Metod tushunchasi. Uning turlari va tasnifi Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish


Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish



Yüklə 54,15 Kb.
səhifə2/5
tarix15.06.2022
ölçüsü54,15 Kb.
#61563
1   2   3   4   5
YOQUBOVA DILNOZA

2.2. Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish

va uni o’tkazish usullari.

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontseptsiyasida tarbiyaviy tadbirlarni takomillashtirish zaruriyati, alohida ta`kidlangan: siyosiy tuzumiing o’zgarganligi, yangicha iqtisodiy munosabatlarning shakllanib borishi, tarbiyaviy ishni yaxshilashda davr talabiga javob beradigan yangicha tamoyillari g`oyalar, ish uslubiyatlarini ishlab chiqish hamda o’qituvchining ijodkorlik faoliyatinn qaytadan qurmoq lozimdir.

Tarbiyachining navbatdagi vazifasi bolalar jamoasini tashkil qilish, tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o’zlashtirib, ilg`or tajribalarga suyanib o’quvchilarni tarbiyaviy jarayonda o’rtoqlik-do’stlik, o’zaro hamkorlik, hamjihatlik, o’z-o’zini tarbiyalash va boshqarish kabi jamoatchilik sifatlarini tarbiyalash mahoratini o’zlashtirishdan iborat. Ular:

- sinfning boshlang`ich jamoasini tarbiyalash va ularda o’zaro munosabat aloqalarini yaratish.

- o’quvchilar kundalik faoliyatlarining hamma qirralarida jamoaga jipslashtirish.

- shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori qo’yishga o’rgatish.

- jamoada bir-biriga mehr-oqibatli, muruvvat va sahiylik, do’stona hamkorlik mavjud bo’lsa, u katta tarbiyaviy kuchga aylanadi.

Kichik yoshdagi maktab o’quvchilar jamoalari tashkil qilishda o’qituvchidai turli-tuman usul va vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi:

1.O’qituvchi jamoa a`zolarini yangi sharoitga (maktabning I sinfidan boshlab) moslashuv davrida ularga ishonch, xurmat, xushmuomalalik, talablarni to’g`ri qo’ya bilish shu bilan birga o’quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bulish talab etiladi;

2.O’quvchilar jamoasidagi etaklovchi kuch tayanch o’zagini tanlash;

3.Jamoa a`zolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish;

4.Jamoada yangi an`ana, qonun-qoidalarni dastlabki kurtagini yaratish va unga amal qilish;

5.Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi.

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta`siri ko’p darajada o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoasininig xilma -xil ishlarni qanday yo’lga qo’yishlariga bog`liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlar har xil o’quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib keladi. Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir.

Tarbiya jarayonining mazmuni bolalarga beriladigan ma`naviy axloqiy bilimlar tizimi, ishonch, e`tiqod, intizom, xulq-atvorni bir butun holatini tashkil etadi. Mustaqil O’zbekistoning, istiqlol va istiqboli uchun fidoiylik ko’rsatuvchi avlodni tarbiyalash mazmuni tamoman o’zgacha xarakter kasb etmoqda:


  • fuqarolik demokratik jamiyatni barpo etish mohiyatini


    anglab oluvchi;
  • vatanini har doim turli oqimlardan himoya etuvchi;


  • diniy bag`rikenglik va mehr-muravvatli bo’lish;


  • davlat siyosatini tushunish unga fidoiy bo’lish;


  • o’zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash;


  • yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalashda;


  • maqsadni aniqligi va uni to’g`ri yo’naltirish madaniyati;


  • tarbiyachi-o’qituvchi va tarbiyalanuvchini hamkorlik faoliyati;


- o’zini anglash, mustaqil fikrlovchi e`tiqodligi va ixtiyorlik.

Maktabgacha ta`lim muassasa tarbiyachilarini tarbiyachilik faoliyati va uni amalga oshirish metodikasini «Uchinchi ming yillikning bolasi» qo’llanmasidan foydalanishni tavsiya etamiz.

Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maqsad, “Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoiyllari dasturi”dagi g`oyalarni bolalarning ongida o’ziga xos va mos ravishda singdiradi.

- Xalqimizning boy ma`naviy, an`ana, udum, urf-odatlar va ajdodlarimiz merosidan foydalanish.

- O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-e`tiqodni tarbiyalash.

- YUrt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash.

- Mehrli-muruvvatli va bag`ri kenglik.

Ayniqsa bog`cha va kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning ta`limiy- tarbiyaviy faoliyatlari o’ziga xos xususiyatga ega: o’quvchilarda hayotiy tajribalarning kamligi, o’quv-tarbiya jarayonida hodisalarga qiziqish, «yaxshi», «yomon» harakatlarga chuqur munosabat bildira olmasligi kabilar.

Boshlang`ich sinf o’quvchilarining dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish o’ziga xos qoidalarga egadir:




  1. Har bir sinf jamoasining tarbiyalangan darajasini o’rganish.


  2. O’quvchilarning oilavny hayoti, ota-onaning farzand tarbiyalashdagi burchi va vazifasini qanday his etishi.


  3. Kundalik o’zgarishlarga o’quvchilarshshg munosabati.


  4. O’quvchilarning sharqona milliy urf-odat, an`analar haqidagi bilim darajasi.


  5. Qomusiy ma`rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi zamon shoir, yozuvchilarning ijodiyotidan namuna bilishlari. Mazkur qoidalar bog`chada sodda holda qo’llaniladi.


Yuqoridagilarni aniqlashda suhbat, anketa usullaridan foydalanish o’rinlidir. SHundagina har bir o’qituvchi-tarbiyachilarning betakror, bir-biriga o’xshamagan tarbiyaviy tadbir rejalari bunyodga keladi. Bunday rejalar tarbiyaviy ta`sirga ega bo’lib maqsadga erishtira oladi.

Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari:


  1. Vatanga muhabbat va insonparvarlik.


  2. Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish.


  3. Ma`naviy tarbiya (axloq va odob).


  4. Iqtisodiy tarbiya.


  5. Ekologik tarbiya.


  6. Go’zallik tarbiyasi.


  7. Jismoniy barkamollik (sog`lom avlod uchun).


  8. Ota-onalar bilan ishlash.


YUqoridagi omillarni rejalashtirishda tanlanadigan mavzular quyidagi talablarga javob berishi kerak.




  1. Tarbiyaviy tadbirlar rejasi va undagi mavzular davr talabiga javob berishi.


  2. Tanlangan mavzular milshy va umuminsoniy qadriyatlar qamrovida bo’lishi.


  3. Tarbiyaviy tadbirlar uzviylik qoidasiga amal qilgan bo’lishi.


  4. Mavzular o’quvchilarning yoshi va bilim saviyasiga mos bo’lishi.


Tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirishda «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoiyllari» dasturi. O’zbekiston Respublikasi «Kamolot ijtimoiy harakati» dasturi mos qilib olindi. Quyidagi keltirilgan reja tahminiy bo’lib, o’z shart-sharoitingizga qarab ijodiy o’zgarishlar kiritish mumkin.

Tarbiyaviy tadbirlar rejalaridan namunalar

Dastlabki rejaga O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta`limi Vazirligi «Madaniy merosga - ixlos» yuzasidan tuzilgan Nizom asos qilib olindi, u quyidagi mazmunga ega:

1. Vatan g`ururi – kamolot mulkining asosi (I-II sinflar uchun).

a) tug`ilgan uy, ko’cha, shahar va o’lkalarining tarixi.

b) bir bolaga etti qo’shni ota-ona ekanligi.

v) atrof tabiatidagi o’simliklarning nomi va uni muhofaza qilish.

g) o’lka tarixiga oid (tarixiy, obidalar, kimlar yashagan, iqtisodiy boyligi, san`ati va kelajak rejalar) ma`lumotlar.

e) kindik qoni to’kilgan joyning tuprog`i aziz hissini singdirish.

2. Turmush madaniyati

a) sharqona oila.

b) ota-ona mehri, ularning borligidan fahrlanish.

v) oilada sharqona urf-odatlar, an`analar qonun va qoilalarga amal qilish.

g) qariyalar tarixini o’rganish, ularning yaxshi fazilatlari bilan chuqurlashish va g`amxo’rlik qilish.

d) turmush va bozor iqtisodiga sharqona munosabat uyg`otish.

e) jismoniy barkamollik va sport.

3. O’zbek tilining sofligi – xalq iftixori

a) har bir millatni ona tili va unga mehrli milliy g`ururini gul tojisi ekanligi (xalqning maqol, rivoyat, hikoyatlaridan foydalanish).

b) o’zbek tilnning tarixi, rivoji.

v) o’zbek tilining istiqboli.

g) «Til bilgani elni biladi» (dunyo tillarining mohiyati haqida).

d) millatlararo totuvlik.

4. O’zbek milliy urf odat, rasm-rusumlar va marosimlar

a) oilaviy urf-odatlar.

b) rasm-rusmlar va ularning tarixi.

v) marosimlar ularning turlari, tarixi va mazmuii.

III-IV-sinf o’quvchilari uchun Vatan g`ururi kamolot mulkiniig asosi:

a) O’zbekiston hududi va uning tarixi haqida ma`lumot.

b) O’zbekiston o’tmishdagi podshox va xonlar, ulardagi sifatlar.

v) O’zbekiston tabiati, hayvonoti va o’simlik olami.

g) o’tmish va mustaqil O’zbekiston.

d) butun dunyo o’zbeklari nima bilan faxrlanishlari.

e) O’zbekiston madhiyasida milliy g`urur.

Turmush madaniyati:

a) oilaning iqtisodi ildizi, uni boshqarishda oila a`zolarining hamjihatligi. Byudjet taqsimoti.

b) oilaviy an`analar va unga nisbatan sadoqat hissi.

v) oilaviy marosimlar. Oilaning har bir a`zosining o’rni va burchi.

g) oila istiqboliga hiyonat qilmaslik.

d) oila a`zolarining burchi.

e) zamonaviy oilaning shakli, ma`naviy go’zalligi. SHarqona oila jihozi. Sog`lom tan. Sport xonadon ko’rki.

O’zbek tili sofligi xalq iftixori:

a) tilning tarixini o’rganish. Dastlabki turkiy tilda yozilgan asarlarni o’rganish (Mahmud Qoshg`ariy, Alisher Navoiy).

b) tilshunos olimlar bilan uchrashuv.

v) sof o’zbek tili sirlari, til o’rganish haqida donolar hikmatlari.

g) SHarqona o’qishning ohangdorligi haqida ma`lumot berish.

d) SHarqshunoslik va til-adabiyotlar ilm maskanlariga tashrif buyurish.

Milliy urf-odatlari, rasm-rusmlar va marosimlar:

a) milliy urf-odatlari kelib chiqish tarixi, unga amal qilishning ijobiy tomonlari.

b) xalq folklor va yodgorliklarida rasm-rusum, irim-sirimlarni asoslab berilishi.

v) turli millat xalqlarining urf-odatlari va ularga munosabat.

g) ajdodlarimizning kiyinishi, yurish-turishiga o’zbekona munosabat bildirish. Hozirgi zamon talablari-chi? To’g`rimi?.

San`at va madaniyati me`morchiligi:

a) san`atning sharqona ko’rinishlari. Ajdodlarimiz san`ati tarixi.

b) san`at ustalari (o’tmish va hozir).

v) san`at maskanlari va uning turlari. san`atga munosabat.

d) milliy san`atning kelajagi.

e) me`morchilik tarixi. Madaniy me`morchilik koshonalariga sayohat va uni o’rganish.

yo) qo’li gul ustoz va shogirdlar hayoti va kelajagi.

z) me`morchilik ko’rinishlari (tanlab o’rganish).

Bobolardan bolalarga nasihat va pandlar:

a) o’zbek xalqining qadimiy yodgorliklari.

b) A.YAssaviy, Bahovuddin Naqshbandiy, G`azzoliy, Haziniylar ijodiyotida odob-axloq masalalari.

v) o’zbek shoiralarining pandlari. Zebiniso, Zavqiy, Nodira, Anbar Otin...

g) Zamonaviy shoir va shoiralar. Uchrashuv va kechalar tashkil qilish. Ularning ijodiyotiga tashabbus qilishga undash.

O’zbekona insoniy, yuksak axloqiy sifatlar

a) allomalarning o’g`il va qizlarga aytgan nasihatlari.

b) qizlik iffati, hayosi, g`ururi.

v) oila va jamoat mehnatiga to’g`ri munosabatda bo’lish.

g) inson go’zalligini anglatuvchi belgilar.





Yüklə 54,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin