Metallurgiya texnikasining tarixi va rivojlanishi Reja


§ 8. Korroziya turlari. Metallarni korroziyadan saqlash



Yüklə 98,52 Kb.
səhifə8/8
tarix24.09.2023
ölçüsü98,52 Kb.
#147668
1   2   3   4   5   6   7   8
Metallurgiya texnikasining tarixi va rivojlanishi


§ 8. Korroziya turlari. Metallarni korroziyadan saqlash
Metallar korroziyasi haqida tushuncha. Ko‘pchilik metallar havo, suv,
kislota, ishqor va tuzlarning eritmalari ta’sirida yemiriladi. Bu hodisa korroziya
deyiladi. Korroziya so‘zi lotincha “corrodore” - yemirilish degan ma’noni
anglatadi. Korroziya o‘zining fizik-kimyoviy xarakteri jihatidan ikki xil bo‘ladi:
kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya. Metallarda qanday turdagi korroziya
sodir bo‘lishi metallni qurshab turgan muhitga bog‘liq bo‘ladi. Metallarga quruq
gazlar (kislorod, sulfit angidrid, vodorod sulfid, galogenlar, karbonat angidrid va
h.k.), elektrolit bo‘lmagan suyuqliklar ta’sir etganda kimyoviy korroziya sodir
bo‘ladi (1.12-rasm (a)). Bu ayniqsa yuqori haroratli sharoitda ko‘p uchraydi,
shuning uchun bunday yemirilish metallarning gaz korroziyasi deb ham ataladi.
Gaz korroziyasi ayniqsa, metallurgiyaga katta zarar keltiradi. Temir va po‘lat
buyumlarini gaz korroziyasidan saqlash uchun ularning sirti aluminiy bilan
qoplanadi.
1.12-rasm. Korroziya turlari: a) kimyoviy; b) elektrokimyoviy.
Suyuq yoqilg‘ilar ta’sirida vujudga keladigan korroziya ham kimyoviy
korroziya jumlasiga kiradi. Suyuq yoqilg‘ining asosiy tarkibiy qismlari metallarni
korroziyalantirmaydi, lekin, neft va surkov moylari tarkibidagi oltingugurt,
vodorod sulfid va oltingugurtli organik moddalarning metallarga ta’siri natijasida
korroziya vujudga keladi. Suvsiz sharoitdagina bu ta’sir namoyon bo‘ladi. Suvda
elektrokimyoviy korroziyaga aylanadi.
Elektrolitlar ta’sirida bo‘ladigan korroziya elektrokimyoviy korroziya deyiladi
(1.12-rasm (b)). Ko‘pgina metallar asosan elektrokimyoviy korroziya tufayli
yemiriladi. Elektrokimyoviy korroziya metalda kichik galvanik elementlar hosil
bo‘lishi natijasida sodir bo‘ladi. Galvanik elementlar hosil bo‘lishiga sabab:
1) ko‘p metallar tarkibida qo‘shimcha sifatida boshqa metallar bo‘lishi;
2) metall hamma vaqt suv, havo namligi va elektrolitlar qurshovida turishidir.
Masalan, nam havoda temirga mis metali tegib turgan bo‘lsin. Bunda galvanik
element hosil bo‘ladi (temir – anod, mis – katod vazifasini o‘taydi). Temir
oksidlanadi: Fe – 2e– =Fe2+va Fe2 ionlari OH– ionlari bilan birikib Fe(OH)2 ni hosil
qiladi. Fe(OH)2 havo kislorodi va namlik ta’sirida Fe(OH)3 ga aylanadi:
4Fe(OH)2 + O2 + 2H2O = 4Fe(OH)3
Natijada temir korroziyaga uchraydi. Agar, vodorod ionlari mo‘l bo‘lsa,
temirdan chiqqan elektronlar havodagi kislorodni qaytarmasdan vodorod ionlarini
qaytaradi: 2H +2e– H2
Temir qalayga tegib tursa, korroziya temir misga tegib turgandagiga qaraganda
sustroq sodir bo‘ladi. Agar temir ruxga tegib tursa, zanglamaydi, chunki, temir
ruxga qaraganda asl metalldir. Elektrolitlar ishtirokida rux bilan temir hosil qilgan
galvanik elementda rux – anod, temir – katod vazifasini bajaradi.
Metallarni korroziyadan saqlash. Metallarni korroziyadan saqlash uchun bir
necha choralar qo‘llaniladi (1.12-rasm):
a) metall sirtini boshqa metallar bilan qoplash;
b) metall sirtini metall bo‘lmagan moddalar bilan qoplash;
d) metallarga turli qo‘shimchalar kiritish;
e) metall sirtini kimyoviy birikmalar bilan qoplash.
Metall sirtini boshqa metallar bilan qoplash. Metall sirtini boshqa metallar
bilan qoplash usullaridan biri anod qoplash hisoblanadi. Bu maqsadda
ishlatiladigan metallning standart elektrod potensiali metallarning aktivlik qatorida
korroziyadan saqlanishi kerak bo‘lgan metallnikiga qaraganda manfiy qiymatga
ega bo‘lishi lozim. Masalan, temirni rux bilan qoplash (anod qoplash) nihoyatda
katta foyda keltiradi, chunki temir buyum uning sirtini qoplagan ruxning hammasi
tugamaguncha yemirilmaydi. Temirni qalay bilan qoplanganda katod qoplama
olinadi, chunki qoplovchi metall qoplanuvchi metallga nisbatan aslroq. Katod
qoplamaning biror joyi ko‘chsa, himoya qilinuvchi metall, ya’ni temir juda tez
yemiriladi.
Metall sirtini metall bo‘lmagan moddalar bilan qoplash.
Metallarning sirtini lak, bo‘yoq, rezina, surkov moylari (solidol, texnik vazelin)
bilan qoplash, emallash va hokazolar metallarni korroziyadan saqlaydi.
Metallarga turli qo‘shimchalar kiritish. Odatdagi po‘latga 0,2 – 0,5% mis
qo‘shish bilan po‘latning korroziyaga bardoshliligini 1,5 – 2 marta oshirish
mumkin. Zanglamaydigan po‘lat tarkibida 12% ga qadar xrom bo‘ladi, bu xrom
passiv holatda bo‘lib, po‘latga mustahkamlik beradi. Po‘latga nikel va molibden
qo‘shilganida uning korroziyaga chidamliligi yanada ortadi. Bunday po‘latlar
legirlangan po‘latlar deyiladi.
Metall sirtini kimyoviy birikmalar bilan qoplash. Maxsus kimyoviy tajribalar
o‘tkazib, metall sirtini korroziyaga chidamli birikmalar pardasi bilan qoplash
mumkin. Bunday pardalar – oksidli, fosfatli, xromatli va hokazo pardalar nomi
bilan yuritiladi. Metall sirtida korroziyaga chidamli oksid parda hosil qilish
jarayoni oksidirlash deyiladi. Metall buyumni oksidirlashning uch usuli mavjud:
1) metall buyum sirti yuqori haroratda organik moddalar bilan oksidlantiriladi
(qoraytiriladi, ko‘kartiriladi va hokazo);
2) metall buyum (MnO2; NaNO3; K2Cr2O7 kabi) oksidlovchi moddalar
ishtirokida konsentrlangan ishqor eritmasi bilan suyuqlikning qaynash
haroratigacha qizdiriladi;
3) metall buyumni biror elektrolit eritmasi ichida anod qutbga joylab elektroliz
o‘tkaziladi, bu jarayon anodirlash deyiladi.
Korrozion aktivator va ingibitorlar. Korroziya jarayonining tezligiga
eritmalarda bo‘lgan ionlar, ya’ni H va OH- ionlari konsentrasiyasi ya’ni eritmaning
pH ko‘rsatkichi katta ta’sir ko‘rsatadi. H ionlari konsentrasiyasi ortsa, korroziya
kuchayadi, OH- ionlari konsentrasiyasining ortishi temirning korroziyalanishini
susaytiradi. Lekin gidroksidlari amfoter xossaga ega bo‘lgan metallar (Zn, Al,
Pb)ning korroziyasi OH- ionlari konsentrasiyasi ortganda tezlashadi. Korroziyani
tezlatuvchi moddalar korrozion aktivatorlar deyiladi. Bularga ftoridlar, xloridlar,
sulfatlar, nitratlar va hokazolar kiradi. Korrozion muhitga qo‘shilganida metallar
korroziyasini susaytiradigan moddalar korrozion ingibitorlar deb ataladi. Masalan,
aminlar, mochevina, aldegidlar, sulfidlar, xromatlar, fosfatlar, nitritlar, silikatlar va
hokazolar korrozion ingibitorlardir.
1.13-rasm. Korroziyadan himoyalash usullari.

ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. А.А. Юсупходжаев, С.Б. Мирзажонова, Ш.Т. Хожиев. Повышение
комплексности использования сырья при переработке сульфидных
медных концентратов// Proceedings of the III International Scientific and
Practical Conference “Scientific and Practical Results in 2016. Prospects for
their Development” (December 27 – 28, 2016, Abu-Dhabi, UAE). Ajman,
2017, № 1(17), Vol. 1, c. 45 – 48.
2. Matkarimov S.T., Mirzajonova S.B., Karimova T.P., Saidova M.S.,
Bakhodirov N.K. Method of Heap Leaching of Copper from Off-Balance
Ore Dumps // [Электронный ресурс]. – Режим доступа: URL:
https://link.springer.com/book/10.1007/978-981-16-4321-7 (дата обра-
щения 21.10.2021)
3. Mirzajonova S, Karimova T, Saidova M . Research of sulfuric acid
leaching of copper off-balance ores. Int J Eng Adv Technol //
[Электронный ресурс]. – Режим доступа: URL: https://doi.org/10.359
40/ ijeat.b3838.129219.
4. Юсупходжаев А.А., Хожиев Ш.Т., Мирзажонова С.Б. Анализ состояния
системы в металлургии. – Т.: LAP LAMBERT Academic Publishing. –
2020. – 189 с.
5. Юсупходжаев А.А., Худояров С.Р., Мирзажонова С.Б. Механизм
образования расплавов при плавке сульфидных медных концентратов в
отражательной печи // Горный вестник Узбекистана № 2. – 2014.С.106–
109.
6. Юсупходжаев А.А., Худояров С.Р., Мирзажонова С.Б. Использование
физических свойств компонентов шихты для анализа
металлургических процессов // Горный вестник Узбекистана № 4. –
2013. – №55. - с.30 – 32.
7. Юсупходжаев А.А., Хожиев Ш.Т., Мирзажонова С.Б. Технология
переработки медных шлаков сульфидированием её окисленных
соединений. Международная научно-практическая конференция
«OPEN INNOVATION». (Пенза, 15 – 18 июня 2017 г.). – Пенза, 2017.
Часть 1, № 190. - с.19 – 21.
8. Мирзажонова С.Б., Саидова С.С. Малоотходные технологии
переработки шлаков и других техногенных образований.
Республиканская научно-техническая конференция «Фундаментальные
исследования и практические разработки при переработки
минерального сырья и техногенных отходов». (Ташкент, 10 декабрь,
2021 г.). - с.70-71.
9. Мирзажонова С.Б., Каримова П.Т. Технологии переработки хвосты
медно-обогатительного фабрик путем твердофазного восстановления
Yüklə 98,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin