Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»


-Asosiy savol. Zamburug’lar asosida olinadigan entomopatogen preparatlarning qo’llanilishi va ahamiyati



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə176/217
tarix12.10.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#154741
növüМетодические указания
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   217
portal.guldu.uz-MIKROBIOLOGIYa VA QIShLOQ XO’JALIGI BIOTEXNOLOGIYaSI

2-Asosiy savol. Zamburug’lar asosida olinadigan entomopatogen preparatlarning qo’llanilishi va ahamiyati
Ikkinchi asosiy savol bo’yicha dars maqsadi: Zamburug’lar asosida olinadigan entomapatogen preparatlar, ularning guruhlari, qo’llanilishi va ahamiyati haqida talabalarga ma’lumot berish
Identiv o’quv maqsad:

  1. Zamburug’lar asosida olinadigan entomapatogen preparatlarni bilib oladi.

  2. Zamburug’li preparatlarni guruhlaydi va ishlatilishini izohlaydi.

Ikkinchi asosiy savol bayoni
Zamburug’lar asosida olinadigan entomopatogen preparatlar. Zamburug’li entomopatogen preparatlar zararli hashorotlarda mikoz kasalligini tug’dirish orqali ularni nobud bo’lishiga olib keladi: Entomopatogen bakteriyalar va viruslarga nisbatan zamburug’lar quyidagi xos hususiyatga ega:
A) nobud bo’lish ovqat hazm qilish yo’llari orqali emas, balki bevosita kutikula orqali ro’y beradi.
B) xashorotlar o’zining g’umbak va imago rivojlanishi fazasida nobud bo’ladiki, bu boshqa mikroorganizmlar bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarda kuzatilmaydi.
B) zamburug’lar nisbatan tez o’sishi va juda katta reproduktiv qobiliyatiga egaligi bilan xarakterlanadi, entomopatogen aktivligini pasaytirmasdan spora holatida uzoq vaqtgacha tabiatda saqlanishi mumkin.
G) ayrim hashorot turlarini nobud qilishda yuqori darajada spetsifik bo’lib, binobarin ularning virulentligi sezilarli darajada ishlatiladigan zamburug’larni shtammiga bog’liq bo’ladi.
Zamburug’li preparatning hashorotga ta’siri sporalarning tana bo’shlig’iga teri orqali kirishidan boshlanadi. Xashorot tanasiga tushgan zamburug’ sporasi o’sib gifga aylanadi, keyin mitseliyga, qaysiki ulardan gifali tanachalar entomopatogen zamburug’larning infektsiyali birligini tashkil qiluvchi kopidiyalar ajralib chiqadi. Kopidiyalar o’sib chiqqandan keyin to hashorotlar nobud bo’lishigacha bo’ladigan oraliq vaqti hashorotlar katta kichikligiga qarab 2 sutkadan 8 sutkagacha davom etishi mumkin.
Beauveria avlodiga mansub zamburug’lardan preparatlar olish ularning B. Bassina vuill (60 ortiq turdagi xashorotlarni nobud qiladi) va B. Tenella (10 dan ortiq hashorotlarni nobud qiladi) turlari asosida sanoat miqiyosida preparatlar ishlab chiqarishga asoslangan.
Xozirgi paytda B. bassiana (Bals). Vuill ni gifamitseti konida sporasini tashkil qiluvchi zamburug’li entomopatogen preparat boverin ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yilgan. Tayyor holdagi bu preparat oq yoki kremsimon ko’rinishdagi poroshok bo’lib, 1gr preparat 1,5 dan 6 mlrd gacha konidiospora mavjud. Sporalar bilan bir qatorda boverin aktivligi zamburug’da sintez qilinadigan toksin – boveritsin bilan ham belgilanadi. Bu preparatni qo’llash dexqonchilikda qo’llaniladigan zaharli ximikatlarni 90 gacha qisqartirishga imkon beradi. Shu bilan birga preparat insonlar, issiq qonli hayvonlar uchun zararsizdir.



Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin