Asosiy savollar:
Mikrobli va bakteriyalardan olinadigan entomapatogen preparatlarning ahamiyati
Zamburug’lar asosida olinadigan entomapatogen preparatlarni qo’llashning ahamiyati
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: mikrob, entomapatogen, entomologiya, biotsenoz, spora, ATF, mikoz, kutikula, virulent, gifa, kopidiya, ekzotoksin, endotoksin
Mavzuga oid muammolar:
Mikrobli va zamburug’li entomapatogen preparatlar ta’sirining ijobiy va salbiy muammolari.
1-Asosiy savol. Mikrobli va baktriyalardan olinadigan entomapatogen preparatlarning ahamiyati
Birinchi savol bo’yicha dars maqsadi: Mikrobli va bakteriyalardan olinadigan entomapatogen preparatlar va bakteriyalardan olinadigan entomapatogen preparatlar va ularning olinishi, qishloq xo’jaligida qo’llanilishi haqida talabalarga ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsad:
Mikrobli entomapatogen preparatlarning ahamiyatini tushunib oladi.
Bakteriyalardan olinadigan jntomapatogen preparatlarning tayyorlanishi va ishlatilishini tushunib oladi.
Birinchi asosiy savol bayoni
Mikrobli entomopatogen preparatlarning ahamiyati. O’simliklarning zararkunanda hashorotlardan himoya qilish uchun antibiotiklar bilan bir qatorda mikrobiologiya sanoatida patogen mikroorganizmlar (bakteriyalar, mikroskopik zamburug’lar, viruslar) asosida ham zararli hashorotlarga qarshi qo’llaniladigan preparatlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.
Zararlik hashorotlarning kimyoviy preparatlarga bo’lgan chidamliligi ortib borgan sari ularga qarshi yangi samaradorligi yuqori bo’lgan kurash choralarini izlab topish va qo’llash talab etilmoqda.
Hozirgi paytda turli hil mamlakatlarda 30 dan ortiq mikrobiologik entomopatogen preparatlar ishlab chiqarilmoqda. Bu preparatlar o’zining yuqori darajada faqat ma’lum turdagi hashorotlargagina ta’sir qilishi (spetsifikligi) va odamlarga ichchiq qonli hayvonlarga, qushlarga va foydali hashorotlarga umuman zararsizligi bilan harakterlanadi.
Tabiiy ajratib olingan mikroorganizmlar asosida olingan va mikrobli patogen preparatlar ko’rinishida yana qaytadan tabiatga tashlanadigan entomopatogen preparatlar biotsenozga hech qanday salbiy ta’sir qilmaydi va regiondagi ekologik holatni buzmaydi.
Mikrobiologiya sanoati quyidagi 3 guruh entomopatogen preparatlar ishlab chiqariladi.
Bacillus thuringiensis asosida tayyorlanadigan bakterial preparatlar – entobakterin-3, dendrobatsillin, insektin, toksobakterin.
Beauveria bassiana zamburug’i asosida tayyorlanadigan zamburug’li preparat boverin.
Yadro poliedrozi virusi asosida tayyorlanadigan virusli preparatlar – virin-ENSh, virin-EKS
Hamma mikrobli preparatlar kukun, pasta, dust, granula, kapsullangan poroshoklar yoki kristallar ko’rinishida ishlab chiqariladi. Turli hil formadagi bu preparatlarni ishlatish mobaynida ularning samaradorligini oshiruvchi emulgatorlar, erituvchi va yopishqoq qo’shilmalar ishlatiladi.
Bakteriyalardan olinadigan entomopatogen preparatlar. Sanoatda ishlab chiqariladigan hamma mikrobli patogen preparatlar ichida bakteriyali preparatlar eng ko’p ishlatiladigan va keng tarqalgan preparatlar hisoblanadi. Ular o’zlarining zararli hashorotlarga nisbatan yuqori darajadagi virulentligi, tevarak atrofdagi fauna va flora uchun umuman bezararligi, zararkunandalarga nisbatan etarli darajada yuqori tezlikda ta’sir qila olishi bilan ajralib turadi. Dunyo amaliyotida zararli hashorotlarga qarshi kurashda 160 dan ortiq entomopatogen bakterial preparatlardan foydalaniladi.
Hamma entomopatogen bakteriyalardan to’liqroq o’rganilgani grammusbat bakteriya Bac thuringiensis hisoblanadi. bu bakteriya hashorot tanasiga kirib, uning tanasida sentitsimiya yuzaga keltiruvchi spora hosil qilish bilan bir qatorda, uning asosida tayyorlangan preparatning samaradorligini oshiruvchi bir qator toksinli birikmalar hosil qiladi. Bu bakteriyalarda ishlab chiqariluvchi toksinli mahsulotlar orasida 4 hil komponent ajratiladi.
A) - ekzotoksin yoki S-fosfolipaza o’suvchi bakteriya xujayrasi mahsuloti.
B) - ekzotoksin yoki issiqlikka (termostabil) chidamli toksin. Bu toksin tarkibiga bir hil miqdorda adenin, riboza va fosfor kiradi. Uning ta’siri nukleotidaza va ATF bilan bo’lgan DNKga bog’liq RNK polimerazani ishini to’xtatib, RNK sintez bo’lishini to’xtatishga olib keladi. Toksin hashorotlarga bo’lgan keng ta’sir doirasi bilan xarakterlanadi, ayniqsa uning boshlang’ich rivojlanish davrida.
B) ekzotoksin. Bu hozirda kam o’rganilgan komponent bo’lib, identifikatsiya qilinmagan ferment. Bu toksinni ta’sir mexanizmi to’liq isbotlanmagan.
G) endotoksin yoki parasporali kristall endotoksin. Ularning o’lchami 0,5-1,3 dan 1x3,5 mam gacha o’zgarishi mumkin. Ular organik eritmalarda erimaydi. Kristallar 1000 S gacha qizdirilganda 30-40 mindan keyin parchalanadi va o’zlarining toksinli ta’sirini yo’qotadi. Kristallar kimyoviy tarkibi uglerod, azot, vodorod, kislorod, oltingugurt kabi moddalardan tashqari, yana 19 ta elementdan iborat. Binobarin, etarli miqdorda kaltsiy, magniy, mis, xrom, marganets ham mavjud bo’lib, fosfor deyarli yo’q. Kristallning tarkibiy yaxlitligi oqsillarning kremniy bilan bog’langanligi orqali ta’minlanadi.
Hozirgi vaqtda endotoksinning 12 serotiplari va 15 varianti aniqlangan. Ulardan entomopatogen bakterial preparatlar ishlab chiqarishda amaliy ahamiyatga ega bo’lganlari quyidagi 5 varianti hisoblanadi: 1 serotip – thuringiensis ga taaluqli turingienzis yoki berliner: 2 israelensis, 3 serotipga taaluqli alesti, 4 serotipga taaluqli – dendrolimus, 5-serotip – galleriae.
Muhokama uchun savollar
Mikrobli entomapatogen preparatlar
Mikrobli preparatlarning guruhlari
Bakteriyalardan olinadigan entomapatogen preparatlar.
, va ekzotoksin preparatlar
endotoksin preparatlar
Dostları ilə paylaş: |