mashinasozlik korxonalarida elektr energiyasining nisbatan arzonligi va yuqori
27
Bunday pechlar, asosan, silindr shaklidagi po‟lat qobiq va sferik yoki
tekis tubdan iborat. Pechning ichki devori o‟tga chidamli g‟ishtlardan
tayyorlanadi. Asosiy pechlarning tubi magnezitli g‟ishtlardan tayyorlanib, ustiga
150...200 mm qalinlikda magnezitli yoki dolomitli qatlam qoplanadi. Bunday
pechlarning sig‟imi 400 t gacha bo‟ladi. Elektrodlarning diametrlari 200...600
mm, uzunligi esa 3000 mm qilib tayyorlanadi. Elektrodlar ko‟mir yoki grafitdan
yasaladi.
8-rasm. 30 tonnalik elektr – yoy pechining tuzilishi: 1-pasaytiruvchi
transformator;
2-kabel; 3-pechni og‟dirish mexanizmi; 4-elektrodlarni mahkamlash va siljitish
mexanizmi; 5-elektrodlar; 6-pechning gumbazi; 7-po‟lat chiqarish novi; 8-
pechning tubi; 9-pechning po‟lat qobig‟i; 10-tirgak segmentlar; 11-poydevorning
yo‟naltiruvchisi; 12-poydevor.
Elektr pechlar suyuq po‟latni quyib olish uchun 40...45
0
burchakka og‟ishini
ta„minlaydigan
maxsus
mexanizmlar
bilan
jihozlangandir.
Pech
transformatorlarining quvvati pechning sig‟imiga va o‟lchamiga bog‟liq bo‟ladi.
28
Masalan, 10 tonnalik pech uchun quvvati 3500 kVt, 250 tonnalik pech uchun 6000
kVt bo‟lgan transformatorlardan foydalaniladi.
Pechlarga xom ashyo maxsus mashinalar yordamida yuklanadi. Bunday yuklovchi
mashina 35 tonnalik pechni bir soatga yaqin vaqtda yuklaydi. So‟ngra pechga
elektrodlar tushiriladi, tok o‟lanadi va po‟lat suyuqlantirish boshlanadi. Oksidlanish
jarayoni davrida shixta suyuqlanadi, uning tarkibidagi kremniy, marganes, uglerod
va ba„zi legirlovchi elementlar kuyib ketadi. Oksidlanish jarayoni konvertorlar va
marten pechlaridagi jarayonlardek bo‟ladi. 1 tonna uglerodli po‟lat eritib olish uchun
500...700 kVt – soat, legirlangan po‟lat uchun 1000 kVt – soat elektr energiyasi sarf
qilinadi. Po‟lat eritish jarayoni 6...8 soat davom etadi. Elektr pechlarida, asosan
yuqori sifatli po‟lat suyuqlantirib olinadi.
Elektrik pechlarnung foydali sig‟imi 250 kg dan 30 t gacha bo‟ladi. Bu
pechlarda sutkasiga 3 – 6 martagacha po‟lat suyuqlantirilib, 1 t po‟lat olish uchun
700 – 1000 kVt
soat energiya sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: