarining turli toifalarini ajratishlik ularni faqatgina sifat
jihatdan emas, balki ularda to’plangan neft va gaz resurslarini miqdoriy baholashga
ham asos bo’lib xizmat qiladi.
Buning natijasida har bir ajratilgan neftgaz to’plamida neftgaz qidiruv va
razvedka ishlarining yo’nalishi hamda hajmini belgilash imkonini berib, yangi neft
va gaz konlarini ochishga xizmat qiladi.
Klassik neft va gaz geologiyasi fanida neftgaz to’plamlarini ajratish borasida
ikki oqim vujudga keldi.
Birinchi oqim tarafdorlari I.M.Gubkin ta’limotini mukammallashtirib,
neftgaz territoriyalarini o’rganishda tektonik jarayonlar hal qiluvchi mezon
ekanligini isbotlab berdilar. Bu yo’nalish tadqiqot qoidalari A.A.Bakirov
tomonidan mukammal ishlab chiqildi. Bunga asosan neftgazli territoriyalar
o’zlarining tektonik rivoji va tuzilishiga muvofiq bir elementlar birliklariga ajratiladi va ularning yig’indisi neftgazli territoriya va akvatoriyalarning yaxlit bir
tizimini tashkil qiladi. Yuqori birlikdan quyi birlikka tomon yaxlit bir neftgazli
territoriya yoki akvatoriya tizimi tarkibida quyidagi elementlar ajratiladi: neftgazli
provinsiya - neftgazli oblast - neftgazli rayon - neftgaz yig’iluvchi zona - neftgaz
konlari - neftgaz uyumlari.
Ikkinchi oqim tarafdorlari (K.P.Kaliskiy, I.O.Brod, N.B.Vassoevich,
I.V.Visoskiy, V.B.Olenin, B.A.Sokolov va boshqalar) ushbu neftgaz
elementlaridan farqli ravishda asosiy birlik sifatida “neftgaz havzalari” ni ajratishni
tavsiya etadilar. “Basseyn” (“havza”) yo’nalishidagi neftgazgeologik
rayonlashtirishning amaliyotga mos tushmaydigan taraflari haqida tektonik omilni
asosiy mezon sifatida ilgari surib, neftgaz provinsiya va oblastlarini ajratishni
tavsiya etgan olim A.A.Bakirov to’la-to’kis o’z asarlarida to’xtalib, shunday
yozgan: “Basseyn – bu fransuzcha [bassin] so’zidan olingan va egiklik, vanna
shaklini bildiradi, tabiatda esa biz neftgaz to’plamlarini regional ko’tarilmalarda –
gumbazsimon turlarida, anteklizalarda, megavallarda ham keng tarqalganligini
ko’ramiz. Demak, “neftgaz basseyn” larini rayonlashtirishning asosiy birligi
sifatida ajratishlik amaliyot nuqtai nazaridan neftgazgeologiya faniga mos
kelmaydi”.
Neftgazgeologik rayonlashtirish – tadqiq etilayotgan hudud yoki
akvatoriyani geotektonik tuzilishiga hamda uni tashkil qilgan cho’kindi jinslar
tarkibi va regional neftgazliligiga qarab turli tartibdagi bir-biriga bog’liq bo’lgan
bo’laklarga ajratishdir.
Ma’lum qoidalarga asosan ajratilgan bu bo’laklar neftgazgeologik
elementlar deb ataladi.
Quyida neftgazgeologik elementlarning prof. A.A.Bakirov tavsiya etgan
tushunchalarini keltiramiz.
Neftgaz provinsiyasi (NGP) – geologik tuzilishi va shakllanish tarixi,
shuningdek neftgazning stratigrafik kengligi jihatidan umumiyligi bilan
farqlanadigan turli geotuzilmalardan tarkib topgan yaxlit bir geologik hudud.
Neftgaz oblasti (NGO) – geologik tuzilishi, rivojlanish tarixi va har bir
geologik davr mobaynida neftgaz hosil bo’lishi va yig’ilishida o’tmish (paleo)
geografik va tektonik sharoitlarning umumiyligi bilan farqlanadigan yaxlit bir yirik
geotuzilma tarkibidagi hududdir.
Neftgaz rayoni (NGR) – neftgaz oblastining bir bo’lagi bo’lib,
geotuzilmalarning xossa va xususiyatlariga qarab ajratiladigan u yoki bu neftgaz
to’planuvchi zonalarning yig’indisidan iborat bo’ladi.
Neftgaz yig’iluvchi zonalar – geologik jihatdan o’xshash, bir-biri bilan
genetik jihatdan bog’liq va yondosh, bir guruhga mansub tutqichlardagi konlarning
yig’indisidir.
Neftgaz konlari – bir kichik mahalliy maydonda joylashgan bir yoki bir
necha tutqichlardagi neftgaz uyumlarining yig’indisidir.
Neftgaz uyumlari – bir yoki bir necha qatlamlarda umumiy neft-gaz-suv
yoki neft-suv chegarasi bilan nazorat qilib turiladigan yagona to’plam.
Neftgaz provinsiyalari uyushmasi – geologik jihatdan yagona bo’lgan va bir
yoshda yoki rivojlanish tarixi jinsan bog’liq platforma hududida ajratilgan barcha
neftgaz provinsiyalarining yig’indisi.
Neftgaz provinsiyalari kamari (tasmasi) – geologik jihatdan yagona bo’lgan
va bir yoshdagi burmachanlik hududida ajratilgan neftgaz provinsiyalari yig’indisi.
Yuqorida keltirilgan qonun-qoidalar va tushunchalar asosida Yer kurrasidagi
har bir litosfera plitasining turli geosinklinallari va platformalaridagi ikkinchi
darajali geotuzilmalar tahlil etib chiqildi. Bunda ularning cho’kindi jins
yotqiziqlarida neftgaz bo’ylama kesim bo’yicha qanday tarqalgani mufassal
o’rganib chiqildi. Buning natijasida neftgazning aniqlangan va bashorat etilayotgan
stratigrafik kengligini har bir ikkinchi darajali geotuzilmalarda aniqlandi. Natijada,
platformalar, geosinklinallar, o’tish hududlarida neftgaz oblastlarini ajratish
imkoni tug’ildi. Shu yo’l bilan kurramiz litosfera plitalarida 500 dan ziyod neftgaz
oblastlari (shu jumladan bashorat etilayotganlari) chegaralab chiqildi va o’rganildi.
Turli yoshdagi platforma va geosinklinallarning har qaysisida neftgazning bir xil yoki yaqin stratigrafik kengligi bilan tavsiflanadigan neftgaz oblastlari provinsiyalarga biriktirildi.
Shu yo’l bilan muallif xaritasiga muvofiq Yer kurrasida 500 dan ziyod neftgaz oblastlarini birlashtiruvchi yuzdan ortiq neftgaz provinsiyalari chegaralanib chiqildi. Neftgaz provinsiyalari neftgazning aniqlangan va bashorat etilayotgan stratigrafik kengligi jihatidan yetti turga bo’linadi: yuqori proterozoy-paleozoy, paleozoy, paleozoy-mezozoy, mezozoy, mezozoy-kaynozoy, kaynozoy va paleozoy-mezozoy-kaynozoy.
Shunday qilib, neftgaz hududlari va akvatoriyalari klassik prinsiplar asosida so’nggi ma’lumotlarga tayanib qaytadan o’rganilgan va Dunyo litosfera plitalari birinchi marotaba neftgazgeologik jihatdan rayonlashtirib chiqilgan.
Neft va gazga geologik-qidiruv ishlari (GQI) yer qa’rini o’rganish, neft va
gaz uyumlarini (konlarini) ochish, geologik-iqtisodiy baholash va ishlatishga
tayyorlash maqsadida ma’lum ketma-ketlikda bajariladigan geologik, geofizik,
geokimyoviy, burg’ilash va boshqa ishlar hamda ilmiy tadqiqotlar majmuasini
o’zida namoyon qiladi. Bu ishlarning natijalari bo’yicha avval cho’kindi
basseynlardagi o’rganiladigan obyektlarning grafik modellari (geologik kesimlar,
turli maqsadlardagi xaritalar) tuziladi, so’ngra shu tuzilmalar asosida ularning
neftgazlilik istiqbollari, konni ochish baholanadi va ularni ishlatish loyihalanadi.
Geologik-qidiruv ishlari ikkita xususiyati bilan xarakterlanadi: tashkiliytexnik va metodik. Birinchisi tashkiliy ishlarni, ularni amalga oshirishning
iqtisodiy va huquqiy sharoitlari hamda zaruriy texnik vositalarini o’z ichiga oladi.
Metodik tomoni izlov-qidiruv ishlari va qidiruv-ishlatish ishlarini o’tkazish
jarayonida foydalaniladigan prinsiplar, usullar va empirik qoidalar majmuasini
o’zida namoyon qiladi.
Boshlang’ich ma’lumotlarning aniqlanmaganligi, olinadigan natijalarning
bir xil emasligi, izlov-qidiruv jarayonini rasmiylashtirish va modellashtirishning
mushkulligi shunga olib keladiki, ishlarni amalga oshirish nazariy bilimlar va
geologik-qidiruv ishlari tajribasi asosida ishlab chiqilgan ma’lum prinsiplar bilan
boshqariladi, bu ularni o’tkazishning metodik asosi hisoblanadi.
Geologik-qidiruv ishlarining asosiy prinsiplari quyidagilar hisoblanadi:
- kon va alohida uyumlarni maydon va kesim bo’yicha tadqiqot qilishning
har doim texnik imkoniyatlar va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi bilan
chegaralanadigan ratsional to’liqligi;
- yangi geologik axborotlarni olishni hisobga olgan holda davrlar va
bosqichlar bo’yicha konni (uyumni) o’rganishda yaqinlashuvning ketma-ketligi;
- konni (uyumni) o’rganishda nisbatan bir tekislilik, ya’ni ularning ishonchli
geologik modelini faqatgina obyekt maydon bo’yicha va uyumning hajmi bo’yicha
bir tekis o’rganilganda olish mumkin;
- ishchi va material xarajatlarning muvofiqligi, ya’ni uyumni “to’liq
qidirmaslikka” va “qayta qidirishga” yo’l qo’ymaslik, bu bir tomondan ishlatishda
yuqotishlarni, ikkinchi tomondan esa ortiqcha quduqlarni burg’ilashga xarajatlarni
keltirib chiqaradi.
- kam vaqt sarflash, ya’ni neft va gazga geologik-qidiruv ishlarini qisqa
muddatda o’tkazish.
Geologik-qidiruv ishlarining metodikasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1) geologik kuzatishlar sistemasini yaratish (turli xil suratga olishlar,
kesimlar, quduqlarni joylashtirish sistemasi, turli xil reja xaritalari va boshq.);
2) geologik-geofizik axborot olish usullari (o’lchashlar o’tkazish,
parametrlarni qayd qilish);
3) turli rejali axborotlarni qayta ishlash usullari;
4) ma’lumotlarni interpritasiya qilish usullari va o’rganiladigan obyektning
geologik modelini tuzish.
Geologik axborotlar olinish uslubiga ko’ra to’g’ridan-to’g’ri (bevosita),
bilvosita va faktlarga asoslanmagan turlarga ajratiladi.
To’g’ridan-to’g’ri axborot bevosita geologik obyektni tavsiflaydi (jins
namunalari, kern, shlam, flyuidlar namunalari va boshqalar);
Bilvosita axborot geologik obyektning ba’zi xossalarini tavsiflaydi,
to’g’ridan-to’g’ri axborotlar bilan o’rnatilgan aloqalardan foydalanib obyektning
real belgilarini aniqlashi mumkin (masalan, fizik va geokimyoviy belgilari
bo’yicha anomaliyalar, kollektorning g’ovakligi va boshq.);
Faktlarga asoslanmagan axborot nazariy bilimlar va neft va gazga GQI
amaliyotini umumlashtirish asosida cho’kindi havzalar va uning lokal
obyektlarining geologik tuzilishi qonuniyatlarini aniqlash imkonini beradi.
Yüklə 65,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin