47
2.O„quvchi uchun vosita darslik, o„quv qo„llanma yoki o„qituvchining
ma‟ruza matnlar jadvallar yo„l-yo„riq xaritalar, topshiriq kartochkalar va
hokazolar.
3.Dars o„tkazish uchun plakatlar, diagrammalar, modellar, maketlar etalonlar,
namoyish qilish jihozlari labaratoriya amaliy ishlarni o„tkazish uchun jihozlar,
audiovizual vositalar, dialm, videoyozuvlar, diopozitivlar.
Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir-birini to„ldirishi ya‟ni
uyg„unlashuvi kerak.
Chop etilgan o„quv materiallarga ta‟lim oluvchilarga mustaqil ishlashga va
ularning faollashuviga ko„maklashadi. Ularga: tarqatma materiallar, ishchi
varaqalari, nazorat (test) varaqalari, matnlar, o„quv qo„llanmalari va shu kabilar
kiradi.
Sinf doskasi- o„quv materialini vizual namoyish qilishning ananaviy va qulay
vositasidir. Undan o„quv materialining asosiy tayanch nuqtalarini belgilashda, yoki
biror narsani tez yozish lozim bo„lganda foydalanish juda qulaydir. Bundan
tashqari sinf doskasi ta‟lim muassasasining har bir o„quv xonasida mavjuddir.
Kamchiligi: yangi materialni tushuntirish uchun doskada yozilganlarni
o„chirishga to„g„ri keladi va avval yozilganlarni qayta ko„rsatish imkoni
bo„lmaydi. Bundan tashqari o„qituvchi doskaga yozayotganda tahsil oluvchilarga
nisbatan teskari holatda bo„ladi va uni eshitish qiyin bo„ladi.
Doska-stend – mashg„ulotlarda o„quv munozaralari, aqliy hujum, guruh
ishlari va boshqa muhokamalar natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan
o„qitishning texnika vositasidir. Bunda stendga o„sha kattalikdagi qog„oz qo„yiladi
va unga turli rangdagi hamda shakldagi kartochkalar yopishtiiladi. Trening vaqtida
stendda mazkur kartochkalar yordamida sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va shu
kabilarni tuzish mumkin.
Doska-stendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar (sxemalar, tuzilmalar,
sharhlar va h.k.) joylashuvini xohlagan vaqtda o„zgartirish imkoniyati mavjud.
Shuningdek
doska-stend
bilan
ishlaganda
qisqa
vaqt
ichida
barcha
48
tinglovchilarning fikr-mulohazalari va g„oyalarini qamrab olish va qayd etish
imkoniga ega bo„linadi.
Doska-bloknot – bu varaqlanadigan qog„ozli doska bo„lib, unga marker bilan
yoziladi. U turli muhokamalar yakunlari va natijalarni yaqqol namoyish etishda
hamda eng muhim axborotlarni qayd etishda qo„llaniladi. Uning afzalligi shundaki,
xohlagan vaqtda oldingi yozilgan qo„yish ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: