Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə167/217
tarix12.10.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#154741
növüМетодические указания
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   217
portal.guldu.uz-MIKROBIOLOGIYa VA QIShLOQ XO’JALIGI BIOTEXNOLOGIYaSI

Muhokama uchun savollar:

  1. Hujayra muhandisligi haqida tushuncha

  2. Kallus to’qimasi qanday hosil qilinadi?

  3. Kelib chiqishi va o’sish sharoitiga ko’ra kallus to’qima turlari.

  4. Kallus to’qima umrini uzaytirish

  5. Aneuploid va poliploid xujayralar

  6. An’anaviy selektsiya va xujayra selektsiyasini taqqoslang.

  7. Hujayra selektsiyasining uslublari.



5-MAVZU: BIOTEXNOLOGIYADAN TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA FOYDALANISH
Texnologik xarita



Bosqichlar va bajariladigan ish mazmuni

Amalga oshiruvchi, vaqt

1

Tayyorlov bosqichi:
1.1 Darsning maqsadi: : talabalarga tuproq biotexnologiyasi, uning maqsadi, vazifasi va tuproq unumdorligini oshirishda tutgan o’rni haqida ma’lumot berish.
1.2 Identiv o’quv maqsadlar:
- tuproq biotexnologiyasining maqsadi va vazifasini bilib oladi.
- Tuproq unumdorligini oshirishda bakterial o’g’itlardan foydalanishni tushunib oladi.
- Azotli va fosforli baktrial o’g’itlar tayyorlanishini bilib oladi.
- O’zbekistonda ishlab chiqilayotgan mikrobli preparatlarni izohlaydi.
1.3 Darsda ko’riladigan muammolar:
1.3.1 Tuproq agrobiotsenozida foydali mikroorganizmlarni o’rganish muammosi.
1.3.2 O’simliklarni mikroorganizmlar bilan simbioz holda yashashini ta’minlash muammosi.
1.4 Asosiy tushuncha va iboralar: Tuproq biotexnologiyasi, metabolitik reaktsiyalar, rizosfera, rizoplan, fitotsenoz, mikrobtsepoz, azotabakterin, nitrogin, fosfobakterin, mikrobli o’g’it, azotfiksator.
1.5 Dars shakli: guruh va mikroguruhlarda.
1.6 Foydalaniladigan usul: suhbat, ma’ruza, tushuntirish, bahs, videousul
1.7 Kerakli jihoz va vosita: videoproektor, taqdimotlar.

O’qituvchi



2

O’quv mashg’ulotini tashkil qilish bosqichi.
2.1 Mavzu e’lon qilinadi.
2.2 Ma’ruza boshlanadi, asosiy qismlar, dars maqsadlari bayon qilinadi.

O’qituvchi 15 min.

3

Guruhda ishlash bosqichi.
3.1 Talabalarga muammoli savollar beriladi.
3.2 Talabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar bahsga chaqiriladi.
3.3 Umumiy xulosalar chiqariladi va to’g’riligi tekshiriladi.
3.4 Umumiy xulosaga kelinadi.

O’qituvchi – talabalar
40 min.

4

Mustahkamlash bosqichi.
4.1 Berilgan ma’lumotlarning talabalar tomonidan o’zlashtirilganligini aniqlash uchun savollar.
tuproq biotexnologiyasining asosiy maqsadi va vazifasi nima?
- Tuproq biotexnologiyasining yo’nalishlari.
- Tuproq unumdorligini oshirishdagi bakterial o’g’itlar.
- Azotli va fosforli bakterial o’g’itlar.
- O’zbekistonda ishlab chiqiladigan mikrobli preparatlar.
- “Er malhami” bioo’g’iti va uning ahamiyati

O’qituvchi – talabalar
15 min.

5

O’quv mashg’ulotlarini yakunlash bosqichi:
5.1 Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2 Mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
5.3 O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kirtadi.

O’qituvchi




Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin