37
Amalda mis quymalar olishda, ko‟pincha bir stoyakli ko‟p oziqlantirgichlar
orqali bog‟langan bir necha qolip tayyorlanadi. Metallartning qolipga tekis va ravon
kirishini ta‟minlash uchun ilonizi ko‟rinishidagi, pog‟onali stoyaklardan
foydalaniladi. Qolipga metallarning ravon to‟lishini yaxshilash maqsadida
viporlardan foydalaniladi.
Alyuminiy qotishmalarining nisbatan puxtaligi quyma xossalarining yaxshiligi,
yaxshi kesib ishlanishi, korraziyabardoshligi, ko‟pchiligi yaxshi termik ishlanishi
kabi o‟ziga xos xususiyatlarga egaligi uchun ulardan quyma detallar, jumladan,
dvigatellar golovkalari, shatunlar, porshenlar olinadi.
Alyuminiy qotishmalarining mexanikaviy xossalari ularning kimyoviy
tarkibiga va strukturasiga bog‟liq. Quymalar olishda aluminiyning kremniyli,
magniyli, misli, mis-kremniyli va murakkab tarkibli qotishmalaridan foydalaniladi.
Quymalar, asosan, bosim ostida doimiy metall qoliplarga qolip materiallardan
tayyorlangan qoliplarga quyish yo‟li bilan olinadi.
Yukoridagi operatsiyalar kulda tayyorlanadi. Keng tarkalgani 2 opokli ikki
kismdan iborat koliplar. Buni asosan yukorida kurib utdik. Bu usul xisoblanmaydi.
Lekin 1ta maxsulot chikarganda, kuymaning xarakteriga karab, iktisodiy
kursatgichlarga karab kullanishi mumkin:
Dostları ilə paylaş: