Metodlardan foydalanish



Yüklə 146,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix23.06.2022
ölçüsü146,8 Kb.
#62189
1   2
641-Article Text-1467-1-10-20201103

“Fikriy hujum” metodi. Mazkur metod o‘quvchilarning darslar jarayonidagi
faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir xil
fikrlash inertsiyasidan ozod etish, muayyan mazvu yuzasidan rang-barang g‘oyalarni
to‘plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida
paydo bo‘lgan fikrlarni yengishga o‘rganish uchun xizmat qiladi. 
“6x6x6” metodi. “6x6x6” metodi yordamida bir vaqtning o‘zida 36 nafar
o‘quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal
etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning
qarashlarini bilib olish mumkin. Bu metod asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotda
har birida 6 nafardan ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga
tashlangan muammoni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach
o‘qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida
avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo‘ladi. Yangidan shakllangan guruh a’zolari o‘z
jamoadoshlariga guruhi tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani
bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar. 
“Klaster” metodi. Klaster (g‘uncha, bog‘lam) metodi pedagogik, didaktik
strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, u o‘quvchilarga ixtiyoriy muammolar xususida
erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga
yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida
fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. 
“Klaster” metodi aniq ob’ektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan
foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga
oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o‘quvchilar tomonidan chuqur hamda
puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini
ta’minlashga xizmat qiladi. 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 1
393
www.openscience.uz


Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar va o‘quvchilar tomonidan
bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa ilgari surilgan
g‘oyalarni umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi. 
“Zakovatli zukko” metodi. Mavjud bilimlarni puxta o‘zlashtirishda
o‘quvchlarning fikrlash, tafakkur yuritish layoqatlariga egaliklari muhim ahamiyatga
ega. “Zakovatli zukko” metodi o‘quvchlarda tezkor fikrlash ko‘nikmalarini
shaklalantirish, shuningdek, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi.
Metod o‘z bilimlarini sinab ko‘rish istagida bo‘lgan o‘quvchlar uchun qulay
imkoniyat yaratadi. Ular o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa muddatlarda
to‘g‘ri va aniq javob qaytara olishlari zarur. Savollarning murakkablik darajasiga
ko‘ra har bir savolga qaytarilgan to‘g‘ri javob uchun ballar belgilanadi. 
Metod o‘quvchlar bilan yakka tartibda, guruhli va ommaviy ishlashda birdek
qo‘llanilishi mumkin. 
“Charxpalak” metodi. “Charxpalak” texnologiyasidan o‘quv mashg‘ulotlarining
barcha turlarida, dars boshi va oxirida, biror bo‘lim tugatilganidan keyin, o‘tilgan
mavzularni o‘zlashtirganlik darajasini baholashda, takrorlash, mustahkamlash, oraliq
va yakuniy nazoratlarni o‘tkazishda foydalanish mumkin. Mashg‘ulotlarni yakka va
guruh shaklida tashkil etsa bo’ladi. Qolaversa, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish
shakllarini qamragan holda turli mazmun va xarakterga ega mavzularni o‘rganishda
ham asqotadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar
1. “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qarori (1999 yil 16 avgust) //Xalq ta’limi j. 1999. № 5 
2. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Qarshi. Nasaf. 2000. 
3. Tolipov O‘. Q., Usmanboyeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va
amaliyot. - Toshkent: “Fan”. 2005. 
4. Sherqulov. M . Ma’ruza matni dan, Toshkent: 2012. 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 1
394
www.openscience.uz

Yüklə 146,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin