Markazdan qochirma usulida quyish. Bu usulda suyuqlantirilgan metall ma‟lum
tezlik bilan aylanadigan qoliplarga quyiladi: qolip quymaning butun kristallanish
jarayonida aylanib turadi. Bunda metall markazdan qochirma kuch bilan qolip
devorlariga siqiladi va mustahkamligi yuqori, zich quymalar olinadi.
Aylanish gorizontal va vertikal atrofida bo‟lishi mumkin. Ikkala holda ham
aylanish o‟qi quymaning o‟qiga mos tushadi; quyma devorining qalinligi esa
quyiladigan metall miqdoriga bo‟g‟liq.
Bu usul bilan trubalar, silindr shaklidagi vtulkalar, g‟ildiraklar, shkivlar, otish
qurollarining stvollari va boshqa detallar tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: |