§. XOMAKI MISNI TOZALASH JARAYONLARI
Xomaki misni olovli tozalash usuli
Xomaki misni olovli tozalashdan asosiy maqsad — bo‘lajak elektrolitik tozalashga yaroqli zich anodlar olish va zarra metallarni yo‘qotishdir. Zarra metallarning borligi elektroliz jarayoniga salbiy ta'sir qiladi. Anodlarni xomaki misdan ham quysa bo‘ladi, faqat elektroliz ko‘rsatkichlari zich anodga nisbatan ancha yomonroqdir. Xomaki misdagi zarra metallarni uch guruhga bo‘lsa bo‘ladi:
Nisbatdan oson va to‘la ajralib chiqadiganlar — Zn, Fe, ;
Qisman ajralib chiqadiganlar — As, b, Bi, Ni.
Umuman ajralib chiqmaydiganlar — Au, Ag. Olovli tozalashda quyidagi operatsiyalar o‘tkaziladi:
Xomaki misni pechda eritish (agarda pechga suyuq xomaki mis qo‘shilsa, bu operatsiya o‘tkazilmaydi).
uyuq misni havo puflash orqali oksidlantirish. Bu opera- tsiyaning maqsadi — zarra metallarni oksidlantirib, shlak fazasiga o‘tkazishdir. Operatsiya yakunida mis sirtidan shlakni albatta chiqarib tashlash kerak. Aks holda, zarra metallar yangitdan mis tarkibiga o‘tishi mumkin.
uyuq mis vannasida erigan mis yarimoksidining tiklanish operatsiyasi.
Misni anodlarga quyish.
uyuq mis hajmidagi havo o‘tganda quyidagi reaksiya oqib o‘tadi:
36
2Cu + 0,5O2 = Cu2O + 16,74 kJ
Paydo bo‘lgan Cu2O suyuq misda eriydi. Mis yarimoksidining erish qobiliyati haroratga bog‘liq va quyidagi raqamlarni tashkil qiladi. 1100˚C — 0,5 foiz; 1750˚C — 8,3 foiz va 1200˚C — 12,4 foiz.
Haroratning undan yuqori ko‘tarilishi erishni deyarli oshirmaydi. Amaliyotda oksidlanish operatsiyasini 1150—1700˚C oralig‘ida olib boriladi. huning uchun suyuq misni kislorod bilan to‘yintirilishi 8 foiz bilan cheklanadi, xolos. Bu raqam suyuq vannada 0,9 foiz kislorod borligini ko‘rsatadi. Agarda misni qo‘shish uchun uni ok- sidlantirsak, Cu2O vanna sirtiga suzib chiqib, befoyda mis bilan shlakni boyitiladi. Iloji boricha Cu2O ning baland miqdorligi zarra moddalarni maksimal ravishda oksidlantirish uchun kerak.
Xomaki mis tarkibida Cu 99 foiz, 0,2 foiz, Fe 0,5 foiz va bir qancha selen, tellur, vismut, surma, mishyak, nikel va boshqa metallar bor. Xomaki misga shixtadagi oltin va kumush deyarli to‘la o‘tadi. Mis yarim oksidi misda erib, zarra moddalar bilan o‘zaro bog‘lanadi. Masalan, mis yarim sulfidiga bog‘langan oltingugurt bilan:
2Cu2O + Cu2 = 6 Cu + O2 (11.1)
ΔG = 3560 — 6,725 T (11.2)
Pechdagi harorat oralig‘ida bu reaksiya chapdan o‘ngga deyarli to‘liq o‘tadi.
Mis yarimoksidi boshqa metallarga nisbatan kislorodga tortilish kuchi kam bo‘lgani sababli o‘zining kislorodini boshqa metallarga berib, ularni oksidlantiradi.
Cu2O + Fe = 2Cu + FeO (11.3)
Cu2O + Ni = 2Cu + NiO (11.4)
3Cu2O + 2 b = 6Cu + b2O3 (11.5)
Elementlar Zn, Pb, AI, i, Mn, n va Fe oson va to‘la shlak fazasiga o‘tadi. Masalan, temirning nazariya bo‘yicha qoldiq miqdori (og‘irlik bo‘yicha) 0,0011 foizni tashkil qiladi. Amaliyotda temirni suyuq misdagi miqdori 0,0009 foiz. uyuq mis hajmiga havoning diametri 25—30 mm bo‘lgan, 2—2,5 · 105 Pa bosimda beriladi. Zar- ra elementlarni shlaklash uchun, pechga flus kvars qumi beriladi. Olovli tozalashda shlakka zarra moddalar bilan mis ham o‘tadi.
hlakdagi misning miqdori 45 foizgacha yetadi. Bu shu aylanuvchi
37
xomashyo hisoblanib, qaytadan konverterga yuklanadi. Jarayon- ning umumiy davomiyligi, zarra moddalarning miqdorligiga bog‘liq va 1,5—3,0 soatni tashkil qiladi.
Zarra moddalarni ajratib chiqarish uchun puflangan mis kislorod bilan to‘yingandir. Misning tiklanishi quyidagi reaksiyalar orqali o‘tishi mumkin:
Cu2O + C = 2 Cu + CO (11.6)
Cu2O + H2 = 2 Cu + H2O (11.7)
Cu2O + CO = 2 Cu + CO2 (11.8) 2 Cu2O + CH4 = 4 Cu + CO2 + 2 H2 (11.9)
Hamma reaksiyalar oson va to‘la o‘tadi. Masalan, vodorodli tiklanish 248˚C da boshlanib, pechdagi haroratlarda judayam tez o‘tadi. Bu reaksiyaning muvozanat doimiyligi:
2 2
PH /PH O (11.10)
1050˚C da Kp ning qiymati 1 · 10—4,1 ga teng, boshqa usul bilan aytganda, judayam kichik raqam. Bundan xulosa, vodorodning miqdori, suv bug‘lari miqdoriga nisbatan, 10000 marta kamroqdir va vodorod deyarli to‘la reaksiyaga kirishgan.
O‘zbekiston sharoitida tiklash uchun tabiiy gazdan foydalanish afzalroqdir. Jarayon davriga (11.9 reaksiya) ajralib chiqayotgan vodorod ham tiklanish reaksiyasida qatnashadi. Faqat shuni esda tutish kerakki, tabiiy gaz yuqori haroratda parchalanadi:
CH4 = C + 2H2 (11.11)
va uni o‘zlashtirish darajasi deyarli yuqori emasdir.
Konversiyalangan gazdan foydalanish yuqoriroq ko‘rsatkichlarga olib kelishi mumkin. Konversiyaning asosiy reaksiyasi:
CH4 + 0,5O2 + 1,88 N2 = CO + 2H2 + 1,88 N2 (11.12)
Konversiyani 900—1900˚C oralig‘ida o‘tkaziladi. Jarayon uchun kerak bo‘lgan issiqlikni metanni qisman yoqib olinadi. Bu reaksiya:
CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O + 768 kJ (11.13)
Reaksiya reaksiyalarning ichida, cheklangan holda kislorod berish orqali o‘tkaziladi.
38
Tiklanish jarayonining davomiyligi misdagi kislorodning miqdor- ligiga bog‘liq va 2,5—3 soatda bajariladi.
Olovli tozalashni statsionar yallig‘ pechlarda o‘tkaziladi. Faqat bu yallig‘ pechlarning o‘lchamlari kichikroq, yoqilg‘i yondirishga forkamerali va yon tamonlari oynali. Pech uzluksiz emas, vaqti-vaqti bilan davriy tartibda ishlaydi. Odatda, bir sutkada bitta tozalash o‘tkaziladi. Pechning ishlab chiqarish unumdorligi uning hajmiga bog‘liqdir va 5—400 t ni tashkil qiladi. Odatda, zamonaviy pechlarning hajmi — 100 — 250 t. Yoqilg‘i sarfi (misning og‘irligiga nisbatan), %: mazut — 7,9; ko‘mir — 12,3.
tatsionar yallig‘ pechda issiqlik taqsimlanishi:
pechning ishi uchun — 41,9 — 46,9%;
— katyol — utilizatorda bug‘ olish uchun — 36,6 — 40,2;
isrofgarchilik — 21,5 — 14,4.
Tozalangan misning jarayon mahsulotlari bo‘yicha taqsim- lanishi, %:
yaroq anodlar — 97,0 brak — 0,45
skrap — 1,16
shlakka — 1,14
uchar — 0,25.
Tozalangan mis aylantiruvchi gorizontal mashinalarda anodlarga quyiladi. Pechning hajmi 200—250 t bo‘lsa, quyish mashinasining ishlab chiqish unumdorligi bir soatda 40 t ni tashkil qiladi va quyish davri 5—6 soatga cho‘ziladi.
11.k. Misni elektrolitik tozalash usuli
Elektrolitik tozalashning asosiy maqsadi toza, yuqori sifatli mis va yarim mahsulot (shlam) olishdir. hlamda oltin, kumush, selen va tellur to‘planadi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun anoddagi misni doimiy elektr toki yordamida eritiladi va shu davrda erkin mis katodga o‘tkaziladi. Erituvchi modda hisobida sulfat kislotasi qo‘llanadi. Asosiy dastgoh bo‘lib, elektrolitik vanna o‘zi bilan temir betondan yasalgan kesimi to‘g‘ri burchakli dastgohdir. Vanna elek- trolit quyadigan truboprovod va elektr tokini ta'minlaydigan shina- lar bilan jihozlangan. Vannaning ichki sirti viniplast yoki qo‘rg‘oshin bilan izolatsiya qilingan, chunki eritmada sulfat kislotasi bor.
39
Elektroliz o‘tadigan muhitning — elektrolitning — tarkibi: 135—
200 g/l H2 O4 va 170—200 g/l mis kuporosi — Cu O4 · 5H2O (35—50 g/l Cu2+ ionlariga to‘g‘ri keladi).
Himoya modda hisobida viniplastni qo‘llash ancha afzalroqdir. Viniplast tok o‘tkazmaydi va tokning isrofgarchiligi kamayadi va foydalanish koeffitsiyenti oshadi. Viniplastning kamchiligi — u mo‘rt, sinuvchan va mexanik ta'sirda tezda ishdan chiqishi mumkin. Viniplastli futerovka qo‘rg‘oshinga nisbatdan kamroq ishlaydi. Lekin, qo‘rg‘oshinning qimmatligini hisobga olganda, viniplast keng qo‘llanadi. Xorijiy davlatlarda viniplastni rad etib, qo‘rg‘oshin ximoyasiga o‘tilmoqda. Qo‘rg‘oshinning ishlash davrini oshirish uchun uning tarkibiga 3—6 foiz b va 0,0006 foiz Cu qo‘shilgan. Kanada zavodlarining birida bunday himoya material 28 yil uzluksiz ishlagan.
Anod hisobida misdan tayyorlangan plastina qo‘llanadi. Anodning eni 35—40 mm, og‘irligi 270—320 kg.
Katod bo‘lib toza misdan yasalgan ensiz plastina qo‘llanadi. Katod o‘lchamlari, anodnikiga nisbatdan, kattaroqdir. Buni elektr tokini katod sirtida bir tekis taqsimlanishi uchun qilinadi. Bu tadbir natijasida katodning chegara qismlarida har xil o‘sish va dendiritlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vannaga anod va katodlar navbat bilan osiladi. Anod va katodlar elektr zanjiriga parallel sxemada ulangan.
Vannaning kattaligi anod, katodlar soni va ularning masofasiga bog‘liqdir. Agar vannada 34 anod va 35 katod bo‘lsa, vannaning ishchi o‘lchamlari taxminan 4000×1000×1200 mm ni tashkil qiladi. Vannaning kattaligini tanlash elektrodga masofani aniqlaydi.
Amaliyotda oqilona deb topilgan, bir xil elektrodaro masofa 100— 110 mm.
Agar masofa 100 mm bo‘lsa, anod va katodning orasi 28 mm ga teng bo‘ladi. Bu masofa elektrodlarning qisqa tutashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun eng minimal o‘lchamdir.
Elektroliz vannalari doimiy elektr toki bilan ta'minlanadi. anoat elektr tokini doimiy shaklga o‘tkazish uchun kremniy dastgohlari qo‘llaniladi. Ularda tokdan foydalanish koeffitsiyenti 98—99 foizni tashkil qiladi. To‘g‘rilagichning ishchi kuchlanishi 250—300 V (volt). Mis elektroliz sexida vannalar seriyalari, qatorlar shaklida o‘rnatiladi. Agarda 1780 vanna bo‘lsa, 290 vannadan 6 qator yoki
40
220 vannadan terilgan 8 qator bo‘lishi mumkin. eriyalar vannalarni tok bilan ta'minlash hisobida o‘rnatiladi.
Talab qilingan tok kuchini ta'minlash maqsadida, vannalar qatori elektr zanjiriga birin-ketin bog‘lanadi. Buni multipl deb ataladi. Agar to‘g‘rilagichdan chiqayotgan tokning kuchlanishi 240 v bo‘lsa, vannadagi kuchlanish 0,3 V ga teng bo‘ladi, bu holatda bitta to‘g‘rilagichdan ta'minlanayotgan vannalarning soni bo‘ladi:
240 : 0,30 = 800 vanna
Jarayonning oqilona boshqarilishi vannadagi kuchlanishning pasayishiga imkon yaratadi. Bir xil zavodlarda vannadagi kuchla- nish 0,2—0,25 V ni tashkil qiladi. Agarda vannadagi kuchlanish 0,25 V bo‘lsa, unda bitta seriyadagi vannalarning soni:
250 : 0,25 = 960 vannani tashkil qiladi.
Elektroliz jarayonida misning muomalasi
Agar, elektrolit eritmasiga tushirilgan to‘g‘rilagichdan mis anodiga musbat tok berilsa, katodga esa manfiy zaryad bog‘lansa, elektr zanjiri tutashadi va elektrolit hajmidan tok oqib o‘tadi. Bunda anodda quyidagi jarayonlar yuz beradi:
Metall ionining anoddan ajralib chiqib, ortiqcha elektronning tashqi zanjiriga o‘tishi:
Cu — Cu2+ + 2e (11.14)
Cu· H2O kationining gidratatsiyasi (metall ionining eritmada suv molekulasi bilan bog‘lanishi).
Kationning eritmaga o‘tishi.
Katod jarayoni quyidagi bosqichlardan tuziladi:
Kationni eritma hajmidan katod yuziga eltmoq.
Kationning elektron yordamida tiklanishi:
Cu2+ + 2e = Cuo (11.15)
Metall atomining katod kristallik tuzilishiga qo‘shilishi. Bunday sxema mis anoddan erib, katod tizimiga qo‘shiladi va katod enligi o‘sib boradi.
Jarayon davrida elektr quvvati elektrolitning shina va kontaktlar qarshiligini bartaraf qilish uchun sarflanadi. Faradey qonuniga binoan,
41
katodga o‘tadigan metallning gramm-ekvivalenti zanjirdan oqib o‘tadigan elektr tokiga bog‘liqdir. Bir gramm-ekvivalent metallni o‘tkazishga 96500 kulon elektr toki sarflanadi yoki 96500 : 3600 = 26,8A — soat.
Katodda 1 A — soat tok yordamida o‘tkaziladigan metall massa- ni — shu metallning elektr kimyoviy ekvivalenti deb ataladi.
Eritmadan 1 A — soat elektr toki oqib o‘tsa, katodda 31,78:26,8=
= 1,186 g mis o‘tiradi (gramm ekvivalent — grammda o‘lchangan metallning atom massasini valentligiga bo‘linishiga aytiladi. Masalan, ikki valentli misning gramm-ekvivalenti teng: 63,56:2 = 31,78 g). Amaliyotda katodda o‘tiradigan metallning massasi bu raqamdan kamroqdir. Amaliy metall massasi nazariy olish mumkin bo‘lgan massasiga nisbati har doim birdan kam bo‘ladi va foiz orqali belgi- lanadi. Bu nisbiylik tokdan chiqish deb aytiladi.
Metallik mis mavjudligida, mis sulfat eritmasida ikki va bir valentli mis oralig‘ida muvozanat bor:
2Cu O4
+ Cu = Cu O4
+ 2Cu+ + O2— (11.16)
4
Anodda bir valentli misning paydo bo‘lishi tokdan chiqishni ko‘paytiradi, chunki misning elektrokimyoviy ekvivalenti 2,374 g teng va ikki valentli misni ekvivalentidan ikki marta ko‘proqdir. Afsuski, bir valentli mis eritmada mustahkam emas va u ajraladi:
2Cu+ = Cu2+ + Cu (11.17)
Bu reaksiyaning o‘zgarmas doimiyligi teng: K = [Cu+]2 / [Cu2+] = 0,62 · 10—6
Boshqa so‘z bilan aytganda, bir valentli misning miqdori, ikki valentli mis miqdoriga nisbatan taxminan 60000 marta kamroqdir. Nordon eritmalarda misning bevosita erish jarayoni ham oqib o‘tadi:
Cu + H2 O4 + 0,5O2 = Cu O4 + H2O (11.18)
Bevosita misning erishi elektrolit sirtiga o‘tadi, chunki u yerda sistema atmosferada kislorod bilan kontaktda bo‘ladi. Bu jarayon elektrolitning ortiqcha misni boyitishga olib keladi va maxsus choralar bilan normal holatga olib kelinadi.
Misni elektrolitik tozalashda, anodni yuzi atrofida mayda mis kukuni ajralib chiqishi kuzatiladi. Bu jarayon (11.17) reaksiya oqib
42
o‘tishi natijasida kuzatiladi. Amaliyotda vannadagi misning soni 2 foizni tashkil qiladi. Anoddan katodga mis yarim sulfidi va yarim oksidi ham o‘tmasdan cho‘kma fazasiga o‘tadi. Bu cho‘kmalar nodir metallar bilan shlam fazasini tashkil qiladi.
1k-§. MIS ELEKTROLIZ KO‘RSATKICHLARIGA TEXNOLOGIK OMILLARNING TA’SIRI
Mis elektrolizida elektr quvvati sarfi tok chiqishi va vannadagi kuchlanishga bog‘liqdir. Voltda o‘lchanadigan vannadagi kuchlanish quyidagi tenglama orqali topiladi:
U = JR1 + JR2 (12.1)
bunda: J — tokning kuchi, Amper; R1 — eritma qarshiligi; R2 — tok yo‘lida uchraydigan qarshiliklar (shina, kontakt va boshqalar), Om.
Tok kuchi J tok zichligiga (i) bog‘liqdir. Tok zichligi — 1 m katod yuziga to‘g‘ri keladigan tokning kuchidir. Qancha i ko‘p bo‘lsa, shuncha katodning yuzasiga ko‘p tok kuchi (J) to‘g‘ri keladi.
R1 — eritmaning qarshiligiga ta'sir qiladi:
anod va katodning joylashgan masofasi. Masofa qancha kam bo‘lsa, shuncha R1 kam bo‘ladi va U ning qiymati past bo‘ladi. Agar masofa kamaytirilsa, qisqa tutashuv imkoniyati paydo bo‘ladi va tokdan chiqish qiymati kamayadi;
eritma tarkibi qancha nordonroq bo‘lsa, unda vodorod shuncha ko‘p bo‘ladi, eritma qarshiligi kamayadi va vannadagi kuchlanish pasayadi;
eritma harorati qancha baland bo‘lsa, moddalar harakatchan- ligi shuncha yuqori bo‘ladi, eritma qarshiligi va vannadagi kuchla- nishlar past bo‘ladi.
ulfat kislota qarshiligi, taxminan, mis sulfati qarshiligidan 10 marta kamroqdir. huning uchun nordon eritmalar qarshiligi ancha pastroq. hunga ahamiyat berish kerakki, qancha sulfat kislota miqdori ko‘p bo‘lsa, mis sulfatining erish qobiliyati shuncha kam bo‘ladi. Buni solvatatsiya effekti deb aytiladi. huning uchun zamonaviy zavodlarda eritmada 35—40 g/l Cu (175—200 g/l Cu O4 ·
· 5H2O) ushlab turiladi. Agarda misning miqdori bundan kamayib
ketsa, katod yuzi oldida mis bilan birga boshqa kationlar ham ka-
43
todga o‘tirib, uning sifatini pasaytiradi va elektr tokining befoyda sarflanishiga olib keladi.
Eritma haroratini 45—60˚C oralig‘ida ushlab turiladi. 25˚C dagi eritma qarshiligiga nisbatan, 50—55˚C da qarshilik taxminan 2 marta kamroqdir va shuncha vannadagi kuchlanish ham kamroqdir. Faqat baland harorati uning intensiv bug‘lanishiga, atrof-muhitni zaharlashga olib kelishi mumkin. Bug‘lanish qancha ko‘pligini quyidagi misolda ko‘rish mumkin.
Agarda mis elektroliz sexida 1000 vanna bo‘lsa va har vannaning eritma yuzi 5 m2 bo‘lsa, unda bir soatda 30 t suv bug‘lanadi.
R ning qiymatini kamaytirish uchun toza shinalar va kontaktlar- ni qo‘llash kerak. Amaliyotda vannadagi kuchlanishni 0,25—0,30 V atrofida ushlab turiladi. Qolgan bu raqam kam bo‘lsa, shunga 1 t misga kamroq elektr quvvati sarflanadi.
Mis elektrolizida elektr quvvati sarfini quyidagicha hisoblash mumkin. Faradey qonuniga binoan, 1 A-soatga katodda 1,186 g mis o‘tkaziladi. Agar vannadagi kuchlanish 0,25 V ga teng bo‘lsa, 1 g misni o‘tkazishga nazariya bo‘yicha sarflanadigan elektr quvvati:
W = U/1,186 = 0,25 · 1/1,186 = 0,210 Vt · soat
yoki 1 t misga
0,210 · 1000 · 1000/1000 = 210 kVt · s
Agar tokning chiqish darajasi 95% bo‘lsa, 1 t katodli mis o‘tkazishga sarflanadigan elektr quvvati:
210 : 0,95 = 222 kVt · s
Amaliyotda 1 t katodli mis olishga 230—300 kVt · s elektr quvvati sarflanadi.
Oxirgi paytlarda vannalarga 14000—15000 A tok kuchi berilyap- ti, bunday katta kuchni elektrodlarni soni, ularning o‘lchamlarini va tok zichligini oshirish orqali olib borilyapti.
Mis elektroliz jarayonida tok zichligi 200—270 A/m2 ni tashkil qiladi. Tok zichligini tenglama orqali aniqlasa bo‘ladi:
J = I/n 2 (12.2)
bunda: J — tok zichligi, A/m2; I — tok kuchi (vannaga yuklama), A; n — vannadagi katodlar soni; — katod yuzi maydoni, m2.
44
Agar I = 14000 A, n=35; = 0,9 · 0,9 = 0,81 m2, bo‘lsa, J =14000: 35 · 2 · 0,81 = 247 A/m2.
Vannadagi tok kuchi aniq bo‘lsa, vannaning ishlab chiqish unum- dorligi topiladi:
R = Iαb · 22/100 · 1000 (12.3)
bunda: α — misning elektrokimyoviy ekvivalenti, 1,186 g; b — tokning chiqishi; 22 — vannaning bir sutkada ishlash soati.
Vannadagi tok kuchi 14000 A, tokning chiqish unumdorligi 96% bo‘ladi:
R = (14000 · 1,186) · 96 · 22/100 · 1000 = 352 kg
Katodli mis bo‘yicha sexning ishlab chiqish hajmi 200 000 t bo‘lsa, volt sexda o‘rnatiladigan vannalarning soni bo‘ladi:
N = (200 000/365 · 0,352) · 1,1 = 1750 vanna
bunda: 365 — bir yildagi kunlar soni; 1,1 — 10 foiz vannalar ta'mirdagi hisobga oluvchi raqam.
Haroratning ta’siri
Qanchalik elektrolitning harorati baland bo‘lsa, uning qarshiligi shuncha kam. Lekin eritmani qizitishga katta hajmda bug‘ sarflanadi, anodlarning korroziyasi ko‘payadi, vannadan bug‘lanish oshib boradi. Amaliyotda elektrolitning haroratini 50—60˚C oraliqda ushlab turiladi.
Kerak bo‘lgan issiqlikning bir qismini elektr toki o‘tayotgan davrda elektrolitning qarshiligi orqali olinadi. Bu issiqlikning soni:
Q = 0,239 I2 Rt, J (12.4)
bunda: Q — issiqlik soni, J; I — tok kuchi, A; R — elektrolit qarshiligi, Om; t — tok o‘tish davomiyligi, sek.
Nazariya va amaliyot shuni ko‘rsatadiki, agar tok zichligi 380 A/m2 va sexning harorati 20˚C bo‘lsa, elektrolit harorati tashqaridan issiqlik sarflangan holda, 55˚C ni tashkil qiladi. Faqat bunday yuqori tok zichligi amaliyotda qo‘llanilmaydi. huning uchun elektrolitni qizitish uchun bug‘ qo‘llaniladi. Bug‘ sarfi 1 tonna misga 1 tonnani tashkil qiladi.
Elektroliz jarayonida eritmaga har xil kolloid moddalarni qo‘shish cho‘kmaning sifatini yaxshilaydi. Kolloid qo‘shimchalar sifatida
45
sovun, kley, jelatina, solidol va boshqa moddalar qo‘llanilishi mumkin. Qo‘shimchalarning sarfi 1 t katodli misga 10—40 grammni tashkil qiladi. Anodning tarkibida misdan tashqari bir necha metallar bor.
Jarayon davrida bu metallar mahsulotlar bo‘yicha taqsimlanadi (12.1- jadaval).
12.1-jadval
Metallarning turli mahsulotlarga taqsimlanishi, %:
Katod
|
Cu
|
Au
|
Ag
|
e-Te
|
Pb
|
Ni
|
As
|
98
|
1—1,5
|
2—3
|
1—2
|
1—5
|
15
|
20
|
Eritma
|
1,93
|
—
|
—
|
—
|
—
|
75
|
60
|
hlam
|
0,07
|
98,5—99
|
97—98
|
98—99
|
95—99
|
10
|
20
|
hlamning taxminiy tarkibi. %: Cu— 10—25; Ag — 5—53; Au— 0,05—5; Pb — 0,5—12; e—2—24; Te — 0,3—12; Bi — 0,0—7,0;
b — 0,2—30; As — 0,1—5,0.
hlamlarda qimmatbaho nodir metallar borligi ularni alohida qayta ishlashni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: |