“Металл қуйиш усуллари” мавзусини


III. BOB  “METALL QUYISH USULLARI” MAVZUSINI O„QITISHDA



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/47
tarix19.04.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#55763
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47
“Ìåòàëë óéèø óñóëëàðè” ìàâçóñèíè

III. BOB  “METALL QUYISH USULLARI” MAVZUSINI O„QITISHDA 

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN  FOYDALANISH 

 

III.1“AQLIY HUJUM” METODI ASOSIDA “METALL QUYISH 

USULLARI”  MAVZUSINI O„QITISH TEXNOLOGIYASI 

 

 

O„quv  jarayoniga  ta‟lim  texnologiyalarini  joriy  etishning  dolzarbligi.  «Kadrlar 

tayyorlash milliy dasturida» ta‟lim tizimiga ilg„or pedagogik texnologiyalarni joriy 

qilish va o„zlashtirish zarurligi ko„p karra takrorlanadi. Pedagogik texnologiyalarni 

o„zi nima va u an‟anaviy ta‟limdan nimasi bilan farq qiladi? 

Hozirgi  kunda  pedagogik  adabiyotlar,  ta‟lim  muammolariga  oid  ma‟ruzalar, 

rasmiy  hujjatlarda  «Yangi  pedagogik  texnologiya»,  «Ilg„or  pedagogik 

texnologiya»,  «Progressiv  pedagogik  texnologiya»,  «Zamonaviy  ta‟lim 

texnologiyasi»  iboralari  keng  qo„llanilmoqda.  Ammo  «Pedagogik  texnologiya» 

tushunchasi hali ham bir qolipga tushurilmagan, ensiklopediyalarda izohlanganicha 

yo„k,  uning  mazmunini  yagona  talqini  ishlab  chiqilmagan  va  shuning  uchun 

iboraning bir-biridan farqlanuchi ko„pgina ta‟riflari mavjud. 

Respublikamizning  pedagogik  olim  va  amaliyotchilari  ilmiy  asoslangan  hamda 

O„zbekistonning  ijtimoiy-pedagogik  sharoitiga  moslashgan  umumiy  o„rta       

ta‟lim  muassasalari  uchun  maxsus  ta‟lim  texnologiyalarnini  yaratish  va  ularni  

kasb-hunar  kollejlarida  qo„llashga  intilmoqdalar.  Bu  yerda,  nima  uchun  bugungi 

kunda pedagogik texnologiyalarning milliy nazariy asosini yaratish va amaliyotga 

tadbiq  etish  zarurati  tug„ildi,  degan  savol  paydo  bo„lishi  mumkin.  Jamiyatimizga 

qanchadan-qancha bilimli kadrlarni va yuqori malakali olimlarni yetishtirib kelgan  

pedagogika uslublari mavjudku, ularning eskirib, talabga javob bermay qolgan va 

mafkuralashtirilgan joylarini o„zgartirib, milliy tus berib, foydalansa bo„lmaydimi? 

–  degan  mulohazalar  ham  yo„q  emas.  O„zbekistonning  shu  kundagi  pedagogik 

jamoatchiligining  aksariyati,  aynan  mana  shu  yo„ldan  bormoqda.  Bu  yo„l 

ilojsizlikdan  izlab  topilgan  bo„lib,  qisqa  muddat  xizmat  qilishi  mumkin. 

Mustaqillikni qo„lga kiritgan va buyuk kelajak sari intilayotgan jamiyatga bu yo„l 

uzoq xizmat qilolmaydi. Chunki: 



 

43 


birinchidan,  ma‟lum  sabablarga  ko„ra  jahon  hamjamiyati  taraqqiyotiga  mos 

ravishda  taraqqiy  etgan  mamlakatlar  qatoridan  o„rin  olishimiz  uchun,  umumiy 

o„rta  maxsus  ta‟limni  jadallashtirish  va  samaradorligini  oshirish  maqsadida  eng 

ilg„or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi; 

ikkinchidan,  an‟anaviy  o„qitish  tizimi  yozma  va  og„zaki  so„zlarga  tayanib  ish 

ko„rishi tufayli «axborotli o„qitish» sifatida tavsiflanib, o„qituvchi faoliyati birgina 

o„quv    jarayonining  tashkilotchisi  sifatida  emas,  balki  nufuzli  bilimlar  manbaiga 

aylanib qolganligi; 

uchinchidan,  fan-texnika  taraqqiyotining  o„ta  rivojlanganligini  natijasida 

axborotlarning keskin ko„payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun 

vaqtning chegaralanganligi; 

to„rtinchidan, kishilik jamiyati o„z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy 

va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo„lgan, 

aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o„tib borayotganligi; 

 beshinchidan,  yoshlarni  hayotga  mukammal  tayyorlash  talabi  ularga  eng  ilg„or 

bilim  berish  usuli  hisoblangan  obyektiv  borliqqa  tizimli  yondashuv  tamoyilidan 

foydalanishni talab qilishidadir. 

  Kasb-hunar  kollejlarida  mutaxassislik  fanlarini  o„qitish  jarayonida  ta‟lim  

texnologiyasining  yuqorida  sanab  o„tilgan  beshta  sababiy  shartlarini  mavjud 

bo„lishi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bu  zaruriyat,  shu  vaqtgacha  tahsil  oluvchilar  yopiq  tafakkur  paradigma  (namuna, 

misol) lari asosida o„qitilganligi, ularda o„zgacha nuqtai nazarni tan olmasliq, faqat 

o„z  fikrini  to„g„ri  deb  bilish  shakllantirilganligidandir.  Bu  hol  har  qanday 

taraqqiyotga  g„ov  bo„lib,  shu  paradigmada  yurgan  kishilarni  inqiroz  sari 

yetaklaydi. 

Jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib, iqtisodiy va siyosiy mavqei kundan-kunga 

ortib bormoqda. Ammo ijtimoiy sohada va ayniqsa, ta‟lim-tarbiyada depsinish va 

umumiy  taraqqiyotdan  orqada  qolish  sezilmoqda.  Bunday  noxush  vaziyatdan 

chiqib  ketish  yo„llaridan  biri  ta‟lim-tarbiya  jarayonini  qabul  qilingan  davlat 

standartlari asosida texnologiyalashtirishdir. 




 

44 


Ta‟lim  jarayonini,  unga  mukammallik,  aniqlik,  yo„lga  solinganlik,  tartiblilik, 

ravonlik,  vazminlik  alomatlarini  berish  orqali  samaradorligini  oshirish  va 

muqobillashtirish  yo„llarini  izlash  pedagogika  sohasida  doimo  tadqiqot  olib 

borilgan. 

Didaktikaning asoschisi Yan Amos Komenskiy o„n yettinchi asrdayoq ta‟limning 

«vaqt,  fanlar  va  uslublarni  mohirona    taqsimlashdan»  boshqa  narsani  talab 

qilmaydigan tartibini topishga harakat qilgan edi. Komenskiyning fikricha, idealda 

o„qitishning  yagona  mukammal  uslubi  topilsa,  «hamma  narsa  toshlari  to„g„ri 

muvozanatlangan  soatdek  aniq,  faqat  ana  shunday  mahorat  bilan  yaratilgan 

asbobda erishish mumkin bo„lgan bexatolik bilan ilgarilaydi». 

Zamonaviy pedagogikada ham, ta‟limni shunday modellari, unga nisbatan shunday 

yondashuvlar  ishlanmoqdaki,  ular  ta‟limga,  ishlab  chiqarish-texnologik  jarayon, 

ma‟lum  sharoitlarda  va  belgilangan  vaqt  ichida  ko„zlangan  ta‟lim  maqsadlariga 

erishishni kafolatlaydigan xarakterni berish imkoniyatini yaratadi. 

T.S.Nazarovaning  qayd  etishicha  pedagogik  texnologiya  70-yillarning  boshlarida 

AQShda  yuzaga  kelgan  bo„lib,  uning  asoschilari  taniqli  olimlar  B.Blum, 

D.Kratvol, N.Gronlund, J.Keroll, J.Blok, L.Anderson va   boshqalardir. 

Pedagogik  texnologiya  oqimi  deyarli  barcha  rivojlangan  mamlakatlarga  tez 

tarqaldi,  YUNESKO  kabi  nufuzli  tashkilot  tomonidan  tan  olindi  va  qo„llab-

quvvatlandi  va  hozirgi  kunda  ko„pgina  mamlakatlarda  muvaffaqiyatli 

o„zlashtirilmoqda, qo„llanilmokda. 

Ko„pgina  mamlakatlar  pedagogik  texnologiyadan  foydalanib,  o„quvchilar 

o„zlashtirishini oshirishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdilar. Masalan, Janubiy 

Koreyada  pedagogik  texnologiya  bo„yicha  tajriba-sinov  tarzida  o„qiyotgan  50 

ming  boladan  75  foizda  an‟anaviy  o„qitishda  faqat  eng  yaxshi  o„quvchilar 

erishadigan natijalar qo„lga kiritilgan. 

Ta‟limni 

texnologiyalashtirishning 

asosini, 

ta‟lim 


jarayonini, 

uning 


samaradorligini oshirish va ta‟lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan 

vaqt  ichida  loyihalashtirilayotgan  o„quv  natijalarga  erishishlarini  kafolatlash 

maqsadida to„liq boshqarish g„oyasi tashkil etadi. 



 

45 


Bunday  yondoshishning  mohiyati,  ta‟lim  jarayonini  tizimlashtirishdan  –uni,  aniq 

rasmiylashtirilgan  va  detallari  bo„yicha  aniq  elementlarga  bo„lib  tashlash 

yordamida maksimal shakllashtirishdan iborat. 

Ta‟lim  texnologiyasining  predmeti  ta‟lim  tizimini  konseptual  asoslariga  dalil 

keltirishdan,  maqsadlarni  qo„yishdan,  natijalarni  shakllantirishdan,  o„quv 

materialini tanlash va strukturalashtirishdan, ta‟lim modelini tanlashdan, to ularni 

amalga 

oshirishgacha, 

ularning 

optimallik 

va 

samaradorlik 



darajasini 

baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topgan. 

Bizda  ta‟lim  nazariyasi  va  amaliyotida,  o„quv  jarayoniga  texnologik  xarakterni 

kiritish  50-yillardan  boshlangan.  Ular,  ana‟anaviy  o„qitish  uchun  texnik  vositalar 

majmuasini  yaratishda  o„z  ifodasini  topgan.  Hozirgi  vaqtda,  pedagogik 

texnologiyaga oddiygina «o„qitishning texnik vositalaridan yoki kompyuterlardan 

foydalanish sohasidagi tadqiqotlar sifatida qaralmaydi: bu, o„qitish samaradorligini 

oshiruvchi  omillarni  tahlil  qilish  va  qo„llash  yo„li  bilan  hamda  qo„llanilayotgan 

usullarni  baholash  vositasida  ta‟lim  jarayonining  tamoyillarini  aniqlash  va 

optimallashtirish  usullarini  ishlab  chiqish  maqsadidagi  tadqiqotlardir». 

(Mejdunarodniy  yejegodnik  po  texnologii  obrazovaniya  i  obucheniya,  1978-79, 

London, Nyu-York, 1978 S.258. (ingliz tilida). 

V.P.Bespalko  bo„yicha,  barcha  ta‟lim  va  tarbiya  ishlarini  pedagogik  texnologiya 

yo„liga  o„tkazish  o„quv  amaliyotini,  pedagogik  jarayonni  qurish  va  amalga 

oshirishda  ixtiyoriylikdan,  uning  har  bir  elementini  va  bosqichini  tartibli 

asoslashga,  obyektiv  tashhis  qilinadigan  yakuniy  natijaga  intilishiga  keskin 

ravishda burilishini ifodalaydi. 

Ma‟rifatli  va  rivojlangan  mamlakatlarda  muvaffaqiyat  bilan  qo„llanilib 

kelinayotgan  ta‟lim  texnologiyalarini  o„rganib,  xalqimizning  milliy  pedagogika 

an‟analaridan hamda ta‟lim sohasining shu kundagi holatidan kelib chiqqan holda 

O„zbekistonning  milliy  ta‟lim  texnologiyasini  yaratish  lozim  va  kasb-xunar 

kollejlarida  mutaxassislik  fanlarini  shiitish  jarayonida  kullash  orkali  malakali 

kichik mutaxassislar tayyorlash tizimini ishlab chikish maksadga muvofikdir. 

 



 

46 



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin