Metallurgiya texnikasining tarixi va rivojlanishi Reja



Yüklə 98,52 Kb.
səhifə3/8
tarix24.09.2023
ölçüsü98,52 Kb.
#147668
1   2   3   4   5   6   7   8
Metallurgiya texnikasining tarixi va rivojlanishi


Часть 1, № 190. - с.19 – 21.

a) Hajmi markazlashgan kub (H.M.K) shaklida, ya’ni diagonallarning
kesishgan joyida bitta zarracha, kubning uchlarida esa sakkizta zarracha bo‘ladi.
Bunday tuzilishli moddalarga misol qilib: bariy, kaliy, ishqoriy metallar, xrom,
temir kabilarni keltirishimiz mumkin.
b) Yoqlari markazlashgan kub (Y.M.K) shaklida, ya’ni kubning sakkizta
uchida sakkizta zarracha, oltita yoqda esa oltita zarracha turadi. Masalan, mis,
kumush, oltin, platina, aluminiy, palladiy va nikel.
d) Geksagonal zich qoplama (G.Z.Q) shaklida, ya’ni yon-atrofi oltita
to‘rtburchak va ikkita oltiburchakli asoslardan tashkil topgan bo‘lib, o‘n ikkita
uchida o‘n ikkita zarracha, ikkita oltiburchakli asoslarining markazida esa bittadan
jami ikkita zarracha joylashgan. Bunday tuzilishli moddalarga misol qilib: berilliy,
magniy, kadmiy, rux kabi metallarni keltirishimiz mumkin.
Kristall panjaralarning o‘lchamlari ularning davri yoki parametrlari orqali
tavsiflanadi. Masalan, kubsimon kristall panjaralar bitta parametr orqali, ya’ni kub
qirrasining uzunligi – a bilan aniqlanadi. Parametrlar atom o‘lchamlari tartibi
kattaligiga ega va angestremlarda o‘lchanadi. Misol uchun, hajmi markazlashgan
kub tuzilishga ega bo‘lgan xrom metali kristall panjarasining parametri 2,878 Ǻ ga,
yoqlari markazlashgan kub shakliga ega bo‘lgan aluminiy metali kristall
panjarasining parametri esa 4,011 Ǻ ga teng.
Kristall panjaralarning yuqorida berilgan sxemalaridan ko‘rinadiki, kristall
panjaraning parametri – a va atom diametri – d orasida oddiy geometrik bog‘liqlik
mavjud. Masalan, hajmi markazlashgan kub shakli uchun bu munosabatni
quyidagicha yozishimiz mumkin:
d = a √3/2
Yoqlari markazlashgan kub shakli uchun esa quyidagi ko‘rinishda:
d = a √2/3
Atomlarning ko‘rinishini shar shaklida deb qabul qilsak, atomlarning kristall
panjarada egallab turgan hajmini hisoblab topish mumkin. Masalan, kristall panjara
hajmi markazlashgan kub shaklida bo‘lsa, unda atomlar umumiy hajmning 68 %
qismini egallaydi. Geksagonal zich qoplama shakli va yoqlari markazlashgan kub
shaklli kristall panjaralarda esa atomlar umumiy hajmning 74 % ini egallaydi.
Demak, ikkinchi ko‘rinishda atomlar nisbatan jipsroq va nisbatan zichroq
joylashgan ekan.

Yoqlari markazlashgan kub shakli va geksagonal zich qoplama shaklli kristall
panjaralarda atomlar nisbatan tig‘izroq va zichroq joylashganligi sabab, bunday
kristall panjaralar korroziyaga va oksidlanishga bardoshli metallarda keng
tarqalgan. Masalan, temir metali hajmi markazlashgan kub shaklidagi kristall
panjaraga ega. Undagi atomlar umumiy hajmning 68 % ini egallaydi. Qolgan 32 %
qismi bo‘shliq hisoblanib, bu bo‘sh oraliqlardan kislorodning molekulalari bemalol
harakatlanib temir metali kristall panjarasining tashqi qismini ham, ichki qismini
ham oksidlaydi. Shuning uchun temir metali oksidlanishga va korroziyaga
chidamsiz metallar qatoriga kiradi.
Rux metali esa geksagonal zich qoplama shaklidagi kristall panjaraga ega
bo‘lib, unda atomlar umumiy hajmning 74 % ini egallaydi. Qolgan 26 % qismi
bo‘shliqdan iborat. Demak bu kristall pancharada bo‘shliq nisbatan kam. Shuning
uchun kislorod molekulalari kristall panjaraning yuza qismidagi atomlarni
oksidlaydi va bu oksidlanish tufayli kristall panjara yuzasida zarrachalari juda ham
zich joylashgan “oksid parda” hosil bo‘ladi (unda deyarli bo‘shliq qolmaydi).
Natijada tashqi muhitdagi kislorod molekulalari kristall panjaraning ichki qismiga
kirolmaydi va metallning ichki qismi oksidlanmay o‘z holatini saqlab qoladi. Hosil
bo‘lgan oksid parda esa uni ancha vaqtgacha oksidlanishdan himoyalab turadi. Shu
sabab, bunday metallar korroziya va oksidlanishga bardosh bergani uchun sanoat
ahamiyatiga egadirlar.
Kristall panjaraning yana bir muhim parametrlaridan biri bu – ularning
koordinatsion sonidir. Kristall panjarada atomlar, anionlar va kationlar ma’lum bir
koordinatsion songa ega bo‘ladi.
Koordinatsion son bu – kristall panjarada har bir atom yoki ion atrofida
boshqa atom (ion)lardan nechtasi joylashganini ko‘rsatuvchi kattalikdir. Uning
qiymati anion va kation radiuslari (ranion va rkation) o‘zaro nisbatiga bog‘liq bo‘ladi.
Kristall panjaradagi atom (ion)lar uchun koordinatsion sonlar quyidagi
jadvaldagi qiymatlar asosida qabul qilingan:
Kristall panjara shakli:
Belgisi:
Koordinatsion soni:
Oddiy kub
K
K 6
Hajmi markazlashgan kub
H.M.K
K 8
Yoqlari markazlashgan kub
Y.M.K
K 12
Geksagonal zich qoplama
G.Z.Q
G 12
Mazkur kattalik kristall panjaraning bitta elementar yacheykasida joylashgan
zarrachaning nechta zarracha bilan qo‘shni ekanligini ko‘rsatadi. Shu ko‘zda
tutilgan atom (ion) esa markaziy atom (ion) deb atalib elementar yacheykaning
markazida joylashgan bo‘ladi. Faqat metall kristall panjaralarigina H.M.K, Y.M.K
va G.Z.Q tuzilishga egadir.
Yüklə 98,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin