Metallarni kimyoviy korroziyadan himoya qilish usullari


TADQIQOTLAR MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix17.03.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#88465
1   2   3   4   5
metallarni-kimyoviy-korroziyadan-himoya-qilish-usullari

TADQIQOTLAR MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
Metallar deganda oddiy metallar va ularning qotishmalari shuningdek metal buyumlar va 
ularning konstruktsiyalarini nazarda tutamiz. Odatda metallar korroziyasi sodir bo’lgan muhit 
suyuqlik muhitida yoki gaz muhitida bo’ladi. Korroziya geterogen jarayon bo’lib, u ikki faza 
chegarasida sodir bo’ladi: metal-suyuqlik yoki metal-gaz ko’rinishida bo’ladi. Sodir bo’lish 
mexanizimiga ko’ra metallar korroziyasi ikki turga: kimyoviy(quruq) va elektrokimyoviy(nam) 
korroziyalarga bo’linadi. 
Kimyoviy korroziya muhitni tashkil qilgan moddaning molekulalari bilan metall 
atomlarining o’zaro tasiri natijasida sodir bo’ladigan jarayon bo’lib, bir vaqtning o’zida 
oksidlanish qaytarilish jarayoni sodir bo’ladi [4-6]. 
Suvsiz suyuqliklar (asosan, suyuq metallar) va atmosfera gazlarining metall yuzasi bilan 
ta’sirlashuvi natijasida kimyoviy korroziya namoyon bo’ladi. 
Kimyoviy korroziya turlari 3 xil bo’ladi: 
1) Oksidlanish korroziyasi
2) Gazlar ta’siridagi korroziya 
3) Suyuq metallar tasiridagi korroziya 
TADQIQOT NATIJALARI 
Oksidlanish yoki kislorod ta’siridagi korroziya 
Bu turdagi kimyoviy korroziya kislorod bilan metal yuzasining ta’sirlashishi natijasida 
yuzaga keladi va natijada, metal oksidi shu metal yuzasida hosil bo’ladi (namlik bo’lmagan 
muhitda). Oksidlanish korroziyasining sodir bo’lish ehtimoli temperatura ko’tarilishi bilan 
yanada ortib boradi yoki shiddat bilan boradi [13-16]. 
Sodir bo’lish mexanizmi: 
Metall metal ionlariga oksidlanadi: 
𝑀 → 𝑀
+𝑛
+ 𝑛𝑒

 
Kislorod esa metallning elektrodlarini qabul qilib oladi: 
1/2𝑂
2(𝑔)
+ 2𝑒

→ 𝑂
−2
 
Umumiy reaksiya: 
2𝑀 + 𝑛/2𝑂
2
→ 2𝑀
+𝑛
+ 𝑛𝑜
2−
→ 𝑀
2
𝑂
𝑛
 
Metall yuzasida paydo bo’ladigan oksid parda tabiatining oksidlanish korroziyasi sodir 
bo’lishida o’rni juda muhimdir [8-21]. 
1. Turg’un va pishiq oksid parda metal yuzasida himoya qavati vazifasini o’taydi va 
metallning korroziyalanishini bartaraf etadi. Natijada metall korroziyaga chidamli ya’ni 
korroziyabardosh bo’ladi. 
2. Metall yuzasida hosil bo’lgan oksid parda noturg’un bo’lib, metal va kislorodga 
parchalanish moyilligi yuqori bo’lsa, u holda oksidlanish korroziyasi metal yuzasida sodir 
bo’lmaydi. 


 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
262 
3. Metall yuzasidagi parda uchuvchan bo’lsa, metal yuzasi havo bilan kontaktga kirishib 
oksidlanish davom etaveradi. 
4. Hosil bo’lgan parda oksidlanish uchun yetarli darajada g’ovak bo’lsa oksidlanish 
korroziyasi sodir bo’ladi [12-15].

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin