29
I.2.Б). РАНГЛИ МЕТАЛЛЛАР ИШЛАБ ЧИҚАРИШ
Rangli metallarni ishlab chiqarish-мis va uni ishlab chiqarish. Rangli
metallar va ularning qotishmalaridan elektr hamda radiotexnikada, mashinasozlik
sanoatida va boshqa sohalarda keng ko‟lamda foydalaniladi.Mis va uning asosiy
xossalari. Sof mis qizg‟ish rangli, cho‟ziluvchan, qovishqoq metalldir. Suyuqlanish
temperaturasi 1083
o
S, zichligi 8,94 g
sm
3
, chuzilishdagi mustaxkamlik chegarasi
220-240 MPa, qattiqligi Brinell bo‟yicha 330 MPa.
Mis o‟zidan elektr toki va issiqlikni juda yaxshi o‟tkazadi (bu jihatdan mis
faqat kumushdan keyingi o‟rinda turadi). Misning solishtirma elektr qarshiligi
0,0175 Om
mm
2
/m, solishtirma elektr o‟tkazuvchanligi 57,1 m
Om
mm
2
(po‟latnikidan 7,5 marta ortiq). Mis korroziyabardosh metall, chunki uning sirtida
dastlab hosil bo‟ladigan nihoyatda yupqa oksid parda (bu parda misga qoramtirroq
tus beradi) uni keyinchalik okisdlanishdan saqlaydi.
Mis tabiatda murakkab birikmalar (sulfid, oksid, karbonat, silikat) tarzida tog‟
jinslari tarkibida bo‟ladi. Yer qobig‟idagi mis minerallarning 80% sulfidli, 15% ga
yaqini oksidli va qolgani karbonatli, silikat minerallar bo‟lib, tarkibida ancha
miqdorda qum, giltuproq, ohak, magniy oksidlari, oz bo‟lsa-da Ni, Zn, Au va boshqa
metallar bo‟ladi.
Mis rudalariga mis kolchedani - CuFeS
2
(tarkibidagi mis miqdori 34,5%),
bornit – Cu FeS
3
Fe
2
O
3
(mis miqdori 55,5%), kuprit – Cu
2
O (mis miqdori 88,8%),
malaxit – Cu CO
3
Cu(OH)
2
(mis miqdori 57,3%) va boshqalar kiradi.
Mis konlari Qozog‟istonda, O‟zbekistonda, Tojikistonda va boshqa joylarda bor.
Metallurgiya korxonalarida mis asosan sulfidli va oksidli rudalardan olinadi.
Dostları ilə paylaş: