Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment ”



Yüklə 125,5 Kb.
səhifə2/18
tarix17.09.2023
ölçüsü125,5 Kb.
#144463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejme

Kurs ishi maqsadi: Maktabgacha ta’lim bo’limlari tuzuzlishini usul va uslublarini o’rganish.
Kurs ishining ob’yekti : Maktabgacha ta’lim bo’limlari tuzulishini tashkil etish jarayoni
Kurs ishining predmeti : Maktabgacha ta’lim bo’limlari tuzulishida foydalangan shakl, metod va vositalari
Kurs ishi vazifasi:

  1. O’rganilyotgan muammo bo’yicha pedagogik – psixalogik, metodik adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish.

  2. Maktabgacha ta’lim bo’limlari faoliyatini amalyotdagi holatini o’rganish

  3. Maktabgacha ta’lim bo’limlari hamda ularning tuzulishini zamonaviy usullardan foydalanishi va samaradorligini o’rganish.

  4. Maktabgacha ta’lim bo’limlari ahamyatini asoslab berish

Kurs ishining tuzulishi: Kirish, 2 bob, 4 paragrf , bob yuzasidan xulosalar, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I BOB. MAKTABGACHA TA’LIM BO’LIMLARI VA ULARNING PEDAGOGIK ASOSLARI.

    1. Ilk bor Maktabgacha ta’lim bo’limlarining tashkil topishi.

O'zbekistonda maktabgacha ta'limi bo'limlari asosan 1917-1918-yillarda tashkil etila boshlandi. 1917-yil 20-noyabrda Maorif Xalq komissarligi "Maktabgacha ta'lim" yuzasidan dekloratsiyani e'lon qildi. Bu dekloratsiyada "bolalarni ijtimoiy-tekin tarbiyalash bolaning birinchi tug'ilgan kunidan boshlanadi” deyilgan edi. Maktabgacha ta'lim butun Xalq Maorifi tizimining birinchi bo'g'ini va tarkibiy qismi bo'lib qoldi. 1919-yilda qabul qilingan dasturda davlat tizimida maktabgacha ta'limning tutgan o'rni aniq belgilab berildi. Qabul qilingan dasturning 12-bo‘limida Xalq Maorifi sohasida quyidagi vazifalar qabul qilingan edi. Birinchidan, ijtimoiy tarbiyani yaxshilash va xotin-qizlarni ozod qilish maqsadida maktabgacha ta'lim muassasalari tarmoqlarini: yaslilar, muassasalar va shunga o'xshashlarni vujudga keltirish haqida yozilgan edi. Bu yillarda Xalq Maorifi Komissarligi oldida davlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmoqlarini vujudga keltirish, metodik ko'rsatmalar ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash va boshqa mas'uliyatli vazifalarni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. 1918-yil 20-oktyabrda Turkiston Maorif Xalq Komissarligi qoshida respublikadagi maktabgacha ta'lim sohasida barcha tadbirlarni amalga oshirish uchun ma'muriy organ sifatida "Maktabgacha ta'lim bo'limi" tashkil qilindi. Shu yillarda viloyat Xalq Maorifi bo'limlarining ko'pchiligi qoshida maktabgacha kichik bo'limlar tashkil etilgan edi. Bu tadbir Butun Respublikada maktabgacha ta'limning jonlanishiga yordam berdi. Maktabgacha ta'lim bo'limlarining ishi uch asosiy yo'nalishida olib borildi: Maktabgacha ta'lim muassasalari ochish, ularni binolar, mebel va jihozlar bilan ta'minlash; Maktabgacha ta'lim xodimlari, shu jumladan, mahalliy millatlardan kadrlar tayyorlash; Ota-onalar o'rtasida tashviqot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Maktabgacha ta'lim Nizomi ishlab chiqilib, unda: "Maktabgacha ta’lim bo'limi 3 yoshdan 8 yoshgacha bo'lgan maktabgacha ta'lim muassasalariga boshchilik qiladi, mavjud muassasalar ishining borishini kuzatadi, yangi maktabgacha ta'lim muassasalari, yaslilar, bolalar uylari, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun umumiy yotoqkabinetlar, bolalar yozgi koloniyalari ochadi, maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari, enagalar va umuman o'sha aytilgan muassasalarning ta'lim-tarbiya qismiga xizmat ko'rsatish uchun kadrlar tayyorlash maqsadida kurslar tashkil qiladi”. Ushbu Nizomni ishlab chiqish maktabgacha ta'lim muassasalari ishlarini, shuningdek, mashg'ulotlarning taxminiy dasturini va maktabgacha ta'lim muassasasida suhbatlar o'tkazish hamda taxminiy kun tartibi tuzishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Maorif Xalq komissarligining maktabgacha ta'lim bo'limi va viloyat Xalq Maorifi bo'limlarining maktabgacha ta'lim instruktorlari tashkilotlari, mahalliy kengashlar va xotin- qizlar bo'limlari yordamida katta tashkiliy ishlar olib bordilar. Ular maktabgacha ta'lim muassasalari uchun binolar qidirib topib, bolalarga xos mebel tayyorlash uchun ustakabinetlarga buyurtmalar taqsimlar, tarbiyachilar bilan ta’minlar edilar. O'sha vaqtda o'rta maktabni bitirgan qizlar (qisqa yo'l-yo'riq, ko'rsatmadan so'ng) o'qituvchilik, onalar maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilinar edi. Turkiston Respublikasining maktabgacha ta’lim xodimlari uchun 1921-yil aprel oyida bo'lib o'tgan anjumani muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Bu anjumanda mahalliy, ya'ni mahallalar bolalarning maktabgacha ta'lim muassasalariga jalb etish juda sust olib borilayotganiga, qishloq joylarda maktabgacha ta'lim muassasalarga borishi zarurligi ilgari surildi. Bu ishlarda Xalq maorifi bo'limlari oldiga quyidagi vazifalar yuklatildi: Tub joy aholi uchun mavjud ayol rahbarlar boshchiligida darhol maktabgacha ta'lim muassasalari ochish; Tub joy xotin-qizlarini amaliyotchilar sifatida maktabgacha ta'lim muassasalarida ishlashga keragicha jalb etish; Namunali bolalar muassasalari qurishga; Ota-onalar uchun yig'ilishlar o'tkazish va ularni choyga chaqirib turishga, ota-onalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga kelib turishlarini yo'lga qo'yish to'g'risida qaror qabul qilindi. Respublika Maorifi Xalq Komissarligining maktabgacha ta'lim bo'limi asosiy qoidalar ishlab chiqib, bu qoidalarni joylarda maktabgacha ta'limni yo'lga qo'yishda asos bo'lmog'i kerak edi. Xalq Maorifi bo'limlari qoshida viloyat territoriyasidagi hamma ishlarni birlashtiruvchi, koordinatsiya qiluvchi va yo'llovchi maktabgacha ta'lim bo'limi tashkil etildi. Viloyat mahalliy tashkilotlari maktabgacha ta'lim g'oyalarini keng tashviqot qilish yo'li bilan ota-onalar kengashlari tashkil etdilar. Viloyatdagi barcha maktabgacha ta’lim ishlarining markazi bo'lgan viloyat maktabgacha bo'limlari ishni to'g'ri yo'lga qo'yish maqsadida joylarda maktabgacha ta'lim seksiyalari tuzildi. Maktabgacha ta’lim bo'limi maktabgacha ta'lim muassasalarining ko'p qismini katta tuzib bolalar o'yinlariga aylantirishdi. Farg'ona, Samarqand va boshqa viloyatlarda maktabgacha ta'lim bo'limlarining ishi yaxshilandi. 1919-yil yozida Turkiston Respublikasida Maorif Xalq Komissarligining Qaroriga muvofiq Pedagogika toifasi vujudga keltirildi, bu toifa qoshida birinchi maktabgacha ta'lim kabineti tashkil qilindi. Uning vazifasi maktabgacha ta’lim xodimlariga doimiy va malakali metodika yordami ko'rsatib borishdan iborat edi. Kabinet qoshida maktabgacha ta'lim muassasasi burchagi tashkil etilib, mebel qo'yilgan edi, tokchalarga ko'rgazmalar, o'yinchoqlar, mashg'ulotlar uchun kerakli bo'lgan turli materiallar, bolalar yasagan narsalarning namunalari terib qo'yilgan edi. Maktabgacha ta'lim kabineti tez orada amaliy tajribalarni o'rtoqlashish uchun tayanch maktab bo'lib qoldi. Kabinetda maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari uchun adabiyot, bolalar badiiy adabiyotlarining namunalari paydo bo'ldi 1920-yil 18 yanvar oyida Maorif Xalq Komissarligi Toshkentda o'lka uch oylik kursi tashkil qilindi, bu kursda maktabgacha ta'lim nazariyasi, psixologiya, gigiyena asoslari o'qitilar edi. Xalq Maorifi tizimi tezkor sur'atda rivojlanib borib, endilikda O'zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimi bo'g'inlarining ish faoliyati, mazmuni, uning vazifalari o'zgacha qiyofa kasb etmoqda. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyat va Maktabgacha ta'lim boshqarmalari, tuman Maktabgacha ta'lim bo'limlari maktabgacha ta'limni boshqa- rishning vakolatli organlari hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim muasssasalarini boshqarish xalq deputatlari Kengashi qoshidagi Xalq kengashining vazifasiga kiradi. Viloyat, shahar, tuman Maktabgacha ta’lim boshqarmasi kengashi a'zolari turli xildagi maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini rivojlanishini ta'minlaydi. U maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy texnik bazasini mustahkamlash, yangi muassasalarni qurish, mablag' bilan ta'minlash, kadrlar tanlash ishlariga yordam beradi. Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yo'lga qo'yadi, metodik materiallar bilan ta'minlaydi. Idoralar jamoat tashkilotlari hamda shaxsiy tashabbuslarning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Alohida olingan maktabgacha ta'lim muassasasining ishidagi kollegional, demokratik usullarga yordam berish va qo'llash, uning mustaqilligini oshirish maqsadida jamoatchilik asosida ish olib boradi va kengashida ko'riladi. Kengash homiylik qiluvchi muassasalarning eng faol va manfaatdor bo'lgan xodimlardan, ota-onalar jamoatchiligidan, maktab vakiilaridan, maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlaridan tibbiy yordam xizmatchilaridan, mahalla qo'mitasi vakiilaridan iborat bo'ladi. Ta'limning mablag'i davlat mablag'idan tashkil topadi. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim bo'limi maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan boshqariladi. Maktabgacha ta'lim boshqarmasining ish mazmuni tegishli boshqarma bo'limlari orqali rahbarlik ishlarini olib borish, tashkiliy-pedagogik hamda metodik ishlarga rahbarlik qilish, maktabgacha ta'lim rivojining asosiy yo'nalishlarini aniqlash, viloyat, tuman, shahar Maktabgacha ta'lim bo'limlari maktabgacha ta'lim boshqarmalari tomonidan maktabgacha ta'limga rahbarlik qonun, me'yoriy, instruktiv, metodik- dasturiy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish, ichki mehnat tartibi to'g'risida nizom, yo'l-yo'riq va qoidalarni ishlab chiqish (kasaba uyushmasi hamkorligida) muassasalar tarmog'i taraqqiyotining istiqboli, yillik xalq xo'jalik va davlat rejalarini tuzishda, kapital qurilish, xodimlar tayyorlash, pedagogik mahoratni oshirish va uni nazorat qilishda ishtirok etadi; tipovoy shtatlar loyihasini ishlab chiqish, uskunalar va o'quv-ko'rgazma qo'llanmalariga bo'lgan talabni aniqlash, uskunalar va pedagogik qo'llanmalar namunalarini tasdiqlash, bolalar hayoti va sog'ligini saqlash bo'yicha tadbirlar ishlab chiqish, uning bajarilishini nazorat qilish, eshitish organlari va nutqi buzilgan bolalar ishini tashkil etish. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni tarbiyalash nazariyasi va amaliyot masalasida chet mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, aholi tomonidan tushadigan ariza, xatva shikoyatlarni ko'rib chiqish vakolatiga ega. Metodik va ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish, pedagog hodimlar malakasini oshirish instituti, rahbar xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti bilan hamkorlikda tipovoy dastur, metodik qo'llanmalar, tavsiyanomalar, ko'rsatmalar ishlab chiqish, vatanimiz fani yutuqlarini, ilg'or ish tajribalarini o'rganish va tashviqot qilish, maktabgacha ta'lim sohasi bo'yicha chet el va hamdo'stlik davlatlari pedagogika fanini o'rganish. Respublika Vazirliklari rahbar xodimlari va maktabgacha ta'lim sohasida ishlaydigan boshqa xodimlarning pedagogik malakasini oshirish bo'yicha ishlarni tashkil qiladi. Tashkiliy va pedagogik masalalarga bag'ishlangan respublikalararo tadbirlarni tayyorlash va o'tkazishni tashkil etadi, Ilmiy-amaliy anjumanlar, pedagogik o'qishlar, seminarlar, avgust anjumanlarini tashkil etadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi 2017-yil 30-sentyabrdagi PQ-3305-son qaroriga muvofiq Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi1. Vazirlik maktabgacha ta'lim sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Vazirlik O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo'ysunadi. Vazirlik o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g'risida”gi 2017-yil 30-sentyabrdagi PF- 5198-son Farmoniga va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi 2017-yil 30-sentyabragi PQ-3305-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi. Vazirlik o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitut- siyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va

_____________________________


1 O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim vazirligi to'g‘risida"gi Nizom. - Т., 2017 21-noyabr.


    1. Yüklə 125,5 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin