Metrologiya, standartlashtirish va sifatni



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   162
1666003133-1

METROLOGIYA FAOLIYATIGA
DOIR TAYANCH TUSHUNCHALAR VA
BILIMLAR
2.1. O ‘zbekiston Respublikasining «Metrologiya to ‘g ‘risida»gi
Qonuni
O ‘zbekiston Respublikasi O ‘lchashlar birliligini ta’minlash tizi-
mining huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasining metrologiya
sohasidagi qonunlari va hujjatlaridan iborat.
1993-yil 28-dekabrda O ‘zbekiston Respublikasining 1004-XII-
sonli «Metrologiya to ‘g ‘risida»gi Qonuni (keyinchalik — Qonun)
qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekistonda o ‘lchashlar birli­
ligini ta’minlash tizimi (O‘z O‘BTT)ning qonuniy asosi yaratildi.
Qonun 5 ta bo‘lim, 21 ta moddadan iborat bo‘lib, qonunning
bo‘limlari quyidagicha nomlanadi:
I bo‘lim. Umumiy qoidalar;
II bo‘lim. O‘lcham birliklari, ularni qayta hosil qilish va qo‘llash;
III bo‘lim. O‘zbekiston Respublikasining metrologiya xizmatlari;
IV bo‘lim. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati;
V bo‘lim. Metrologiya ishlarini moliyaviy ta’minlash.
Qonunning I bo‘limi 1—4-moddalar va 4-moddaga qo‘shim-
cha moddadan tashkil topgan bo‘lib, u asosiy tushunchalar; metro­
logiya to‘g ‘risidagi qonun hujjatlari; xalqaro shartnomalar va bitim-
lar; metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish;
o ‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid me’yoriy
hujjatlarga bag‘ishlangan.
Qonunning II bo‘limi 5—8-moddalardan tashkil topgan bo‘lib,
bu moddalar fizik o ‘lcham birliklari; fizik o ‘lchamlar birliklarining
etalonlari; o ‘lchov vositalari, o ‘lchovlarni bajarish uslubiyotlariga
bag‘ishlangan.
Qonunning III bo‘limi 9—11-moddalardan tashkil topgan va
unda O ‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi;

Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin