“Металл қуйиш усуллари” мавзусини


Kristall jismlarning xossalari



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/47
tarix19.04.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#55763
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47
“Ìåòàëë óéèø óñóëëàðè” ìàâçóñèíè

Kristall jismlarning xossalari 

  

Konstruksion  materiallarning  xossalari  xilma-xil  bo„lib,  ularni  fizikaviy, 



kimyoviy, mexanikaviy va texnologik xossalarga ajratilish qabul qilingan.   


 

16 


  

a)  Metallarning  fizik  xossalariga  ularning  rangi,  zichligi,  issiqlik 

o„tkazuvchanligi,  suyuqlanish  harorati,  issiqdan  kengayuvchanligi,  issiqlik  sig„imi, 

elektr o„tkazuvchanligi, magnit xossalari kiradi. 

  

Rangi  deb,  metallning  unga  tushgan  yorug„lik  nurlarini  qaytara  olish 



xususiyatiga aytiladi. Masalan, mis qizg„ish ranglarni, alyuminniy kumushsimon oq 

ranglarni qaytaradi.  

  

Zichligi hajm birligida to„plangan massa bilan xarakterlanadi.   



  

Suyuqlanish  -  qattiq  holatdan  suyuq  holatga  o„tish  jarayonidar.  Temirning 

suyuqlanish harorati 1539 0S, qalayniki 232 0S, misniki 1083 0S.  

  

Issiqlik  o„tkazuvchanligi,  bu  metallarning  issiqlikni  yutib,  sovitilganda  uni 



qaytarish xususiyatidir. 

  

Issiqdan 



kengayuvchanligi, 

bu 


qizdirganda 

metallarning 

kengayib, 

sovitilganda qisqarish xosasidir.  

  

Metallning  issiqlik  sig„imi  deb,  qizdirilganda  ma‟lum  miqdordagi  issiqlikni 



yutish xususiyatiga aytiladi.  

  

Metallning o„zidan elektr toki o„tkazish xususiyatiga elektr o„tkazuvchanligi 



deyiladi.  

  

b)  Metallarning  kimyoviy  xossalari.  Metall  va  qotishmalarning  kimyoviy 



xossalari,  bu  ularning  oksidlanishga,  tashqi  muhit,  havo,  namlik,  kislota  va 

boshqalarning  ta‟siridan  yemirilishiga  qarshi  to„ra  olishi  xossalaridir.  Aytib 

o„tilgan omillar ta‟siridan kimyoviy yemirilishga metallarning korroziyasi deyiladi.  

  

Korroziya 2 turga bo„linadi: kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya.  



  

Kimyoviy  korroziya  elektr  toki  o„tmaydigan  muhitga,  masalan,  quruq  gaz, 

benzinda  ro„y  beradi.  Dvigatellar  chiqarish  klapanlarining,  termik  ishlov  berish 

pechlari ichki armaturasining oksidlanishi shunday korroziya hisoblanadi.   

  

Elektrokimyoviy  korroziya  tok  o„tkazuvchi  muhitning  (namlik,  nam  havo, 



kislotalar,  ishqorlar,  .  .  .)  metallga  ta‟siri  oqibatida  yuz  beradi.  Metall  va 

qotishmaning tarkibi bir xil emasligi tufayli bunday korroziya hosil bo„ladi. Metall 

va  qotishmalardan  foydalanish  vaqtida  ularning  qo„llanilish  sohasi  va  ishlash 

muhitiga  bog„liq  ravishda  ularning  kimyoviy  tarkibini  et‟iborga  olish  zarur, 




 

17 


shuningdek, korroziyaga qarshi tegishli choralarni ko„rish (laklar, buyoqlar, oksid 

pardalar bilan qoplash) lozim bo„ladi.  

  

v)  Mexanikaviy  xossalari.  Metall  va  qotishmalarning  tashqi  kuchlari 



ta‟siriga qarshilik ko„rsata olish xususiyati ularning mexanikaviy xossasi deyiladi. 

Metallning  asosiy  mexanikaviy  xossalariga  uning  mustahkamligi,  plastikligi, 

elastikligi,  qattiqligi,  zarbiy  qovushoqligi  kiradi.  Amalda  materiallarning  bu 

mexanikaviy xossalari GOST asosida sinab aniqlanadi.  

  

Mustahkamlik - metallning  kuchlar ta‟siri ostida  yemirilishga  yoki qoldiq 



deformatsiya paydo bo„lishiga qarshilik ko„rsatish  xususiyatidir.  

  

Qattiqlik 



–  metallning  o„zidan  qattiqroq  jism  ta‟siridan  sirtqi 

deformatsiyalanishga  qarshilik  ko„rsatish xususiyatidir.  

  

Elastiklik  -  metallning  kuch  ta‟siri  to„xtatilgach, o„zining dastlabki  shaklini  



tiklash xossasidir.   

  

Zarbiy  qovushoqlik  –  metallning  dinamik  yuklanishlar  (nagruzkalar) 



ta‟siridan yemirilishga qarshilik ko„rsatish xossasidir.  

  

g)  Texnologik  xossalari.  Materiallarning  sovuqlayin  yoki  qizdirilgan  holda 



turli  texnologik  ishlovlar  (quyish,  bolg„alash,  payvandlash,  kesib  ishlash)  ga 

moyilligi, ularning  texnologik xossalari deyiladi.    

  

Payvandlanuvchanlik  deb,  payvanlanadigan  sirtlarning  plastik  yoki  suyuq  



holatgacha  qizib,  ajralmas  mustahkam  birikmalar  hosil  qila  olish  xususiyatiga 

aytiladi.  

  

Bolg„alanuvchanlik deb, metallning bosim ostiga bolg„alanib va prokatlanib 



ishlanuvchanlik  xossasiga,  ya‟ni  qizdirilgan  holatga  yoki  sovuqlayin  zarb  yoki 

bosim ta‟sirida kerakli shaklga kirish xususiyatiga aytiladi.  

  

Ishlanuvchanlik  deb,  metallning  kesib  ishlov  berish  mumkinlik  xossasiga 



aytiladi.  

  

Bundan  tashqari  metallarning  bukuluvchanligi,  takror  bukuluvchanligi  kabi 



xossalari ham mavjud va ular maxsus sinash usullari orqali aniqlanadi. 

 

 




 

18 



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin