Metrologiya, standartlashtirish va sifatni


Cheklangan o ‘zaro almashuvchanlik usuli yig‘ish paytida detal-



Yüklə 15,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/162
tarix14.12.2023
ölçüsü15,19 Mb.
#179450
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   162
1666003133-1

Cheklangan o ‘zaro almashuvchanlik usuli yig‘ish paytida detal-
larni guruhlab tanlash (selektiv yig‘ish), kompensatorlarning ishla-
tilishi, holatni sozlash, moslash kabi tadbirlar yo‘l qo‘yilishi bilan
tavsiflanadi.
Tashqi o ‘zaro almashuvchanlik sotib olinadigan buyumlar va
bo‘laklarning foydalanish ko‘rsatkichlari, o ‘lchamlari va shakllari
bo‘yicha o ‘zaro almashuvchanligi hisoblanadi.
Ichki o ‘zaro almashuvchanlik buyumning tarkibiga kiruvchi
alohida detallar, bo‘laklar va uzellarning o ‘zaro almashuvchanligini
bildiradi.
Davlatlararo iqtisodiy munosabatlarning tobora rivojlanib bora-
yotganligi va bozor munosabatlari keng tatbiq etilayotganligini
145


hisobga olgan holda o ‘zaro almashuvchanlikning bu turi hozirgi
kunlarda juda dolzarb hisoblanadi.
O‘zaro almashinuvchanlik — bir buyum, jarayon yoki xizmat
o ‘rniga xuddi o ‘sha talablarni bajarish maqsadida boshqa buyum,
jarayon yoki xizmatdan foydalanish uchun yaroqliligi (funksional
o ‘zaro almashinuvchanlik, geometrik (o ‘lchovli) o ‘zaro alma­
shinuvchanlik).
Bir-biriga moslik — mahsulot, jarayon yoki xizmatning talab­
larni bajarish uchun berilgan sharoitlarda qo‘shma (birgalikdagi),
nomaqbul o ‘zaro ta’sirlarni keltirib chiqarmaydigan foydalanishga
yaroqliligi.
Tizimlashtirish — predmetlar, hodisalar yoki tushunchalarning
belgilangan tartib va ketma-ketlikda joylashishi (alifbo, TST sinflari;
MH belgilanishi, afzal sonlar va boshqalar).
Tasniflash — tizimlashtirishning bir turi bo‘lib, predmetlar,
hodisalar yoki tushunchalarning ularning umumiy belgilariga
bog‘liq holda sinflar, kichik sinflar, razryadlar bo‘yicha joylashishi.

Yüklə 15,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin