Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə111/217
tarix12.10.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#154741
növüМетодические указания
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   217
portal.guldu.uz-MIKROBIOLOGIYa VA QIShLOQ XO’JALIGI BIOTEXNOLOGIYaSI

Nаzоrаt tоpshiriqlаri:
3.1.Аtmоsfеrа аzоtining biоlоgik fiksаtsiyаsini izохlаng.
3.2.Silvеtsеr V.tаqdim etgаn аzоtаfiksаtsiyаlоvchi оrgаnizmlаrning simbiоzlаr sхеmаsini tushuntiring.
3.3.Аzоtning biоlоgik fiksаtsiyаlаnishidа qаndаy mikrооrgаnizmlаr ishtirоk etаdi?
3.4.Erkin yаshоvchi аzоtаfiksаtоr mikrооrgаnizmlаr hаqidа tushunchа bеring.
3.5.Bo’z tuprоqlаrdа erkin yаshоvchi аzоtаfiksаtоrlаrning qаysi vаkillаri uchrаydi?
3.6 . . . ..o’simliklаr ildizigа kirib . . . hоsil qilаdigаn bаktеriyаlаrgа tugаnаk bаktеriyаlаr dеyilаdi.
3.7.Tugаnаk bаktеriyаlаr turlаri vа biоlоgiyаsini tushuntiring.
3.8.Dukkаkli o’simliklаr ildizlаridа tugаnаk hоsil bo’lishini tushuntiring.
3.9.Ekinlаrni аlmаshlаb ekishdа tugаnаk bаktеriyаlаrning qаndаy rоli bоr?

7-MAVZU: OLTINGUGURT, FOSFOR, TEMIR VA BOSHQA BIRIKMALARNING MIKROORGANIZMLAR TOMONIDAN BOSHQA BIRIKMALARGA AYLANISHI.
Reja:

  1. Oltingugurt birikmalarining biologik tsikli.

  2. Anorganik oltingugurt birikmalarning oksidlanishi va qaytarilishi

  3. Fosfororganik organik birikmalar o’zgarishi

  4. Fosforli noorganik birikmalar o’zgarishi

  5. Tarkibida temir bo’lgan organik birikmalarning minerallanishi

  6. Temir birikmalarining oksidlanib-qaytarilishi

  7. Xulosalar.
Adabiyotlar: 1,7

1. Oltingugurt birikmalarning biologik tsikli. Oltingugurt ozuqa elementlaridan zaruriysidir. Tuproqda oltingugurt asosan sulfat (kaliy sulfat, kaltsiy sulfat, natriy sulfat, ammoniy sulfat) va sulfid (temir, natriy, rux va boshqa elementlar sulfidlari) holatida uchraydi. Oltingugurt oqsil tarkibiga kiruvchi metionin, tsistin, tsistein aminokislotalari tarkibiga kiradi va oqsil sintezida sulfgidrid boglari yordamida aminokislotalar, birikishini vujudga keladi. Bu oqsillar o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar hujayralarida mavjuddir. Oltingugurtning organik va anorganik shakllari tuproqda mikroorganizmlar ta’sirida turli o’zgarishlarga uchraydi, bunga tashqi muhit ta’siri ham bo’ladi. Bularning aylanishida asosan aerob Tiobakteriyalar va anaerob Disulfovibrio bakteriyalari ishtirok etadilar. O’simliklar sulfatni o’zlashtiradi va uni organik birikma tarkibiga o’tkazadi. Hayvonlar va bakteriyalar uni vodorod sulfidga aylantiradilar, oltingugurt bakteriyalari yana sulfat holatga aylantiradilar.
2. Anorganik oltingugurt birikmalari oksidlanishi va qaytarilishiga. qaytarilgan oltingugurtning faol oksidlovchilari tion bakteriyalarining ko’pgina turlari, fotosintezlovchi purpur va yashil oltingugurt bakteriyalari, tsianobakteriyalar hamda Batsillalar, Psevdomonas, aktimonomitsetlar va zamburuglar (penitsillium, Aspergillis) kabi xemoorganogeterotrof organizmlar. Tuproqda oltingugurtni oksidlovchi mikroblardan Tiobakteriyalar keng tarqalgandir. Oltingugurt oksidlanishi.
S---S2 O3-2----S4O62----- S3O62----SO32-----SO42-
tiosulfat tetrotionat tririonat sulfit sulfat
hosil bo’lishi bilan sodir bo’ladi. Hozirgi zamon tushunchasi bo’yicha muhitdan oltingugurt Triobakteriyalarning volyutin bilan to’lgan hujayra vakuolasiga diffuziya yo’li bilan kiradi va kerakli vaqtda uning muxtojligiga qarab oksidlanadi.
Tiobakteriyalar (T.denitrifikanasdan boshqalari) obligat aerob hisoblanadilar. Ular rangsiz bir hujayralik (Agromatkum, Tiobakterkum, Makromonas, Tiospira va x.k. avlod vakillari) sferik, ovalsimon, tayoqchasimon va egilgan shaklda, xarakatchan va xarakatsiz grammanfiy organizmlarga, shuningdek, ko’p hujayralik rangsiz ipsimon shakldagi ko’p (Beggiatoa, Tiorloka, Tiotrike avlodiga mansub) mikroorganizmlarga bo’linadi. Yuqoridagilar avlod vakillarining oltingugurtni oksidlanishi va organikmoddalaridan foydalanishi isbotlangan. Ammo, SO2 ni o’zlashtirishi isbotlangan emas.

Fotosintezlovchi purpur va yashil oltingugurt bakteriyalari ham oksidlanish qobiliyatiga ega. Ammo ular asosan vodorod sulfidli muhitda yashaganligi uchun, tuproqda katta rol o’ynaydilar.


Xemoorganogetrotrof organizmlar Batsilus Psevdomonas. Aktinomitsealar va ba’zi zamburuglar) kukunsimon oltingugurtni oksidlaydilar.
Oltingugurt sulfatli birikmalarni qaytaruvchi mikroorganizmlarga kelsak, ular ikki spora hosil qilmaydigan (Desulfovibrio) va spora hosil qiladigan (Desulfatomakulum) vakillaridir. Bulardan birinchi guruh obligat anaeroblar, Mezofil (optimal harorat 30o S), dengiz suvida chuchuk suvda, tuproqda uchraydilar. Ikkinchi guruh vakillari grammanfiy to’gri va egilgan tayoqchasimon bakteriyalar bo’lib, chuchuk suv, tuproq, issiq muhit, buzilgan maxsulot, hasharotlar ichagi va hayvonlar chandiqlarida uchraydilar. Ularda sulfatlarni vodorod sulfidgacha qaytariladi. Vodorod sulfid zaxarli suv, tuproqda ko’p yigilsa hayvonlar va o’simliklarni o’ldiradi.
Shu bilan birga bu organizmlar geologik jarayonlarda ahamiyatli, oltingugurtli rudalarni vodorod sulfid hosil qiladi va undan oksidlanish natijasida sanoat uchun zarur oltingugurt olish mumkin.

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin