Metallurgiyada


§. KOBALT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI



Yüklə 366,24 Kb.
səhifə7/15
tarix02.11.2022
ölçüsü366,24 Kb.
#67119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Metallurgiyada ishlab chiqarish texnologiyasi A Yusupxodjayev, S


§. KOBALT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

Tabiatda kobalt oksid, sulfid va mishyak minerallarida uchraydi. Kobalt rudalarining zaxiralari juda kam uchraydi. Ko‘pincha kobalt boshqa metall zaxiralarida yo‘ldosh bo‘ladi. Kobalt qoidadagiday nikel zaxiralarida bo‘lib, yaqin kimyoviy xususiyatlarga egadir.


Kislorod va oltingugurtga tortilish kuchi bo‘yicha, kobalt nikel va temir oralig‘ida joylashgan. huning uchun nikelni xomashyo qayta ishlanayotganda kobalt mis-nikel shteyniga o‘tadi. Konverterda shteynni puflashda kobalt shlak fazasida to‘planadi.
Kobaltni shlakdan ajratib olish uchun uni 2—3 marta nikel shteyni, pirit yoki cho‘yan bilan qayta eritiladi. Bunda kobalt metall yoki sulfid fazasiga o‘tadi:
(CoO)+[Fe ] = [Co ] + (FeO) (15.1)
K= [Co ] (FeO) /(CoO)[Fe ] = 8 ÷ 12
(CoO)+[Fe] = [Co] + (FeO) (15.2) K= [Co] (FeO) /(CoO)[Fe] = 25 ÷ 30
uyuq temir kobalt qotishmaning yoki boyitilgan kobalt shteynini konverterida puflanadi. Bu tadbirning asosiy maqsadi — temirni shlak fazasiga o‘tkazishdir. Qolgan metallni anod shaklga qo‘yiladi va elektr kimyoviy eritishga yuboriladi. Kobalt bilan birga eritmaga qisman temir, mis va nikel ham o‘tadi.
53
Kobaltni eritmadan ajratib olish sxemasi
Temirni oksid holatiga o‘tkaziladi va ohak yoki soda yordamida cho‘ktiriladi. Bu cho‘kma o‘z tarkibiga mishyak, surma va vismutni kiritadi. Misni kobalt yoki nikel kukuni bilan sement cho‘kmasiga o‘tkaziladi. Marganets eritmasini xlor yoki xlor gipoxlorit yordamida ajratib tashlanadi. Oksidlanish davrida MnO2 · nH2O shakl paydo bo‘lib, cho‘kmaga o‘tadi.
Tozalangan eritmada faqat nikel va kobalt qolgan. Kobalt xlor yoki natriy gipoxloriti yordamida cho‘ktiriladi:
Co2+ + CI + CO 2— + 2H O =
2 2 2


2
= Co(OH)3
+ 2CI + CO
+ 4H+ (15.3)

Nikelning cho‘kmaga o‘tmasligini quyidagi almashuv ta'sir etishi bilan oldi olinadi:
Ni(OH)2 + Co = Ni + Co(OH)2 (15.4)
Kobalt gidrooksidini soda bilan aralashtirib, kuydiriladi, suv bilan yuviladi. o‘ng qayta kuydirilib, CoO birikmasi olinadi.
Bu birikmada 70—72 % kobalt, 0,2—0,3 % nikel bor.
Kobalt oksid holatdan elektr pechlarda tiklanadi. Tiklovchi modda hisobida grafit qo‘llaniladi. Kobalt uglerod va oltingugurtdan tozalagach quyiladi.
Kobaltni o‘ta toza shaklini elektrolitik tozalash yoki organik moddalarni ekstraksiyasi orqali oldi olinadi.
Nikel rudalardan tashqari, kobalt xomashyo hisobida mis-kobalt va kobalt-mishyak rudalari qo‘llaniladi. Bu rudalarni flotatsiya orqali boyitib qayta ishlanadi. Boyitmada 0,5—10 % Co bo‘lib, u eritiladi yoki sulfatli kuydiriladi. Kuydirmani esa suv bilan tanlab eritiladi.
Kobalt-mishyak boyitmalari (10—20 % Co) bevosita avtoklavda tanlab eritiladi. Kobaltli eritmalar standart texnologiyalar bilan qayta ishlanadi. O‘zbekistonda maxsus kobalt zaxiralari hali aniqlangani yo‘q. Respublikamizda bu metallga ehtiyoj juda ham katta. huning uchun bor imkoniyatlardan foydalanib, bu metallni ishlab chiqarish kerak. Masalan, Olmaliq rux zavodining chiqindilarida ko‘p miqdorda kobalt mavjud. Ularni qayta ishlab metallni erkin hollarda ajratib olish biz- ning burchimiz.
Metallning bir tonnasi zamonaviy narxda o‘nlab ming AQ H dollari turadi.
54

Yüklə 366,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin