Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə170/217
tarix12.10.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#154741
növüМетодические указания
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   217
portal.guldu.uz-MIKROBIOLOGIYa VA QIShLOQ XO’JALIGI BIOTEXNOLOGIYaSI

Muhokama uchun savollar:

  1. Tuproq unumdorligi nima?

  2. Tabiiy va foydali ya’ni effektiv unumdorlikni qanday tushunasiz?

  3. Tuproq unumdorligini oshirishda mikroorganizmlarning roli.

  4. Azot o’zlashtiruvchi mikroorganizmlar.

  5. Azotobakterin va nitrogen tarkibi va ahamiyati

  6. Fosfobakterin tarkibi va ahamiyati.



3-Asosiy savol. O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mikrobli preparatlar.
Uchinchi asosiy savol bo’yicha dars maqsadi: O’zbekistonda ishlab chiqiladigan mikrobli preparatlar, “Er malhami” va “mikrobli o’g’it” haqida talabalarga ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadi:

  1. O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mikrobli preparatlarni izohlaydi.

  2. “Er malhami” va “mikrobli o’g’it” biopreparatlarning tarkibi va ahamiyatini bilib oladi.

Uchinchi asosiy savol bayoni.
Hozirgi paytda O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mikroblik preparatlar. Mikroblik preparatlrdan yaxshi foyda olish uchun, ularning hususiyatlarini, tuproqqa bo’ladigan ta’sirini va tuproqni preparatga ta’sirini hamda ishlatish sharoitlarini bilish zarur. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan preparatlar Rossiya, Yaponiya, AQSh, Gollandiya va boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan va o’z mamlakatlarida yuqori samara bilan ishlatilib kelinmoqda. Ammo bu preparatlarni to’g’ridan to’g’ri O’zbekiston tuprog’ida ishlatish mumkinmi? Albatta yo’q!
Bunga asosiy sabab, mamlakatimizdagi yuqori harorat, tuproqnining sho’rlanganligi, suv tanqisligi va x.k. Buning ustiga har bir mikrobli preparat agrotexnikasiga ega bo’lish kerak. Shuning uchun ham O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya institutida mahalliy shtammlar (ular issiqlikka, sho’rga chidamli) asosida bir qator texnologiyalar yaratildi va bu texnologiyalar asosida tayyorlangan preparatlar mamlakatimiz qishloq xo’jaligida keng qo’llanilib kelinmoqda. Shulardan biri azotobakter xrokokkum asosida tayyo rlangan “Er malhami” preparati xozirgi paytda mamlakatimizning 120 dan ortiq xo’jaliklarida katta samara bilan ishlitilib kelinmoqda. Bu texnologiya asosida Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumanida bioazot zavodi qurilib ishga tushirilgan va faoliyat ko’rsatmoqda. Mikrobiologiya institutida yaratilgan “mikrobli o’g’it” tugunak bakteriyalar asosida tayyorlangan preparat bo’lib, soya o’simligi uchun keng qo’llanilib kelinmoqda. Bundan tashqari fosforli birikmalarning eruvchanligini oshirib berish hususiyatiga ega bo’lgan “FB-1” preparati sinovdan o’tmoqda.
Ilgarigi bakterial preparatlarning ta’siri faqat bir tomondan preparatga xos bo’lgan mikroorganizmni asosiy faoliyati bilan (azot yutish qobiliyati) bilan baholanar edi. Endilikda bunday peparatlarni mohiyati uni asosi bo’lgan mikroorganizmlarni har tomonlama faoliyati bilan belgilanmoqda.
Azotobakter, mikroorganizmlar assotsiatsiyasi yoki tugunak bakteriyalar faqatgina havodagi azotni yutibgina qolmasdan, o’zlaridan o’simlikning o’sishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan bir qator FFM ishlab chiqaradilar. Bir sharoitda mikroorganizmning faoliyati ikkinchi darajali bo’lsa, boshqa sharoitda asosiy bo’lishi mumkin.
Bakterial preparatlar o’simliklarni ba’zi bir kasalliklardan saqlashlari ham kuzatilgan. L.M. Dorosinskiy va A.A. Morgolarni fikricha tuganak bakteriyalar g’o’zani vilt bilan kasallanishini oldini oladi. E.N. Mishustinning yozishicha azotobakterlarni ba’zi bir turlari fungistatik hususiyatga ega bo’lgan moddalar sintez qiladi.
Fosfobakterin kungaboqar va zig’irni ba’zi bir kasalliklardan saqlaydi. Ko’p yillik tajribalar shuni ko’rsatdiki, mikrobli preparatlar hosildorlikni oshirishga xizmat qilsalarda, ular na organik va na mineral o’g’itlarning o’rnini to’laligicha bosa olmaydi. Faqatgina organik mineral o’g’itlar va bakterial preparatlardan to’g’ri foydalanilgandagina serhosil va sifatli mahsulot etishtirish mumkin bo’ladi.
Shuning bilan bir qatorda, ba’zi bir paytlarda bakterial preparatlardan faqat foyda olinmasdan hatto zarar ham kelishi mumkin. Bu faqatgina yoki preparatning sifati buzilganligi yoki qo’llash usullariga rioya qilinmaganligidan bo’lishi mumkin. Salbiy ta’sirlar bo’lmasligi uchun tayyorlangan preparatning sifatiga e’tibor berish zarur bo’lgan sharoitda esa tuproq holati, uning tarkibi, o’simlikning o’sish fazasi va boshqa bir qator faktorlarga diqqatni bergan xolda, biopreparatlarni ishlatish vaqti, normasi, agrotexnikasiga e’tibor qilishga to’g’ri keladi.
Chet eldan keltirilgan biopreparatlarni o’ziga yarasha kamchiliklari borligi to’g’risida yuqorida aytib o’tgan edik. 1997 yildan boshlab O’zFA Mikrobiologiya institutida soya o’simligiga spetsifik bo’lgan biopreparat “mikrobli o’g’it” nomi bilan chiqarila boshlandi. Dastlabki sinovlar preparat ta’sirida soyaning dukkaklar hosil qilishi ancha oishb, hosildorligi ko’tarilgani haqida dalolat berib turibdi.
Mikrobli preparatlar hosildorlikka bevosita ta’sir etishlari mumkin. Masalak, preparat urug’ bilan birga ishlatilganda ildiz atrofidagi mikroflorani o’zgartirib yuboradi. Bunday sharoitda mikroorganizmlarning umumiy soni ortadi va ba’zi guruh mikroorganizmlari orasidagi nisbat o’zgaradi. Ba’zi sharoitlarda azotobakter kaltsiy fosfatni erituvchi mikroorganizmlarning faoliyatini oshiradi tuproqdagi fosforni eruvchan tuzlari bilan boyitadi. Fosfobakterin esa azotli oziqlanishni kuchaytirish hisobida azotofiksator va nitrifikator bakteriyalarning faoliyatini oshiradi.

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin