Quyma olish usullari-Quymalar ishlab chiqarishning usullari jumlasiga
suyuqlanuvchan modellarga quyish, qobiq keramik qoliplarga quyish, kokillarga
quyish, bosim ostida quyish, markazdan qochirma usulda quyish usullari kiradi. Bu
usullarning barchasi yuqori aniqlikdagi, sirtdagi g‟adir-budirliklar ham, keyingi
ishlov berishgacha qoldiriladigan quyimlari minimal (ba‟zan quyimi butunlay yuq),
eksplautsion xossalari yuqori bo‟lgan quymalar olish imkonini beradi.
Suyuqlanuvchan modellarga quyish. Bunday usulda quyishning mohiyati
quyidagilardan iborat: ajralmaydigan suyuqlanuvchan modeldan foydalaniladi, u
qotuvchan suyuq qolip aralashmasi bilan qoplanadi va shunday qilib ajralmaydigan
keramik qobiq tayyorlanadi; suyultirilgan metallni quyishdan oldin model
suyuqlantirish yoki kuydirish yo‟li bilan qolipdan olib tashlanadi; ba‟zan qolip
yuqori haroratgacha qizdiriladi, buning natijasida model qoldiqlari yuqotiladi, qolip
mustahkamlanadi va uning suyultirilgan metall bilan tuldirilishi yaxshilanadi.
Model suyuqlanish harorati past bo‟lgan mum, stearin, parafin kabi materiallardan
yoki yonganda qattiq qoldiqlar qoldirmaydigan polistiroldan metall press-qolipda
tayyorlanadi. Qobiq qolip hosil qilish uchun model yoki modellar bloki changsimon
material (kvars, elektr-korund) va bog‟lovchi modda (etilsilikat)dan tashkil topgan
suspenziyaga bir necha marta botirib olinadi. Suyultirilgan metallni quyishdan oldin
qolip konteynerga joylanadi va qolip bo‟zilib ketmasligi uchun konteyner tayanch
bo‟la oladigan material bilan to‟ldiriladi.
Bu usulda olingan quymalar o‟lchamlarining aniqligi 10-12-kvalitetga mos
keladi, sirtining g‟adir-budirligi R
a
=2,5 mkm dan oshmaydi.
Dostları ilə paylaş: |