Tarqatma materiallar – ta‟lim oluvchilar uchun o„rganilayotgan mavzuga
oid asosiy ma‟lumotlarni o„z ichiga olgan, hajmi uncha katta bo„lmagan (1-2
varaq) yozma o„quv materiali hisoblanadi. Mazkur materiallar trening ishini
qiziqarli qilish imkonini berib, ko„p hollarda ta‟lim oluvchilar uchun mustaqil
ravishda o„qib chiqib muhokama qilish uchun mo„ljallangan bo„ladi. Tarqatma
materiallarni tayyorlash va qo„llashda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:
Ta‟lim oluvchilarga haddan tashqari ko„p tarqatma materiallar bermang
Sarlavhalarni bosh harflar bilan yozing, bir mashg„ulot uchun ikkita
tarqatma material zarur bo„lsa, ularga kod-nom berib ularni ajratishni
osonlashtiring
Matn shrifti 12 dan kichik bo„lmasligi kerak.
Bir betda 80 tadan ko„p belgi (harf, qavs, undov belgisi va h.k.) ishlatmang.
Matnlar tushunarli, qisqa va oddiy bo„lishi kerak.
49
Varaq dizayni e‟tiborni o„ziga tortishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |