Ikkinchi bob bo’yicha xulosa.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quv-chilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi. U o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbus-korligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning o‘ziga xosligi shundaki, to‘garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o‘smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Tarbiya, jamiyatdagi hodisa sifatida, o‘sib kelayotgan avlodning jamiyat hayotida, turmushi, ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati, ijodi va ma’naviyligida ishtirok etishi murakkab qarama-qarshi ijtimoiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. Ularning odam bo‘lishlari, rivojlanishlari va individualliklari, jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari muhim elementlari, shaxsiy baxtlarini yaratuvchilari bo‘lib ishtirok etadi. U ijtimoiy taraqqiyot va avlodlar ketma-ketligini ta’minlaydi.
Maktabda va sinfdan tashqari ishlar jarayonida o‘quvchi-larning bir-biriga hurmati, axloqiy sifatlari jamoa orasida shakllanib boradi. Bunda o‘quvchilarning bir-biriga bo‘lgan muomala madaniyati ham shakllanadi. O‘quvchi o‘qituvchiga taqlid asosida yoki do‘stlari orasida o‘rgangan tarbiyasi muomilasiga ta’sir qilishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilar orasida muomala madaniyatini shakllantirish uchun avvalambor o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan muomalasini, e’tiborini o‘rganishi kerak.
Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to‘ldiradi. Ularning dunyoqarashi to‘g‘ri shakllanishiga va axloqiy kamol topishiga ko‘maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarishi bilan bog‘lanishaga zamin yaratadi.
Sinf: 1
Fan: Matematika
Mavzu: 100 ichida ayirish
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarni 100 ichida qo’shish haqida egallagan bilimlarini mustahkamlash;
Tarbiyaviy maqsad: 100 ichida ayirish mavzusi haqida bilim berish;
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni matematika faniga qiziquvchanligini o’stirish, hamda “Sonlarni sanash, o’qish, yozish va hisoblash” va “Mantiqiy fikrlash” kopetensiyalarini shakllantirish.
Darsning turi: Aralash, savol-javob
Dars jihozlari: Mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, sonly kartochkalar, jadval va darslik bilan ishlash
Darsning borishi
Tashkiliy qism: Sinfxonaga kirgach, o’quvchilar bilan salomlashiladi. O’quvchilarning darsga tayyorligi nazoratdan o’tkaziladi. O’quvchilarning diqqati darsga jalb etiladi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
10 dan 100 gacha bo’lgan sonlarni o’ntalab yozing
10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90, 100
100, 90, 80, 70, 60, 50, 40, 30, 20, 10
Matematik diktant yozdirish:
10 dan 100 gacha bo’lgan sonlarni o’ntalab yozing;
70 bilan 9 ning yig’indisini yozing;
58 bilan 8 ning ayirmasini yozing;
60 sm bilan 90 sm ni taqqoslang.
O’quvchilar bu vazifani to’g’ri bajarganliklarini tekshirish uchun javobi doskaga yoziladi.
Yangi mavzu bayoni:
Darslik bilan ishlash.
O’quvchilarni 1-misoldagi jadval bilan tanishtirish.
Dostları ilə paylaş: |