Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment ”


Seminar mavzulari taxminan quyidagicha bo'lishi mumkin



Yüklə 125,5 Kb.
səhifə16/18
tarix17.09.2023
ölçüsü125,5 Kb.
#144463
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejme

Seminar mavzulari taxminan quyidagicha bo'lishi mumkin:

  • yasli va bog'cha yoshdagi bolalar psixofiziologik xususiyatlari (seminarni pediatr shifokor yoki psixolog olib boradi);turli faoliyat turlarida bolalarga individual yondashish usullari;

  • maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni vatanparvarlik va baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash omillari;

  • tarbiyachining bolalar bilan munosabatlarining o'ziga xos jihatlari va hokazo.

Ma'ruzalar
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining g'oyaviy- siyosiy, ma'naviy-mafkuraviy, madaniy va ishlash malakalarini o'stirish uchun ijtimoiy-siyosiy, ta'lim-tarbiya, ma'naviy- ma'rifiy mavzular bo'yicha o'tkazilishi mumkin. Bunday tadbirlar maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari bilimi va dunyoqarashini kengaytiradi, siyosiy va ma'naviy jihatdan yetuk bo'lishiga xizmat qiladi. Bu maqsadga erishish uchun ma'ruzalar yuksak ilmiy-g'oyaviy saviyada, amaliyot bilan uzviy bog'liq holda o'tkazilishi talab etiladi.
O'z ustida ishlash
Bu - maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarining o'z ustida tinimsiz ishlashi, kasb mahorati va malakasini, g'oyaviy- siyosiy saviyasini oshirib borish borasidagi faoliyatining keng tarqalgan shakllaridan biri. Maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari ish rejasida maktabgacha ta'lim bo'yicha nazariy-amaliy masalalarni chuqur o'zlashtirish, maktab ta'lim dasturini, uslubiy adabiyotlarni o'rganish o'z ifodasini topadi. Yillik rejada ish jarayonida qiyinchilik keltirib chiqargan bir yoki bir necha mavzu aks ettirilib, bunda nafaqat tegishli mavzularni, balki tegishli ilmiy-uslubiy adabiyotlarga tayangan holda qiyinchilik tug'dirgan masalalarni o'rganishga ham alohida e’tibor beriladi. Mudira kasaba uyushma raisi bilan birgalikda o'z ustida ishlashni qanday tashkil etish, bu tadbirlarni tizimli, aniq reja asosida olib borish yo'1-yo'riqlarini belgilashi lozim. Bunda tashkiliy-pedagogik vazifalarni amalga oshirishda zarur shart-sharoit, o'quv-uslubiy adabiyotlar, bajaruvchi - javobgar shaxslar aniq belgilanishi va ularning bajarilishi mudira tomonidan nazorat etib borilishi kerak. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkil etiladigan ochiq eshiklar kuni g'oyat ahamiyatlidir.

Yüklə 125,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin