“Металл қуйиш усуллари” мавзусини



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/34
tarix24.11.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#70369
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
“Металл уйиш усуллари” мавзусини

Quyma olish usullari-Quymalar ishlab chiqarishning usullari jumlasiga 
suyuqlanuvchan modellarga quyish, qobiq keramik qoliplarga quyish, kokillarga 
quyish, bosim ostida quyish, markazdan qochirma usulda quyish usullari kiradi. Bu 
usullarning barchasi yuqori aniqlikdagi, sirtdagi g‟adir-budirliklar ham, keyingi 
ishlov berishgacha qoldiriladigan quyimlari minimal (ba‟zan quyimi butunlay yuq), 
eksplautsion xossalari yuqori bo‟lgan quymalar olish imkonini beradi.
Suyuqlanuvchan modellarga quyish. Bunday usulda quyishning mohiyati 
quyidagilardan iborat: ajralmaydigan suyuqlanuvchan modeldan foydalaniladi, u 
qotuvchan suyuq qolip aralashmasi bilan qoplanadi va shunday qilib ajralmaydigan 
keramik qobiq tayyorlanadi; suyultirilgan metallni quyishdan oldin model 
suyuqlantirish yoki kuydirish yo‟li bilan qolipdan olib tashlanadi; ba‟zan qolip 
yuqori haroratgacha qizdiriladi, buning natijasida model qoldiqlari yuqotiladi, qolip 
mustahkamlanadi va uning suyultirilgan metall bilan tuldirilishi yaxshilanadi. 
Model suyuqlanish harorati past bo‟lgan mum, stearin, parafin kabi materiallardan 
yoki yonganda qattiq qoldiqlar qoldirmaydigan polistiroldan metall press-qolipda 
tayyorlanadi. Qobiq qolip hosil qilish uchun model yoki modellar bloki changsimon 
material (kvars, elektr-korund) va bog‟lovchi modda (etilsilikat)dan tashkil topgan 
suspenziyaga bir necha marta botirib olinadi. Suyultirilgan metallni quyishdan oldin 
qolip konteynerga joylanadi va qolip bo‟zilib ketmasligi uchun konteyner tayanch 
bo‟la oladigan material bilan to‟ldiriladi. 
Bu usulda olingan quymalar o‟lchamlarining aniqligi 10-12-kvalitetga mos 
keladi, sirtining g‟adir-budirligi R
a
=2,5 mkm dan oshmaydi. 
Kokillarga qiyush. Kokil metall qolipdan iborat bo‟lib, u gravitatsion kuchlar 
(og‟irlik kuchi) ta‟siri ostida suyultirilgan metall bilan to‟ldiriladi. Bir marta 
ishlatish uchun mo‟ljallangan gil-qum yoki suyuqlanuvchan modelli qobiq 
qoliplardan farqli ravishda kokillardan bir necha marta foydalanish mumkin. Odatda, 
kokil ikki bo‟lakdan iborat bo‟lib, uni bertikal yoki gorizantal tekisliklar bo‟yicha 
ajratish mumkin. Kulrang cho‟yan kokil tayyorlash uchun eng yaxhi materiall 
hisoblanadi, chunki u metall qokiplar uchun qo‟yiladigan asosiy talablarga javob 
beradi, chunonchi termik toliqishga chidamli, olovbardosh va qiyshayishga 


34 
qarshiligi katta. Kamdan-kam holda kokillar po‟lat va rangli metallardan 
tayyorlanadi. 
Quymalarda ichki bo‟shliqlar (teshiklar) hosil qilishi uchun У7, У8, У10 va 
30X

CA markali po‟latdan yasalgan metall va gil-qum sterjenlardan 
foydalananiladi. Suyultirilgan metall quyishdan oldin kokilning ish sirti issiqlikni 
izolyatsiya qiluvchi maxsus bo‟yoq qatlami bilan qoplanadi va kokil qizdiriladi. 
Kokilga quyishdan yirik seriyali v ko‟plabishlab chiqarishda foydaniladi. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin