Metrologiya, standartlashtirish va sifatni


bo‘lgan qator masalalarni o ‘z ichiga oladi. Metrologiya aslida



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162
1666003133-1

bo‘lgan qator masalalarni o ‘z ichiga oladi. Metrologiya aslida
yunonchadan olingan bo‘lib, o ‘lchash, o ‘lcham, nutq, mantiq,
ilm yoki fan ma’nolarini bildiradi. Umumiy qilib olinadigan bo‘-
linsa, metrologiya — o ‘lchashlar haqidagi fan.
Inson aql-idroki, zakovati bilan o ‘rganayotgan, shakllantira-
yotgan hamda rivojlantirgan qaysi fan, uning yo‘nalishini olmaylik,
albatta, o ‘lchashlar, ularning turli usullari, o ‘zaro bog‘lanishlariga
duch kelamiz. Bu o ‘lchash usullari va vositalari yordamida ularning
birligini, yagona o ‘lchashni talab etilgan aniqlikda ta’minlash metro­
logiya fani orqaligina amalga oshiriladi. Shu sababdan hozirdagi
qaysi bir fan, ilmiy yo‘nalish, u xoh tabiiy, xoh ijtimoiy bo‘lmasin,
albatta, u yoki bu darajada metrologiya bilan bog‘liq. Inson qo‘li
yetgan, faoliyati doirasiga kirgan, ammo o ‘lchashlar va ularning
vositalari yordamisiz o ‘rganilgan, izlangan hamda ko‘zlangan maq-
sadlarga erishish mumkin bo‘lgan birorta yo‘nalish yo‘q. Shuning
uchun ham metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish
sohasida asosiy tushuncha va qoidalarini bilish, uni o ‘z mutaxas-
sisligi doirasida tushunish va amaliy qo‘llash texnika va texnologiya
sohalaridagi tayyorlov yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun muhim
omillardan biri hisoblanadi.
«Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish» fani
texnika, menejment va marketing sohalari yo‘nalishlarida talabalar
va mutaxassislarni tayyorlashda o ‘tilishi lozim bo‘lgan fanlardan
5


hisoblanadi. Ta’lim andozasidan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda
metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish bo‘yicha zarur

Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin