Qobiq qoliplarga quyish. Yirik seriyalab va ko‟plab ishlab chiqarishda yuqori
aniqlakdagi (12-15 kvalitetlardagi) shakldor mayda va o‟rta muhim quymalar metal
modellar yordamida tayyorlanadigan qobiq yarim-qoliplrga quyiladi. Bunda qolip
aralashmasi mayda kvars, magnezit yoki sirkoniy qumidan (92-95%) va
termoreaktiv fenol-formaldegidli smola (5-8%) dan tashkil topadi.
Bu usulda olingan quyma yirik donli strukturaga ega bo‟ladi, shu sababli
kerakli mexanik xossalar olish uchun quymaga qushimcha termik ishlov beriladi.
Dostları ilə paylaş: |