II. BOB: QUYMAKORLIK ASOSLARI ULAR HAQIDA TUSHUNCHA,
QUYMA OLISH USULLARINING MOHIYATI
II.1. QUYMAKORLIK ASOSLARI ULAR HAQIDA TUSHUNCHA
Quymakorlik detal yoki buyumlarning zagatovkalari ko‟rinishida turli-tuman
quymalar olish jarayonidan iboratdir. Quymakorlik jarayonida qolip suyultirilgan
metall bilan to‟ldiriladi, u qotgach, quyma detal - quyma qolipdan ajratib olinadi.
Zarur bo‟lsa, quymalarga keyingi ishlov berish jarayonida aniq o‟lcham va shakl
beriladi.
Kuzatishlar shuni ko‟rsatadiki, turli mashina detallarining og‟irlik jihatidan
qariyb 40-80 foizi quyma tarzida olinadi. Quymakorlikda metallardan bolg‟a‟lash,
shtaplash usullari bilan tayyorlash qiyin bo‟lgan va ba‟zan mutloqo tayyorlab
bo‟lmaydigan turli og‟irlikdagi (5 g dan tortib 300 t gacha va undan ham og‟ir)
xilma-xil quymalar, chunonchi, avtomobil va traktorlarning silindrlar bloklari,
stanoklarning staninalari olinadi. Murakkabligi o‟rtacha detalni prokatdan
mexanikaviy ishlab olishda 75% gacha, shtamplangan zagotovkani ishlashida 50%
gacha, cho‟yan quymani ishlashida esa 20% gacha metall qirindiga aylanadi. Shu
sababli ham quymakorlik mashinasozlikda muhin o‟rin tutadi.
Ma‟lumotlarga ko‟ra quymalarning 75% ga yaqini kulrang cho‟yanlardan,
20% chamasi po‟latlardan, 2-3% chasi bolg‟alanuvchan cho‟yanlardan va juda oz
qismi rangli metall qotishmalaridan olinmoqda.
Ishlab
chiqariladigan
quymaning
turiga,
seriyasiga
va
boshqa
ko‟rsatkichlariga qarab quymakorlik korxonalarining quyidagi turlari bo‟ladi:
1.
Individual korxonalar. Bu korxonalarda ishlab chiqariladigan quymalar turi
tez-tez o‟zgarib turadi.
2.
Seriyalab quyma ishlab chiqaruvchi korxonalar. Bu korxonalarda ishlab
chiqariladigan quymalar turi tez-tez o‟zgarmaydi.
3.
Ko‟plab quymalar ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar. Bu korxonlarda
quymalar ming-minglab ishlab chiqariladi.
|