Metonimiya va sinekdoxa metonimiya usuli bilan ma’no ko’chishi



Yüklə 0,53 Mb.
tarix10.05.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#56963
Tamanno

METONIMIYA VA SINEKDOXA

Metonimiya usuli bilan ma’no ko’chishi

Metonimiya – yunoncha so’z

bo’lib, “qayta nomlash ” degani. Metonimiya

ham ma’no ko’chish usullaridan biri bo’lib, bunda

“bir predmetning, belgining ,

harakatning nomi boshqasiga o’xshashlik asosida

emas, bog’liqlik asosida

ko’chiriladi

Bu usul bilan nom ko'chilishda tashqi,

ichki belgidagi o'xshashlik hisobga

olinmaydi balki ular orasidagi doimiy

aloqaning mavjudligi hisobga olinadi,

shunga ko'ra quyidagi ma'nolarni

ifodalaydi:

1) o'rin munosabati

(ko'za, piyola. samovar)

masalan, to'ldirib qo'y

qadahlarni, yangrasin gulyor

(qo'shiq)

2) joy, tashkilot so'zidagi doimiy

aloqaga ko"ra (shahar,tashkilot):

Ko'zimning oldidan o'tadir g'amgin ,

Navoiy tobutin ko’targan Hirot.

(A.O.)

3) muallif bilan asari orasidagi doimiy aloqa:

Fuzuliyni oldim qo'limga

Majnun bo'lib yig'lab qichqirdi

Va Navoiy tushib yo'limga

Faryod bilan o‘rnidan turdi (H.O.)

4). Boshqa hodisalar bilan uzviy aloqa asosida ko'chadi:

O'n to'qqizga chiqasan bugun ,

Uzoqdaman. Yo'q menda toqat (H.O.)

Adabiyotlarda “ko’plik o’rnida birlik yoxud birlik o’rnida ko’plik shakllarini qo’llash yo’li bilan

ham sinekdoxalar yaratilishi mumkin. Masalan, qo’limni kesib oldim, daraxtlar sarg’aydi

birikmalarida butunning nomi bilan bo’lak; tirnoqqa zor, jamoaning qo’li baland keldi kabi

birikmalarda qismning nomi butun bilan ifodalanayapti.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin