Metodikasida interfaol metodlardan foydalanish



Yüklə 71,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix14.12.2023
ölçüsü71,44 Kb.
#179970
1   2   3   4
boshlang-ich-sinflarda-matematika-o-qitish-metodikasida-interfaol-metodlardan-foydalanish

“Fikrlarning shiddatli hujumi” metodi 
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
134


“Fikrlarning shiddatli hujumi” metodi Ye.A.Aleksandrov tomonidan asoslangan 
hamda G.Ya.Bush tomonidan qayta ishlangan. 
Metodning mohiyati quyidagidan iborat: 
-
jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir o‘quvchining 
shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish; 
-
o‘quvchilarda ma’lum jamoa tomonidan bildirilgan fikrga qarshi g‘oyani 
ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iborat.
 
“Fikrlarning shiddatli hujumi” metodidan foydalanishga asoslangan 
mashg‘ulot quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi: 
1-bosqich:
Ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan o‘quvchilarni o‘zida 
biriktirilgan hamda son jihatdan teng bo‘lgan kichik guruhlarni shakllantirish; 
2-bosqich:
Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki topshiriqlar 
mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash; 
3-bosqich:
Guruhlar tomonidan muayyan g‘oyalarning ishlab chiqilishi 
(topshiriqlar hal etilishi); 
4-bosqich:
Topshiriqlarning yechimlarini muhokama etish, ularni to‘g‘ri hal 
etilganligiga ko‘ra turkumlarga ajratish; 
5-bosqich:
Topshiriqlarning yechimlarini qayta turkumlashtirish, ya’ni ularning 
to‘g‘riligi, yechimni topish uchun sarflangan vaqt, yechimlarning aniq va ravshan 
bayoni etilishi kabi mezonlar asosida baholash
6-bosqich:
Dastlabki bosqichlarda topshiriqlarning yechimlari yuzasidan 
bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular borasida 
yagona xulosaga kelish. 
Metodni qo‘llash jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi: 
-
o‘quvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta o‘zlashtirilishiga 
erishish; 
-
vaqtni iqtisod qilish; 
-
har bir o‘quvchini faollikka undash; 
-
ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirish. 
“6x6x6” metodi 
“6x6x6”
 
metodi yordamida bir vaqtning o‘zida 36 nafar o‘quvchini muayyan 
faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek
guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish 
mumkin. Bu metod asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotda har birida 6 nafardan 
ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga tashlangan muammoni 
muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach o‘qituvchi 6 ta guruhni qayta 
tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan 
vakil bo‘ladi. Yangidan shakllangan guruh a’zolari o‘z jamoadoshlariga guruhi 
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
135


tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va 
mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar. 
“6x6x6” metodining afzallik jihatlari quyidagilardir: 
-
guruhlarning har bir a’zosining faol bo‘lishiga undaydi; 
-
ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi; 
-
guruhning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko‘nikmalarini hosil 
qiladi; 
-
ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o‘z fikrini 
himoya qilishga o‘rgatadi. 
Eng muhimi, mashg‘ulot ishtirokchilarining har bir qisqa vaqt (20 daqiqa) 
mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma’ruzachi sifatida 
faoliyat olib boradi. 
Ushbu metodni 5, 6, 7 va 8 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lgan bir necha 
guruhlarda qo‘llash mumkin. Biroq yirik guruhlar o‘rtasida “6x6x6”
 
metodi 
qo‘llanilganda vaqtni ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi. Chunki bunday mashg‘ulotlarda 
munozara uchun ham, axborot berish uchun birmuncha ko‘p vaqt talab etiladi. So‘z 
yuritilayotgan metod qo‘llanilayotganda mashg‘ulotlarda quruhlar tomonidan bir yoki 
bir necha mavzuni qilish imkoniyati mavjud. 
“6x6x6”
 
metodidan ta’lim jarayonida foydalanish o‘qituvchidan faollik, 
pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish 
layoqatiga ega bo‘lishni talab etadi. Guruhlarning to‘g‘ri shakllantirmasligi topshiriq 
yoki vazifalarning to‘g‘ri hal etilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bu metod yordamida mashg‘ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi: 
1.
O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul 
qo‘yib chiqadi. 
2.
O‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo‘linadi. O‘quvchilarni 
guruhlaga bo‘lishda har o‘rindiqni nomlab, nomlangan varaqchalarni olganlar o‘z 
o‘rinlariga joylashadilar. 
3.
O‘quvchilar joylashib olganlaridan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulot mavzusini 
e’lon qiladi va guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. Ma’lum vaqt belgilanib
munozara jarayoni tashkil etiladi. 
4.
O‘qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o‘rinlarda guruh 
a’zolariga maslahatlar beradi, yo‘l-yo‘ruqlar ko‘rsatadi hamda guruhlar tomonidan 
berilgan topshiriqlarning to‘g‘ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng 
guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so‘raydi. 

Yüklə 71,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin