Kodoskop (grafoproyektor) – shaffof plenkadagi tasvir (slaydlar) ni ekranga
proyeksiyalash uchun qo„llaniladigan jihoz hisoblanadi. Undan ma‟ruza vaqtida
materiallarni namoyish qilish uchun, shuningdek guruh ishlari taqdimotida
yordamchi vosita sifatida foydalaniladi. Kodoskop foydalanish uchun qulay,
moslashuvchan vosita bo„lib, bir marta tayyorlangan plenkadan ko„p marta
foydalanish mumkin, bundan tashqari doska bo„lmagan hollarda asosiy
tushunchalar, g„oyalar va natijalarni o„qituvchi plenkaga flomaster yordamida
to„g„ridan-to„g„ri yozib ko„rsatishi ham mumkin.
Юқорида санаб ўтилган таълим воситаларидан самарали фойдаланиш
учун ўқитувчи қайси воситани қачон қўллашини машғулот мақсади ва
мазмунидан келиб чиққан ҳолда белгилаб олиши муҳимдир.
Dostları ilə paylaş: |